Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XIZMAT KO'RSATISH KORXONALARIDA MARKETING TADQIQOTLARINI OLIB BORISH XUSUSIYATLARI
Temirov Ilyosbek Olimkul o‘g‘li (Toshkent kimyo-texnologiya instituti) · Muxamedova Shoxista Akbarovna (Toshkent kimyo-texnologiya institute, dotsenti) · ОСОБЕННОСТИ ПРОВЕДЕНИЯ МАРКЕТИНГОВЫХ (Toshkent kimyo-texnologiya institute, dotsenti)
Образовательные инновации и интеграция · 12 · 2026
Аннотация
This article explores the specific features of conducting marketing research in service-oriented enterprises. It analyzes the importance and types of marketing research, as well as modern approaches to planning and implementation. The study also highlights examples of research aimed at identifying consumer needs, tracking market trends, and enhancing competitiveness in the service sector. The results of the research have practical significance for developing effective marketing strategies in service companies Keywords: Marketing research, service sector, market analysis, consumer needs, competitiveness, customer segmentation, marketing strategy, data collection methods, market trends, CRM systems, customer satisfaction, surveys and interviews. Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiy o‘sish va bandlik darajasini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda raqobatning keskinlashuvi, iste’molchilar ehtiyojlarining tez-tez o‘zgarib turishi hamda innovatsion xizmat turlarining paydo bo‘lishi xizmat ko‘rsatish korxonalarini o‘z faoliyatlarini bozor talablari asosida takomillashtirishga undamoqda. Bunda marketing tadqiqotlarining ahamiyati beqiyosdir. Marketing tadqiqotlari xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun bozor kon’yunkturasini o‘rganish, mijozlarning ehtiyoj va istaklarini aniqlash, raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish hamda samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaning kuchli bo‘lishi bu tadqiqotlarni yanada dolzarb qiladi. Ushbu maqolada xizmat ko‘rsaish korxonalarida marketing tadqiqotlarini olib boorish xususiyatlari korxona ya’ni, “AKFA MEDLINE” tibbiyot markazi misolida ko‘rib chiqamiz. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Azizxon Tillyaxodjayev, Akbar Boyqobilov. “Marketing strategiyasini baholashning mezon va usullari”. Ushbu maqolada marketing strategiyasini ishlab chiqish, faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va samaradorligini baholash bo‘yicha tahlillar amalga oshirilgan. Mazkur yo‘nalishda tadqiqotlar olib brogan xorijiy olimlarning fikrlari batafsil o‘rganilgan. Shuningdek, marketingni baholashda rejalashtirish tamoyillari, korxonani o‘sishni baholash strategiyasini uch bosqichdagi tahlil asosida ishlab chiqish lozimligi, marketingni nazorat qilish jarayonining asosiy bosqichlari, ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi qanday maqsadlarga https://scientific-jl.com/ 1 6 6 44-son_2-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi yo‘naltirilganligi, marketingni makro va mikromuhit omillari, marketing strategiyasini baholashda qanday mezon va usullardan foydalanish lozimligi batafsil ko‘rib chiqilgan.1 Madinaxon Normatova, Mamlakat Xamidova. “Kompaniyalar faoliyatini tashkil etishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati”. Maqolada zamonaviy iqtisodiy sharoitda kompaniyalarda marketing tadqiqotlarini tashkil etishning ahamiyati va zarurligi muhokama qilindi. Ushbu mavzu boʻyicha turli mualliflarning asarlarida marketing tadqiqotlarining taʼrifi oʻrganiladi. Marketing tadqiqotlarini tashkil etish kompaniyalarning maqsadlari va funksiyalariga boʻysunadi va kompaniyalarning istiqbollarini belgilaydi. Shularni hisobga olgan holda, oʻrganish davomida marketing tadqiqotlarini rejalashtirish va oʻtkazishdagi muammolar hamda marketing tadqiqotlarining muhimligi haqida fikr yuritildi.2 Faruddin Eshmirzayev, Zaxro Salimova. “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda marketingning roli”. Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishxususiyatlari o‘rganilib, uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.3 Nafisa Muradullaeva. “Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini boshqarish samaradorligini zamonaviy axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari”. Ushbu maqola zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini tahlil qilingan va ushbu xizmatning mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilash, operatsion xarajatlarni kamaytirish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib o‘tilgan hamda, texnologiyalarni joriy qilish orqali korxonalar xizmat sifatini oshirib, raqobatbardoshlik darajasini mustahkamlay olishi ko‘zda tutilgan.4 Xaydarova K.A. “Globallashuvning O‘zbekiston kimyo sanoatida marketing strategiyalarini tanlashga ta’siri”. Ushbu maqolada kimyo sanoati korxonalarining marketing faoliyatining maqsadi va strategiyasi muhokama qilinadi.5 Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu tadqiqotda xizmat ko‘rsatish korxonalarida, xususan, Akfa Medline tibbiyot markazida marketing tadqiqotlarini olib borish 1 https://doi.org/10.55439/eit/vol12_iss1/i20 2 https://doi.org/10.47390/sp1342v3i5y2023n11 3 https://doi.org/10.55439/ged/vol1_iss10/a640 4 https://doi.or
Доказательный фрагмент
«This article explores the specific features of conducting marketing research in service-oriented enterprises.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the specific features of conducting marketing research in service-oriented enterprises. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Marketing research, service sector, market analysis, consumer, mijozlar segmentatsiyasi, xizmat ko‘rsatish sohasi, marketing strategiyasi, Kalit so‘zlar: Marketing tadqiqotlari, mijozlar qoniqishi, raqobatbardoshlik, so‘rovnoma va intervyular, CRM tizimlari, ma’lumot to‘plash usullari, bozor tahlili, bozor tendensiyalari, iste’molchi ehtiyojlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026