К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAXSNING IRODAVIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH

Talaba: Abdimuxammadova Azizabegim Abdimuxammad qizi · Ilmiy rahbar: Qodirova Go`zal Jalilovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada shaxsning irodaviy sifatlarini shakllantirish jarayonlari va ularning psixologik asoslari tahlil qilinadi. Iroda va uning asosiy xususiyatlari, ularni rivojlantirishning pedagogik va amaliy usullari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, turli yoshdagi shaxslarning irodaviy sifatlarini shakllantirishda oilaning, ta’limning va jamiyatning roli ochib beriladi. Kalit so‘zlar: iroda, irodaviy sifatlar, psixologiya, shaxs rivoji, pedagogika, motivatsiya, ta’lim. Shaxsning irodaviy sifatlari uning hayotidagi qaror qabul qilish, muammolarni hal etish va maqsadlarga erishish jarayonlarida muhim o‘rin tutadi. Bu sifatlar, asosan, intizom, qat’iyatlilik, sabr-toqat, o‘z-o‘zini boshqarish kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu sifatlarni rivojlantirish nafaqat shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirishiga yordam beradi, balki ijtimoiy muhitga samarali moslashishni ham ta’minlaydi. Shuning uchun ham ularni shakllantirishning ahamiyati, bosqichlari va usullarini o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Iroda — bu shaxsning ongli harakatlarni amalga oshirish qobiliyati bo‘lib, u maqsad sari yo‘naltirilgan faoliyatni boshqaradi. Psixologiyada iroda odamning ichki ziddiyatlarini yengib o‘tish va tashqi to‘siqlarni bartaraf etish jarayonida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonlarda iroda shaxsning xulq-atvori va qarorlarida aks etuvchi muhim omil hisoblanadi. U insonga turli qiyinchiliklarga qaramay, o‘z yo‘lidan borishga yordam beradi, maqsad sari harakatda bo‘lishini ta’minlaydi. Irodaviy sifatlar shaxsning qaror qabul qilish va harakatlarni ongli ravishda amalga oshirish qobiliyatini shakllantiruvchi xususiyatlardir. Qat’iyatlilik – bu shaxsning tanlagan yo‘nalishiga sodiq qolishi va qarorlarini qat’iy amalga oshirish qobiliyatidir. Bu sifat maqsadga intiluvchanlikni saqlash va tashqi bosimlarga qaramay harakat qilish imkonini beradi. Mustahkamlik esa shaxsning qiyinchilik va to‘siqlarni yengib o‘tishdagi chidamliligini ifodalaydi. Ruhiy barqarorlikni ta’minlab, stressli vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslikka yordam beradi. Intizomlilik harakat va xatti-harakatlarni maqsadga muvofiq ravishda rejalashtirish va bajarish qobiliyatini anglatadi. U shaxsning o‘ziga nisbatan talabchanligini oshirib, samaradorlikka erishishda muhim rol o‘ynaydi. O‘z-o‘zini boshqarish shaxsning emotsiyalarini va ichki impulslarini nazorat qila olish qobiliyatidir. Bu sifat insonning o‘zini og‘ir sharoitlarda tutib turishiga, muvozanatda bo‘lishiga va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishiga yordam beradi. https://scientific-jl.com/ 2 9 0 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Sabr-toqatlilik uzoq muddat davomida qiyinchiliklarga bardosh berish va maqsad sari sabr bilan harakat qilish qobiliyatidir. Bu sifat uzoq muddatli rejalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘ziga ishonch — shaxsning o‘z kuchi va qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchi bo‘lib, bu unga qat’iy va mustahkam qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Muvaffaqiyatga erishishda bu sifat yetakchi rol o‘ynaydi. Mas’uliyatlilik esa shaxsning o‘z harakatlari va qarorlarining natijalari uchun javobgarlikni his qilishi bo‘lib, uning ijtimoiy muhitda ishonchli shaxs sifatida shakllanishiga hissa qo‘shadi. Bu sifatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning rivoji shaxsning o‘zini anglash darajasi va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Irodaviy sifatlarni shakllantirishga ta’sir qiluvchi omillar turli toifalarga bo‘linadi. Biologik va fiziologik omillar orasida irsiy xususiyatlar, temperament va asab tizimi holati muhim o‘rin tutadi. Masalan, kuchli asab tizimi shaxsning qiyin vaziyatlarda bardoshli bo‘lishini ta’minlasa, irsiy temperamentlar iroda xususiyatlarini shakllantirishga zamin yaratadi. Ijtimoiy muhit va tarbiya omillari orasida oila va ta’lim tizimi alohida o‘rin egallaydi. Oila — shaxs ijtimoiylashuvi va irodaviy fazilatlarining dastlabki shakllanish maydonidir. Oiladagi mehr, talabchanlik va ishonch kabi qadriyatlar bolada mas’uliyat, qat’iyat va sabr-toqatni shakllantiradi. Shuningdek, ta’lim muassasalari, o‘qituvchilarning roli va tarbiyaviy yondashuvlar ham irodaviy sifatlarning rivojiga xizmat qiladi. Shaxsiy tajriba va faoliyat orqali ham iroda shakllanadi. Inson hayotda duch kelgan qiyinchiliklar orqali o‘zini sinovdan o‘tkazadi. Qiyin sharoitlar va muvaffaqiyatsizliklar bilan kurashish orqali u irodasini mustahkamlaydi. Amaliy faoliyat, ayniqsa sport, san’at, fan yoki jamoaviy loyihalarda ishtirok etish — shaxsning o‘z ustida ishlashi va iroda fazilatlarini kuchaytirishiga sabab bo‘ladi. Psixologik omillar esa motivatsiya va o‘z-o‘zini nazorat qilishdan iborat. Kuchli motivatsiya — shaxsni maqsadga intiltiruvchi va iroda bilan harakat qilishga undovchi kuchdir. O‘z-o‘zini nazorat qilish esa emotsiyalarni, hatti-harakatlarni boshqarishga yordam berib, intizomli bo‘lishga zamin yaratadi. Madaniy va ma’naviy omillar orasida milliy qadriyatlar va diniy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Jamiyatda qadrl

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada shaxsning irodaviy sifatlarini shakllantirish jarayonlari va ularning psixologik asoslari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada shaxsning irodaviy sifatlarini shakllantirish jarayonlari va ularning psixologik asoslari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaxs rivoji, psixologiya, pedagogika, irodaviy sifatlar, motivatsiya, ta’lim., Kalit so‘zlar: iroda
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники