Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“MIRZO ULUG‘BEK HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY MEROSINI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY MAQOLA”SI
Mehribonu Xudoyberdiyevaning
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Mazkur maqola Mirzo Ulug‘bekning millat g‘ururi va ilm-fan sohasidagi ahamiyatini o'rganadi. O‘bekistonning ulkan tarixiy shaxslaridan biri sifatida Ulug'bek, nafaqat buyuk astronom va matematik, balki o‘z davrida madaniyat va ilmni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan arbobdir. Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o'rganish, uning shaxsiyati va ilm-fanga qo‘shgan hissasini chuqur tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. U O‘zbekiston tarixidagi eng buyuk shaxslaridan biri bo‘lib, astronomiya va matematikada kashfiyotlari bilan tanilgan. Samarqandda qurilgan obidalar va ilmiy tadqiqotlar uning madaniyati va ilm-fan sohasidagi yuksak g‘oyalari bilan bog‘liq. Movvorounnahrni 30 yildan ortiq boshqargan Temuriylar sulolasining davomchisi umrining so‘ngini sulola vakillarining qo‘zg‘alonlari, fitna-fasodlari va xiyonatlari bois ro‘shnolikdan nari kechirishga majbur bo‘ldi, qondoshlari tomonidan harbiy qo‘zg‘olonlar uyushtirilishiga qaramasdan, alloma o‘zidan ulkan madaniy meros qoldira oldi. Mirzo Ulug‘bekning ishlaridagi innovatsion yondashuvlar va bilimlarni rivojlantirishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy avlodga ilhom manbai sifatida xizmat qiladi. Uning merosi nafaqat o‘zbek xalqiga, balki butun insoniyatga ta’sir ko'rsatadi. Ulug‘bek hayoti va faoliyatini o‘rganish, uning ilmiy yutuqlarini va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini qayta tiklashga yordam beradi. Kalit so‘zlar: Sulton, Ulug‘bek, Samarqand, astronom, matematik, tarixchi, geograf, rasadxona. Prezident bir nutqida shunday deydi: “Mirzo Ulug‘bek nafaqat o‘z davrining yirik olimi, balki ma’rifatni eng yuqori qadriyat darajasiga ko‘targan buyuk davlat arbobi edi. U ilm-fan, ayniqsa, astronomiya va matematika sohalarida mislsiz Выпуск журнала №-20 Часть–2_ Февраль –2025 272 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kashfiyotlar qilgan va butun dunyo ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan.” Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bekni nafaqat buyuk astronom va matematik olim, balki chinakam ma’rifatparvar davlat arbobi sifatida e’tirof etadi. Mirzo Ulugʻbek, toʻliq ismi Muhammad Tarag‘ay ibn Shohrux ibn Temur, 1394-yil 22-martda Sultoniya shahrida tugʻilgan. Uning tugʻilishi davri Buyuk Sohibqiron Hazrat Amir Temur davriga toʻgʻri keladi, bu paytda Amir Temur “Morden” qal’asini egallashga qaratilgan harbiy yurishni olib borayotgan edi. Shuningdek, ayni shu sanada Amir Temurning boshqa o‘g‘li Umar Shayx Mirzo “Harmatun” qal’asida halok bo‘ldi, bu voqea Amir Temurning harbiy faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatmay qolmadi. Temuriylar sulolasining tarixi va Ulug‘bekning roli tahlil qilingan I.A.Xamraev ninng “Temuriylar davri va Mirzo Ulug‘bek” kitobida yozilganidek, yosh shahzoda tugʻilganda, Amir Temur va uning oilasi uchun bu hodisa katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki o‘zining bobosi va boshqa oila a‘zolarining harbiy muvaffaqiyatlari davomida bir yangi avlodning dunyoga kelishi umid va quvonch manbai bo‘ldi. Amir Temur, janglar olib borganida, qadrli nabirasining tug‘ilishi bilan behad shodlandi va bu voqea uning yurishlarida yangi bir ruhni olib keldi. Shohrux Mirzoning farzandi bo‘lgan Mirzo Ulugʻbek, Amir Temur tomonidan katta umidlar bilan kutib olindi. Amir Temur, o‘zining yillar davomida tiz cho‘ktirishga harakat qilgan “Morden” qal’asini tug‘ilgan nabirasining sharafiga ozod qilishga qaror qilganiga tarix guvoh bo‘ldi, bu esa Ulugʻbekning qudrati va oilasining obro‘sini yanada oshirdi. Buning natijasida Ulugʻbekning hayoti va faoliyati, Amir Temur merosining davomchisi sifatida, ilm-fan va madaniyat sohasida muhim ro‘l o‘ynadi. Ismning “Muhammad’’ qismi diniy meros va musulmon an’analariga ishora qiladi, “Tarag‘ay” esa uni oila tarixida muhim o‘rin tutgan shaxs sifatida belgilaydi. Uning “Ulug‘bek” ismini qanday olgani esa, uning kelib chiqishi, oilaviy an‘analari va zamonining kuchli shaxsiyati bilan bog‘liqdir “Ulug‘bek” nomi, Amir Temur tomonidan Ulug‘bekka berilgan unvon sifatida qabul qilinadi. Bu nom, mo‘g‘ul tilidan “kuyov” yoki “ulug‘” ma’nosini anglatadi. Amir Temur, o‘z nabirasining Выпуск журнала №-20 Часть–2_ Февраль –2025 273 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tug‘ilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan harbiy muvaffaqiyatlari va shon-shuhratini inobatga olib, unga bunday unvon berishga qaror qilgan. Mirzo Ulug‘bek avvaliga Muhammad Tarag‘ay ismini oldi, lekin Amir Temur tomonidan berilgan “Ulug‘bek” unvoni uni tarixda buyuk shaxs sifatida tanitdi. Bu ism uning ilmiy merosini, shuningdek, o‘z davrida olib borgan faoliyatining ahamiyatini belgilab berdi. I.A.Xamraev o'zining kitobida Mirzo Ulug’bekni turli nomlar bilan ataydi. U ko‘pincha Ulug‘bekni “buyuk astronom”, “ilmu-fan ravnaqi” yoki “madaniyat arbobi” sifatida ta’riflaydi. Shuningdek, “Temuriylar sulolasining merosxo‘ri” sifatida ham eslatadi, chunki u Amir Temurning nabirasi sifatida o'z tarixiy roli va ilmiy yutuqlari bilan katta e'tiborni o'ziga tortadi. Mirzo Ulug‘bek ilm-fanga qiziqishni juda erta boshlagan. U 10 yoshidan boshlab, o‘zining ilmiy izlanishlariga qiziqish bildirgan. Bu davrda, bob
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola Mirzo Ulug‘bekning millat g‘ururi va ilm-fan sohasidagi ahamiyatini o'rganadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola Mirzo Ulug‘bekning millat g‘ururi va ilm-fan sohasidagi ahamiyatini o'rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sulton, Samarqand, rasadxona., Ulug‘bek, tarixchi, astronom, matematik, geograf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025