К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQ AYTIMLARIDAN NAMUNALAR

XALQ AYTIMLARIDAN NAMUNALAR · Qurbonova Manzura Shuxratulla qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bizdan keyingi keladigan yosh avlod uchun o‘lmas xazina bo‘lib qoladigan xalq og‘zaki ijodining nodir namunalari keltirilgan. Kalit so’zlar: folklor, sheva so‘zlar, qofiya, radif, marosim... Bugungi kunda badiiy adabiyotda xalqning ijtimoiy hayoti, turmush tarzini tasvirlashda, xususan, uning yanada taraqqiy topishida, xalqchillikning ta’minlanishida xalq og‘zaki ijodining o‘rni beqiyosdir. Shu ma’noda badiiy asarlarda xalq og‘zaki ijodidan foydalanish adabiyotshunoslik oldidagi muhim vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Chunki har bir davr adabiyoti folklorda o‘z aksini topadi, badiiy sayqallanadi. Mumtoz adabiyotimizdan tortib, to bugungi kungacha yaratilayotgan asarlarda xalq og‘zaki badiiy ijodining ta’siri sezilib turadi. Badiiy adabiyotning eng qadimiy shakli xalq og‘zaki poetik ijodi (folklor) hisoblanadi. Folklor inglizcha “folk” (xalq ) va “lore” (donolik) so‘zlaridan olingan bo‘lib, “xalq bilimi”, “xalq donoligi”, “xalq donishmandligi” degan ma’nolarni anglatadi. Ko‘pincha folklor so‘zi qo‘llanganda xalq og‘zaki ijodini nazarda tutamiz, lekin folklor xalq amaliy san’ati, me’morchilik, musiqa, raqs, teatr, o’yin va boshqa san‘atlarni ifodalaydigan atamadir. Bugungi kunda folklor namunalarini yig‘ish mushkul va shu barobarda kelajak avlod uchun foydali bo‘lgan jarayonlardan biribir. Xalq orasida yoshi ulug‘ bobo-buvilar tomonidan aytib kelingan she‘rlar, qo‘shiqlar, laparlar, asotir-u afsonlarni o‘rganib, qanday bo‘lsa shundayligicha bizdan keyin keladigan yosh avlodga yetkazishimiz biz til va adabiyot ixlosmandlarining muhim va ustuvor vazifalarimizdan biri desak yanglishmagan bo‘lamiz. Quyida biz bir necha folklor namunalaridan yig‘ishga harakat qildik. Mazkur ijod namunalari Buxoro viloyati Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 293 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Jondor tumanida istiqomat istiqomat qiluvchi Jabborova Gulsara buvidan yozib olingan. Bir chilim tamoki deb Kirdim qalandar bog‘iga, Bir qizil gulni uzib Qoldim qiyomat dog‘iga, Uzsang ham tagidan uz Ustinda yaproq qolmasin Sevsang ham yaxshini sev Ko‘nglingda armon qolmasin. * * * * Katta yo‘ldan kelishingdan aynalay, Valasafet minishingdan aynalay, Sherozi shapkangni shohinda qo‘yib, Manga qarab kulishingdan aynalay. * * * * Kastunimni kim bichipti tor etib, Shopir bola gaplashmaydi qor etib, Gaplashmasa gaplashmasin qor etib, Man ketaman qadamima zor etib. * * * * Tomga piyoz ekdim, man o‘saman deydi, Yorga bino qo’ydim, man ketaman deydi, Ketma yorim, ketma navot beraman, Tilimni uchida tilxat beraman. Yuzingni yalpidim qizil gul minan Uzatib qo‘yverdim katta yo‘l minan Ipak ro’mol minan bog‘la ko‘zingni Man kegancha ko‘rma dunyo yuzini. Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 294 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan she‘rlarimiz tarkibi sheva so‘zlar bilan, aynan Buxoro shevasidagi so‘zlar bilan boyitilgan. Birinchi she‘rga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, birinchi qatorida ya‘ni “Bir chilim tamoki deb” bunda tamoki so‘zi sheva so‘z bo‘lib, adabiy tilda tamaki (Yirik bargli o’tsimon o’simlik va shu o’simlikdan quritib tayyorlanadigan chekimlik) shaklida qo’llaniladi. Undan keyingi so‘zimiz esa “ustinda” so‘zi, mazkur so‘z eski o‘zbek tilida xuddi shu shaklda qo‘llanilgan. Bugungi kundagi muqobil varianti esa “ustida” tarzida qo‘llanib kelinmoqda. Ikkinchi she‘rimizning go‘zal va jarangdor bo‘lishligini ta‘minlab bergan qofiya (kelishingdan, minishingdan, kulishingdan) va radif (aynalay) she‘rning asosini ta‘minlab bergan. Tarkibidagi sheva so‘zlari ham talaygina. Barchasi musiqiy tarzda ipga tizilgan marjondek turibdi. She’rdan o‘rin olgan “aynalay-aylanay”, “valasafet-velosiped” sheva so‘zlardir. Keyingi she‘rimiz tarkibi ham sheva so‘zlar bilan boyitilgan. “Kastun” so‘zi Buxoro shevasida faol qo‘llanilib, adabiy tilda esa uch xil ma‘noda qo‘llaniladi. 1. Pidjak va shim yoki jaket va yubkadan iborat ustki kiyim. 2. Yoqasi qaytarilgan, ko’krak oldi ochiq, tugmali kalta ustki kiyim; pidjak yoki jaket. Mundoq qarasam, katta yo’l o’rtasidan bilagiga kostyum tashlagan davangiday bir yigit kelyapti. S. Siyoev, Yorug’lik. 3. Maskarad yoki teatr kiyimi. “Bichipti” so’zining tarkibidagi qo‘shimcha qismida ham o‘zgazish sodir bo‘lgan, ya‘ni -ibdi zamon qo‘shimchasining -ipti shaklida qo‘langanligini ko‘ramiz. Keyingi so‘z esa “shopir” so‘zi bo‘lib, adabiy tilda “shofyor” fransuzcha shauffeur – dastlab: o‘tyoqar, go‘lax; keyin: haydovchi chauffer – o‘t yoqmoq, isitmoq Avtomobil haydovchi shaxs. Mirg‘iyos: Kabinasi bo‘sh bo‘lsa ham, shofyorning yoniga o‘tirmadim. R. Azizxo'jaev, Yashil chayla. Mazkur she‘r tarkibida ko‘chma ma‘noda qo‘llangan so‘z ham mavjud. Kastunimni kim bichipti tor etib, Shopir bola gaplashmaydi qor etib, Gaplashmasa gaplashmasin qor etib, Man ketaman qadamima zor etib. Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 295 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ikkinchi va uchinchi qatorida “qor etib” so‘zi o‘z ma‘nosida emas, balki ko‘chma ma‘noda qo‘llanilgan. Ma‘nosi “xafa bo‘lmoq, ozo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bizdan keyingi keladigan yosh avlod uchun o‘lmas xazina bo‘lib qoladigan xalq og‘zaki ijodining nodir namunalari keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bizdan keyingi keladigan yosh avlod uchun o‘lmas xazina bo‘lib qoladigan xalq og‘zaki ijodining nodir namunalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qofiya, folklor, radif, sheva so‘zlar, marosim...
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники