Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PSIXOLOGIK XIZMAT VA UNING TURLARI. PSIXOANALIZ TA’LIMOTI VA TIBBIYOTDAGI O‘RNI
VA TIBBIYOTDAGI O‘RNI · Olimova Dano Shakirovna · Masharipov Eldorbek Yarashboy o‘g‘li
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada psixologik xizmat tushunchasi, uning asosiy maqsad va vazifalari, amaliyotdagi asosiy turlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, zamonaviy psixologik yondashuvlardan biri bo‘lgan psixoanaliz ta’limoti, uning asoschilari, asosiy tamoyillari va bugungi tibbiyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola psixologik xizmat ko‘rsatishning amaliy shakllari hamda bemorlar bilan ishlashda psixoanalizning qo‘llanilishi misolida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Psixologik xizmat, psixologik yordam, psixoanaliz, Sigmund Freyd, ruhiy salomatlik, psixoterapiya, tibbiyotda psixologiya. Bugungi kunda inson salomatligi tushunchasi faqat jismoniy holat bilangina emas, balki ruhiy barqarorlik bilan ham bevosita bog‘liq. Shu sababli tibbiyot va ta’lim sohalarida psixologik xizmatlarning ahamiyati ortib bormoqda. Psixologik xizmat - bu shaxsning psixologik holatini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va muammolarini bartaraf etish maqsadida ko‘rsatiladigan professional yordamdir. Shuni ham aytish joizki, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar insonning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy faolligi va intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishiga xizmat qilmoqda. Ushbu jarayon insonning ichki dunyosini chuqurroq anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. Shu bilan birga, jamiyatda shakllanayotgan yangicha ijtimoiy-madaniy muhit, ma’naviy qadriyatlarning yangilanishi insoniyatning ruhiy va intellektual boyliklariga bo‘lgan munosabatda ham tub burilishlarga olib kelmoqda. Shunday ijobiy o‘zgarishlar pedagogika va psixologiya fanlarining nazariy asoslarini boyitmoqda, ularning obyekti va predmeti doirasini yanada kengaytirmoqda. Inson — biologik va ijtimoiy jihatlarni o‘zida mujassamlashtirgan murakkab mavjudot sifatida o‘rganiladi. Uning tabiati bir vaqtning o‘zida tug‘ma psixofiziologik xususiyatlar (masalan, sezgi a’zolarining ishlashidagi farqlar, nerv tizimi tuzilishidagi https://scientific-jl.com/ 2 3 3 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi individual o‘ziga xosliklar) hamda ijtimoiy muhitda shakllanadigan axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yorlari va madaniy odatlar orqali namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, zamonaviy psixologik yondashuvlar, jumladan, psixoanalitik nazariya, inson xulq-atvori va ruhiy holatini tushunishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu ta’limotga ko‘ra, insonning kundalik hayotdagi qarorlari, harakatlari va his-tuyg‘ulari ko‘pincha ongsiz darajada shakllanadigan motiv va ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ong osti jarayonlarining shaxs rivojiga va ruhiy barqarorlikka ta’siri, ayniqsa, bolalikda olingan tajribalar bilan uzviy bog‘liq. Ana shunday yondashuvlar tufayli psixologiya inson tabiatining chuqur qatlamlarini ochib berishga, shaxsni anglashga va uni sog‘lom ijtimoiy subyekt sifatida shakllantirishga xizmat qilmoqda. Psixologik xizmatlar turli shakllarda tashkil etiladi va quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: Konsultativ xizmat – shaxsga muayyan hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tanlashga yordam beruvchi suhbatlar. Diagnostik xizmat – shaxsning psixik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan testlar, so‘rovnomalar orqali olib boriladi. Korreksion xizmat – mavjud psixologik muammolarni bartaraf etish, xatti-harakatdagi buzilishlarni tuzatish. Psixoprofilaktika – stress, depressiya kabi muammolarning oldini olishga qaratilgan faoliyatlar. Psixoanaliz – ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik taʼlimot. U XX asr boshlarida taniqli nemis olimi Zigmund Freyd (1856–1939) tomonidan ishlab chiqilgan. Psixoanaliz asosini inson xulqining negizini lazzat olishga intilish (libido), ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan jinsiy mayl tashkil etadi, odam xulqini onglilik emas, balki ongsizlik boshqaradi, degan gʻoya tashkil etadi. Z.Freyd dastavval onglilik, yolgʻonchilik va ongsizlikdan iborat psixikaning uch bosqichini tadqiq etdi. Oldingi ikki bosqichdan farq qiluvchi psixik darajani senzura deb atadi. Odatda, senzura ikkita funksiyani bajaradi: 1) inson tomonidan oʻzining shaxsiy his-tuygʻulari, mulohazalari va xohishlarini muhokama qiladi, ularni ongsizlik holatidan siqib chiqaradi; 2) ongga yorib kirishga intiluvchi faol ongsizlikka qarshilik koʻrsatadi. Freyd inson ongini uch qatlamga — ongli, ongoldi va ongsiz qismlarga ajratgan. Unga ko‘ra, insonning aksariyat xatti-harakatlari ongsiz motivlar ta’sirida amalga oshiriladi. Freydning izdoshlari Karl Yung, Alfred Adler, Erik Erikson kabi psixologlar psixoanalizni yanada rivojlantirib, unga o‘ziga xos yondashuvlarni qo‘shganlar. Bugungi kunda psixoanaliz psixoterapiya va klinik psixologiyada muhim o‘rin egallaydi. Psixologik travmalar, shaxsiy inqirozlar, depressiya, nevrozlar, https://scientific-jl.com/ 2 3 4 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi shaxsiyat buzilish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada psixologik xizmat tushunchasi, uning asosiy maqsad va vazifalari, amaliyotdagi asosiy turlari haqida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada psixologik xizmat tushunchasi, uning asosiy maqsad va vazifalari, amaliyotdagi asosiy turlari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik yordam, psixoterapiya, Kalit so‘zlar: Psixologik xizmat, ruhiy salomatlik, Sigmund Freyd, psixoanaliz, tibbiyotda psixologiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026