К содержанию
РецензированоUZ2025

TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKTNING RO‘LI VA IMKONIYATLARI

Saidrasulov Sherzod Norboy o‘g‘li · Abdusayidova Fotima Abdolim qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim sohasidagi o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, individual yondashuvni ta’minlash va o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirish kabi jihatlarga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, maqolada SI yordamida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar va istiqboldagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalari, adaptiv ta’lim, avtomatlashtirilgan baholash, raqamli ta’lim platformalari, innovatsion pedagogika. Zamonaviy ta’lim tizimi doimiy o‘zgarishlar va texnologik taraqqiyot ta’sirida rivojlanmoqda. Sun’iy intellekt ta’lim jarayonida shaxsiylashtirilgan o‘qitish, o‘quv materiallarini avtomatik yaratish va baholash kabi muhim funksiyalarni bajara oladi. Ushbu maqolada SI texnologiyalarining ta’lim tizimidagi ahamiyati, afzalliklari va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Suniy intellekt (SI) - bu informatika fanining bo‘limi bo‘lib, u odatda inson aqlini talab qiladigan vazifalarni bajarishga qodir mashinalarni yaratishga qaratilgan. Sun’iy intellekt bugungi kunda deyarli barcha sohalarda qo‘llanilib kelinmoqda. Har qanday biznes, davlat organi, ishlab chiqarish yoki savdo tuzilmasi, logistika, ta’lim, tibbiyot muassasasi va bir kishining faoliyatini avtomatlashtirish – bularning barchasi sun’iy intellektni qo‘llash sohalaridir. Xotira hajmining doimiy o‘sishi va neyron Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 91 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tarmoqning ichki aloqalarining mustahkamlanishi tufayli sun’iy intellektni qo‘llash samaradorligi asta-sekin ortib bormoqda. Sun’iy intellekt quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim jarayoniga katta hissa qo‘shmoqda: 1. Shaxsiylashtirilgan o‘qitish – SI texnologiyalari har bir o‘quvchining bilim darajasini aniqlab, unga mos o‘quv materiallarini taqdim etadi. 2. Avtomatlashtirilgan baholash – Sun’iy intellekt imtihon natijalarini tahlil qilib, tezkor va aniq baholar chiqarish imkonini beradi. 3. Virtual o‘qituvchilar va robotlar – Interaktiv ta’lim platformalari orqali SI yordamida darslar o‘tkazish imkoniyati ortib bormoqda. 4. Ta’lim jarayonining optimallashuvi – O‘quv dasturlarini doimiy tahlil qilib, samaradorligini oshirish uchun SI algoritmlari ishlatilmoqda. 5. Onlayn ta’lim va masofaviy o‘qitish – SI yordamida avtomatlashtirilgan o‘quv kurslari va intellektual tizimlar orqali masofaviy ta’lim samaradorligi oshirilmoqda. Shuni ham aytish joizki, Su’niy intelekt allaqachon hayotimizda amaliy jihatdan mavjud. Ular o‘qituvchining ishtirokisiz ishlashga qodir va turli xil algoritmlardan foydalangan holda o‘quvchiga samarali qarshilik ko‘rsatishi va qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shu bilan birga, biz texnologiya va ularning aql - idrokini qay darajada nazorat qilishimiz juda muhim. Raqamli sinfni o‘liy ta’lim yoki maktab internet tarmog‘i orqali o‘quvchilarning gibrid muhitda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. O‘quvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda darslarni avtomatlashtirish va talabalar bir - biri bilan, o‘qituvchilar esa ota - onalar bilan muloqot qilishlari mumkin bo‘lgan ijtimoiy platformani yaratish imkoniyatlari paydo boladi. Sun’iy intellektda inson xavfsizligi har doim e’tiborga olinadigan asosiy narsadir. Qachonki, insonlar xavfli joyda xavgli qismini o‘rganishimiz kerak bo‘lsa, olimlar sun’iy intellektni qo‘llab - quvvatlaydigan mashinalardan foydalanadilar. Sun’iy intellekt odamlar erisha olmaydigan har qanday joyga yetib borishi mumkin Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 92 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bugungi kunda, ta’lim sohasida sun’iy intellekt intensiv ravishda o‘z o‘rinini egallab kelmoqda. Sun’iy intellekt ma’lumotlarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zgartirish va tasavvur qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan axborot tizimlarini yaratishda katta ro‘lni o‘ynaydi. Bu tizimlar, o‘rganish jarayonida ma’lumotlarni tan olish, aniq maqsadlar uchun ma’lumotlarni qidirish, ma’lumotlarni tahlil qilish, va natijalarni ko‘rsatish kabi vazifalarni bajarishda yordam beradi. Tabiiy va insoniy imkoniyatlarga qaraganda, sun’iy intellekt ta’lim sohasida bir nechta foydalarni olib keladi. Sun’iy intellekt ta’lim oluvchining vaqtini tejashga va ta’limda muvaffaqiyatli rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Sun’iy intellektning imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u sizni qiziqtirgan savollarga javob berishi, berilgan buyruq asosida rasm chizishi yoki turli mavzularda taqdimotlar yaratishi va xattoki, turli referat va maqolalar ham yozib bera olish imkoniyatiga ega. Uning ta’lim algoritmlari, talabalarning individual xususiyatlari va o‘rganish usullari asosida moslashtiriladi, bu esa har bir talabalarning o‘ziga xos ta’lim yo‘lidagi qobiliyatlarini oshiradi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida ChatGPT, Khan Academy, Coursera kabi platformalar sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Ularning yordami bilan o‘qituvchilar yuklamasi kamayib, o‘quv

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim sohasidagi o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim sohasidagi o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion pedagogika., adaptiv ta’lim, raqamli ta’lim platformalari, avtomatlashtirilgan baholash, ta’lim texnologiyalari, Sun’iy intellekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники