К содержанию
РецензированоRU2025

OLIY TA’LIM MUASSASASI XODIMLARINING RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINI MEYORIY HUJJATLARDA AKS ETILISHI

X. Mamadaliyeva

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В годы независимости в Узбекистане в системе образования, в том числе в системе высшего образования, были приняты несколько указов, постановлений и решений правительства с целью стимулирования профессорско-преподавательского состава и других сотрудников. В данной статье проанализировано около 10 нормативных документов. Ключевые слова: высшее образование, педагог, указ, стимулирование, профсоюз, специалист. Annotation: During the years of independence in Uzbekistan, several decrees, resolutions, and decisions have been adopted by the government to encourage professor-teachers, and other staff working in the education system, including higher education. This article analyzes nearly 10 regulatory documents. Keywords: higher education, teacher, decree, motivation, trade union, specialist. Выпуск журнала №-20 Часть–3_ Февраль –2025 130 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT O‘qituvchi – jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchlaridan biri bo‘lib, yosh avlodga bilim va tarbiya beruvchi eng muhim kasblardan biridir. O‘qituvchilarning jamiyatdagi roli talabalarga o‘rgatish bilan cheklanmaydi, balki ular insoniyatning kelajagini yaxshilashda beqiyos xizmat qiladilar. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida ta’lim tizimi, istedodli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik jarayonlardagi vazifalalari, ularni rag‘batlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida hukumat tomonidan bir nechta qonun hujjatlari qabul qilingan. Biz pedagoglar, oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda rag‘batlantirishga qaratilgan bir nechta meyoriy hujjatlarni tahlil qilib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son, “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil avgustdagi PF-5505-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlar mehnatini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan munosib rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida 2020-yil 26-avgustda Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 517-sonli qarori tasdiqlangan [1]. Ushbu qarorning nizomi 4 bobdan iborat. Birinchi bob “Umumiy qoidalar” deb nomlanib, 15 ta banddan iborat. Unda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritishi davomida yutuqlarga erishgan xodimlarga pul va ustamalar belgilash budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshirish kerakligi; oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga qarab berilishi; oliy ta’lim muassasasi rahbarlariga mukofotlar yuqori turuvchi tashkilotlarning tegishli qarorlari bilan berilishi; oliy ta’lim muasasasi rahbariyati tomonidan har yili professor-o‘qituvchi va xodimlarga moddiy rag‘batlantirish tartibi va hajmlarini belgilashi shart ekanligi; oliy ta’lim muassasasi rahbariyati yoki boshqa boshqaruv Выпуск журнала №-20 Часть–3_ Февраль –2025 131 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT organlari tomonidan butun bir jamoa, kafedra, fakultet, ilmiy laboratoriya va boshqa bo‘linmalar xodimlarini rag‘batlantirish tartibi; xodim erishgan yutuqlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot berganda, rag‘batlantirish bekor qilinishi; rag‘batlantirishni butun bir o‘quv yili davomida amalga oshirish mumkinligi; aniq bir xodim yoki jamoani mukofotlash miqdorining chegarasi; rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruqni chiqishida rahbar, kasaba uyushmasi, yuqori turuvchi tashkilot tomonidan bajariladigan ishlar ketma-ketligi; birgina mehnat intizomining buzilishi belgilangan (yoki belgilanadigan) rag‘batlantirishni bekor qilishga asos bo‘lishi mumkinligi; oliy ta’lim muassasasi rahbarini qanday holatlarda ustamalarni bekor qilish yoki kamaytirish imtiyozlariga ega ekanligi; qanday hollarda oliy ta’lim muassasalari xodimlariga ularning murojaatiga asosan kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam to‘lanishi; O‘n beshinchi bandida ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ishlab chiqarish intizomi buzilganda ustamalarni bekor qilish yoki kamaytirish intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi deb ko’rsatilgan. Ikkinchi bob “Moddiy rag‘batlantirish miqdori va manbalari”ga bag‘ishlangan bo‘lib u ikkita banddan iborat. Birinchi bandida rag‘batlantirish miqdoriy ko‘rsatgichkari O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida rag‘batlantirish turlari va miqdorlari moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, mustaqil belgilanishi tartibi belgilab qo‘yilgan. Ikkinchi bandida to‘lov- kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p

Доказательный фрагмент

«В годы независимости в Узбекистане в системе образования, в том числе в системе высшего образования, были приняты несколько указов, постановлений и решений правительства с целью стимулирования профессорско-преподавате…»

Образец извлечения

Демо-превью

В годы независимости в Узбекистане в системе образования, в том числе в системе высшего образования, были приняты несколько указов, постановлений и решений правительства с целью стимулирования профессорско-преподавате… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
higher education, teacher, decree, motivation, trade union, farmon, kasaba uyushmasi, специалист., профсоюз, rag’batlantirish, pedagog, specialist., mutaxassis., oliy ta’lim, стимулирование, высшее образование, педагог, указ
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники