Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MADANIY ME’YORLAR VA AN’ANALAR ORQALI SIYOSIY ISHTIROK
Farhadova Quvonchoy
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada madaniy me’yorlar va an’analar siyosiy ishtirokga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Xususan, milliy qadriyatlar, diniy e’tiqodlar, urf-odatlar va oilaviy institutlarning jamiyatdagi siyosiy faollik darajasiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada siyosiy ijtimoiylashuv jarayoni, fuqarolik ongining shakllanishi va an’anaviy ijtimoiy tuzilmalar orqali siyosiy qarorlar qabul qilish mexanizmlarining shakllanishi haqida fikr yuritiladi. O‘zbekiston misolida olib borilgan tahlillar orqali madaniy omillar siyosiy ishtirokni qanday rag‘batlantirishi yoki cheklashi mumkinligi yoritiladi. Tadqiqotda sotsiologik va madaniy yondashuvlar asosida siyosiy ishtirokning madaniy ildizlari ochib beriladi. Kalit so‘zlar: madaniy me’yorlar, siyosiy ishtirok, an’analar, fuqarolik ong, siyosiy ijtimoiylashuv, ijtimoiy tuzilmalar, milliy qadriyatlar. Siyosiy ishtirok – bu fuqarolarning siyosiy jarayonlarda bevosita yoki bilvosita qatnashuvi bo‘lib, u ijtimoiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi. Jamiyatda mavjud bo‘lgan madaniy me’yorlar va an’analar ushbu ishtirok shakllariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston sharoitida bu omillarni tahlil qilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Siyosiy ishtirok — zamonaviy demokratiya, siyosiy modernizatsiya, siyosiy taraqqiyot, siyosiy madaniyat va siyosiy partiyalar faoliyati doirasida muhim o‘rin tutadigan asosiy tushunchalardan biridir. U fuqarolarning davlat hokimiyati va siyosiy tizim faoliyatida ishtirok etish shakllarini ifodalaydi. Ushbu tushuncha jamiyatdagi siyosiy jarayonlarning ochiqligi, fuqarolarning faolligi va siyosiy ong darajasini aks ettiradi. Siyosiy ishtirok subyektlari sifatida yakka shaxslar (individlar), ijtimoiy guruhlar, qatlamlar va siyosiy tashkilotlar (jumladan, partiyalar, nodavlat tashkilotlar) ko‘riladi. Bu subyektlar siyosiy jarayonlarga turli darajalarda va shakllarda jalb etiladi. Siyosiy ishtirokning darajalari: Mahalliy daraja – aholi tomonidan mahalliy kengashlar, hokimiyat organlariga ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Mintaqaviy daraja – viloyat, hudud miqyosida siyosiy qarorlar qabul qilishda ishtirok. https://scientific-jl.com/ 7 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Umumdavlat darajasi – prezidentlik, parlament saylovlari, siyosiy tashabbus va referendumlarda qatnashish. Xalqaro daraja – fuqarolarning xalqaro tashkilotlar, forumlar, mitinglar va hamkorlik loyihalari orqali siyosiy jarayonlarda ishtiroki. Jamiyatdagi axloqiy qoidalar va qadriyatlar fuqarolarning siyosiy masalalarga munosabatini belgilaydi. Masalan, ota-onaga hurmat, kattalarning so‘zini ikki qilmaslik kabi qadriyatlar yoshlarda siyosiy tanlov erkinligini cheklashi mumkin. An’anaviy institutlar va siyosiy ishtirok. Oila, mahalla, diniy tashkilotlar siyosiy qaror qabul qilishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. Bu institutlar orqali tarbiyalangan shaxslar siyosiy hayotda faol yoki passiv bo‘lishi mumkin. Siyosiy ijtimoiylashuv jarayonida milliy urf-odatlar muhim ro‘l o‘ynaydi. Ommaviy axborot vositalarida milliy va diniy obrazlar orqali siyosiy ong shakllanadi.1 Mustaqillikdan keyingi davrda siyosiy ishtirok madaniy me’yorlar ta’sirida rivojlandi. Aholining faolligini oshirish uchun an’anaviy institutlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Siyosiy jarayonning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: Siyosiy munosabatlar – Bu siyosiy subyektlar (ya’ni odamlar, guruhlar, tashkilotlar) o‘rtasida hokimiyat bilan bog‘liq manfaatlarni muvofiqlashtirish va boshqarishga doir munosabatlardir. Ushbu munosabatlar davomida siyosiy jarayon doimiy ravishda yangilanib boradi, siyosiy g‘oyalar, tajriba, qadriyatlar va ma’lumotlar shakllanadi hamda uzatiladi. Shuningdek, siyosiy faoliyatning turli ko‘rinish va usullari yuzaga keladi. Siyosiy jarayon subyektlari – Siyosiy jarayonning faol ishtirokchilari bo‘lib, bular shaxslar, ijtimoiy qatlamlar, milliy-etnik guruhlar, diniy va demografik guruhlar, hamda siyosiy institutlardan iborat. Ushbu subyektlarning faoliyatini belgilovchi asosiy jihatlar — bu ularning ongli yondashuvi va siyosiy faolligidir. Siyosiy xulq-atvor – Bu shaxs yoki ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatda ishtirok etishi, o‘z manfaatlarini himoya qilishdagi faol harakatlarini ifodalaydi. Bunga siyosiy ishtirok ham kiradi, ya’ni siyosiy subyektlarning faol ravishda siyosiy munosabatlarga jalb qilinishi. Siyosiy jarayonlar odatda tashqi (xalqaro) siyosat va ichki siyosat shaklida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardir: Global va mintaqaviy siyosiy jarayonlar – dunyo miqyosida yoki biror mintaqa doirasida kechuvchi siyosiy hodisalar. 1 T.H. Ilxomov (2018). O‘zbek jamiyatida an’analar va modernizatsiya jarayoni. Toshkent: “Fan” nashriyoti. https://scientific-jl.com/ 8 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Mahalliy (ichki) siyosiy jarayonlar – muayyan mamlakat doirasidagi siyosiy faoliyat va harakatlar. Shu bil
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada madaniy me’yorlar va an’analar siyosiy ishtirokga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada madaniy me’yorlar va an’analar siyosiy ishtirokga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: madaniy me’yorlar, siyosiy ishtirok, an’analar, fuqarolik ong, siyosiy ijtimoiylashuv, ijtimoiy tuzilmalar, milliy qadriyatlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945