К содержанию
РецензированоUZ2025

AZIZ NESIN HIKOYALARIDAGI G‘OYA

Qurbonova Manzura Shuxratulla qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Maqolada turk yozuvchisi ko’plab hajviy hikoya, poema va romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi Aziz Nesinning yumoristik xarakterdagi hikoyalari va ulardagi asosiy g'oyalar bir nechta hikoyalar orqali ochib berishga harakat qilingan. Kalit so’zlar: Aziz Nesin, yozuvchi, shoir, romannavis, yumor, hazil- mutoyiba, Miad Hakimov, “Noyob mikrob”, “Pulimga yarasha yer bering”, “Farzand”, “Nazokat-u nafosat” Aziz Nesin turk adabiyotida turli janrlarda o’zini sinab ko’rgan va barida muvaffaqiyat cho’qqisiga chiqa olgan ijodkor sifatida tanilgan. Xususan, u yozuvchi, shoir, romannavis hamda hikoyanavislikda ko’plab natijalarga erisha olgan. Bundan tashqari adib ijodida yumor janridagi asarlari (hikoyalari) salmoqli o’rinni egallaydi. Aziz Nesin ayniqsa, hazil-mutoyiba va tanqid sohasidagi asarlari bilan ajralib turadi. Adabiy faoliyatini hikoya janridan boshlagan. Biroq u hazil-mutoyibaga boy va ijtimoiy tanqid mavzusidagi asarlari bilan shuhrat qozonadi. Umuman olganda, u hikoyalarida turk jamiyatining turli qatlamlarida, ijtimoiy muammolariga kinoyaviy uslubda murojaat etgan. Jumladan, uning biz uchun tanish bo’lib ulgurgan yumoristik xarakterdagi hikoyalari Miad Hakimov tarjimalari asosida bizgacha yetib kelgan. Adibning turli sohalarga murojaat tarzida yozilgan hikoyalari ham talaygina. Xususan, shifokorlar faoliyatiga doir(“Noyob mikrob”, “Dardi bedavo”, “Bizda vrach bo’la olasanmi?”), hayvonlar hayotiga(“Hayvonlar haqidagi hikoyalar” to’plami), adabiyotga(“Adabiyot muxlisi” “Nazokat-u nafosat”, “Adabiyotsevar”, “Qo’ysangizchi ustoz”, “Qanday qilib romanimni chop ettirdim”), ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga(“Xudoga shukr”, “Muhim topshiriq”, “Taksining eshigi”, “Ustasi faranglar”, “Dahshatli tush” …) qaratilgan hikoyalari jamiyatning turli xudbin va Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 299 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT manmanlik cho’qqisiga chiqib olgan va o’z manfaatlari yo’lida kimlarningdir azoblanishiga sababchi bo’lib qolgan insonlar tanqid qilinadi, hajv ostiga olinadi. Adib hayvonlar qiyofasida insonlarning xato va kamchiliklarini yoki bo’lmasa ibratli tomonlarni namoyon qilib bera olgan. Yozuvchining “Noyob mikrob” nomli hikoyasini tahlil qilsak, hikoya bosh qahramoni o’zining professorlik kasbiy faoliyati davomida bunday noyob mikrobga ikkinchi marta duch keladi. U buni aniqlaganidan juda xursand bo’lib ketib, turli joylardan turlicha insonlarni chaqirib, bu mikrob haqida tushunchalar bera boshlaydi, konferensiyalar o’tkazadi, hattoki bunday noyob mikrobni topganligi haqidagi kitob yozish rejasini tuzib chiqadi. Barchaga bu mikrobni 48 soat ichida davolanmasa, bemorning ko’zlaridagi og‘riq to’xtab so’qir bo’lib qolishligi to’g‘risidagi va’zlarni aytadi-yu, lekin uning oldini olish va davo choralarini amalga oshirish to’g‘risida bosh qotirmaydi. Natijada bir inson ko’zlaridan ajralib bu yorug‘ olamni qayta ko’rish baxtidan bir umrga mosuvo bo’lib qoladi. Mazkur hikoya orqali yozuvchi o’sha davrda ham bo’lgan va hozirda ham davom etayotgan tibbiyotdagi muammolarni kulgu orqali aks ettirib, kitobxonga inson salomatligidan ko’ra nafs va pul yetakchi o’rinlarda bo’lganligini hamda tibbiy savodxonlikning yetishmasligini ko’rsatib bergan. Aziz Nesin satira va yumor janrlarida birdek ijod qilgan. Hikoyalarining ayrimlari yarim asr o’tib bevosita turk tilidan qayta tarjima ham qilindi. Bu Aziz Nesin hajviga yangidan qiziqish uygʻonganidan dalolat beradi. Masalan yozuvchining hajviy hikoyalaridan oʻzbek xalqi orasida eng mashhur “Bay Düdük” “Hushtak afandim” hikoyasi 60-yillarda taniqli tarjimon Miad Hakimov tomonidan o’girilgan bo’lsa, 2014-yilda ushbu asarga qayta qo’l urildi. O’sha yillar hikoya “Hushtak afandim” deb o’zbek tiliga o’girilgan va uni o’zbek kitobxonalari juda yaxshi kutib olishgan. Yozuvchi “Musht ketdi”, “Bezovta bo’lmang”, “Sigaret qutusidagi arz-dodlar”, “Nazokat-u nafosat” kabi hikoyalarida muhim muammolarni ko’tarib chiqadi. Bu hikoyalarning mavzusi xilma-xildir. “Nazokat-u nafosat” hikoyasi qahramoni Xolid shaharning boy, o’ziga to’q, martabali kishilarining manzilini yon daftarchasiga yozib Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 300 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yuradi. Bir marta u begonalar qo’liga tushib qolganda, yon daftarchasidagi “nazokat- u nafosat” degan yozuvni o’qib qolishadi. Yana daftarchada sinfdoshi Rizo tirtiqning manzili ham bo’ladi. Rizo esa bosh direktor, begonalar esa Rizoning qo’lidagi xizmatkorlar bo‘ladi. Xolidni haqorat qilib, kaltaklab, so’roqqa tutayotgan begonalar darrov o’zgarib, “Beyafandim” deb unga yumshoq muomala qila boshlaydilar. Shundan buyon u daftarchasiga martabali kishilaming manzilini yozib yuradi. “Pulimga yarasha yer bering” hikoyasi qahramoni gazetalardan birida “Imoratsiz quruq 1624 kvadrat metrlik yer to’rt million liraga sotiladi” degan xabarni o’qib qoladi. Shundan so’ng u oladigan oylik ish haqiga yer sotib olishi mumkinligini hisoblab chiqsa, roppa-rosa 666 yil ishlashi kerak ekan. Hisoblayverib, uyqusi qochadi. K

Доказательный фрагмент

«Maqolada turk yozuvchisi ko’plab hajviy hikoya, poema va romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi Aziz Nesinning yumoristik xarakterdagi hikoyalari va ulardagi asosiy g'oyalar bir nechta hikoyalar orqali och…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada turk yozuvchisi ko’plab hajviy hikoya, poema va romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi Aziz Nesinning yumoristik xarakterdagi hikoyalari va ulardagi asosiy g'oyalar bir nechta hikoyalar orqali och… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Miad Hakimov, “Nazokat-u nafosat”, “Pulimga yarasha yer bering”, yumor, “Farzand”, shoir, hazil-mutoyiba, “Noyob mikrob”, yozuvchi, romannavis, Aziz Nesin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники