Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIYOT HODIMLARINING ETIKA VA DEONTOLOGIYASI
O'rinova Maftunaxon Bahromovna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqoladi tibbiyot xodimlarining kasbga doir siri, bemorga tegishli sirning tibbiyot xodimlari tomonidan saqlanish kafolatlari, qanday holatda bu sirni bemor qarindoshlari yoki vakolatli organlarga xabar berilish tartibi to‘g‘risidagi masalalar bayon etilgan. Kalit so’zlar: Sir, sir saqlash, shifokorlik siri, shifokorlik sirining oshkor etilishini qonuniy shartlari. yatrogen kasalliklar, egogeniya, shifokorlik qasamyodi, evtanaziya. Professional secrecy of medical personnel and professional errors. Annotation: This article discusses the issues of professional secrecy of medical personnel, guarantees of keeping the patient's secret by medical personnel, and the procedure for reporting this secret to the patient's relatives or authorized bodies in cases where this secret can be disclosed. Keywords: Secret, confidentiality, medical secrecy, legal conditions for the disclosure of medical secrets. iatrogenic diseases, egogenesis, medical oath, euthanasia. «Etiка» so’zi yunoncha aethos so‘zidan kelib chiqqan bo'lib, u yurish-turish, axloq degan ma’nolarni bildiradi. Axloq dcganda kishilarning bir-biriga munosabati, shuningdek, jamiyatga, muayyan sinfga, davlatga, vatanga, oilaga va hokazolarga bo'lgan munosabatini tartibga solib turadigan va shaxsiy e’tiqodi, an’analari, tarbiyasi hamda xulq-atvor normalari majmui tushuniladi. Tibbiyot etikasining uzoq asrlardan bizgacha yetib kelgan dastlabki konsepsiyalari qadimgi hind kitobi «Ayuveda» («Hayot bilimi», «Hayot ilmi»)da qayd qilingan bo'lib, unda shifokorga rahmdil, xayrixoh, adolatli, sabr-toqatli, og'ir-bosiq bo'lish va har qanday sharoitda ham o'zini yo'qotib qo'ymaslik tavsiya etilgan. Shifokorning vazifasi kishilarning sihat- Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 239 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT salomatligini yaxshi lash to'g'risida doimo g'amxo'rlik qilishdan iborat. Tibbiyot xodimi qanday bo'lmasin, bemorning hayoti va sogMig'ini saqlab qolishi lozim. Gippokrat qasamyodiga binoan tibbiy xodim bemor ishongan sirni saqlamog’i lozim. O 'rta asrda yashab ijod qilgan buyuk sharq tabibi Abu Ali ibn Sino: «Barcha so'rab-surishtiruvchilardan siring saqla, siring sening asirang, agar sen uni saqlay olsang va sen uning asirisan, agar u fosh bo'lsa», degan edi. Kasbiy sir etik nuqtayi nazardan birinchidan: bemorga nisbatan hurmat, insoniy fazilatlarini ulug'lash, qonuniy huquqlarini himoyalash; ikkinchidan: hayot faoliyati davomida o'zgalarga zarar yetkazmaslik va bem or tuzalishida muvaffaqiyatlarga erishish hisoblanadi. Agar tibbiy xodim kasbiy sirni saqlay olsa, bemorning soglig'iga naf keltirish mumkin. Baxtga qarshi kasbiy sirni saqlay bilmaslik tibbiy xodimlar faoliyatida ko'p uchraydi. Buning oldini olish maqsadida o'zaro munosabatga, kasbiy sirni saqlay bilishlikka o'rgatish lozim. Kasbiy sirni saqlash muammosi etik muammo bo'libgina qolmay, huquqiy hamdir. Kasbiy xatolar. Yatrogeniyalar Tibbiy xodimlarning kasbiy xatolari mavzusi tibbiyot etikasida muhim o'rinni egallaydi. 1837-yilda N.I. Pirogov «Har bir vijdonli shifokor, ayniqsa, o'qituvchi o'z xatolarini o'zgalar qaytarmasligi uchun e ’lon Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 240 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qilishi lozim, bu esa o 'z o'rnida boshqalarni xatoga yo'l qo'ymasligining oldini oladi», degan edi. So'nggi yillarda tibbiyot xodimlari tom onidan yo'l qo'yilayotgan kasbiy xatolar tekshiruv, tashxislash, davolash usullarining murakkabligi tufayli vujudga kelmoqda, shu bilan birga ko'p hollarda kasalliklarning atipik kechishi va tibbiy xodimlarning malakasizligi sabab bo'lmoqda. Yatrogeniyalar (yunoncha yatros - shifokor, geppao-yaratmoq) kasallik holatlari bo'lib, tibbiyot xodim ining ehtiyotsizligi noto'g'ri xatti-harakati tufayli vujudga keladigan ruhiy o‘zgarishlari yig’indisi hisoblanadi. Masalan, bemorlar o'z kasalliklaridan vahimaga tushib, arzimas o'zgarishlarni bo'rttirib qabul qiladilar va ko'rsatadilar. So'nggi yillarda yatrogeniya hollari kengayib bormoqda, bunda dori moddalari ta’sirida kasallik holatining kelib chiqishi ma’lum o 'rin egallaydi. Ko'p hollarda bemorlarning dori vositalaridan noto'g'ri foydalanishi ham yatrogeniyalarga sabab bo'lmoqda. Bemor shifokorga 100% ishonishi mumkin, agar u haqiqatan ham o'z kasbiyligiga ishonsa. Ko'pgina shifokorlar tibbiy etika va tibbiy deontologiya bemorni chalkashtirib yuborishni taqiqlashini unutishadi va odamga uning holatining mohiyatini etkazmasdan, keraksiz darajada murakkab tarzda ifodalanadi. Bu bemorda qo'shimcha qo'rquvni keltirib chiqaradi, bu hech qanday holatda tez tiklanishiga hissa qo'shmaydi va shifokor bilan munosabatlarga juda zararli bo'lishi mumkin. Bundan Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 241 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tashqari, tibbiy etika va deontologiya shifokorga bemor haqida gapirishga imkon bermaydi. Shu bilan birga, ushbu qoidaga nafaqat do'stlar va oila, balki ma'lum bir odamni davolashda qatnashmaydigan hamkasblar bilan ham rioya qilish kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Ham
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqoladi tibbiyot xodimlarining kasbga doir siri, bemorga tegishli sirning tibbiyot xodimlari tomonidan saqlanish kafolatlari, qanday holatda bu sirni bemor qarindoshlari yoki vakolatli organlarga xabar berilish…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqoladi tibbiyot xodimlarining kasbga doir siri, bemorga tegishli sirning tibbiyot xodimlari tomonidan saqlanish kafolatlari, qanday holatda bu sirni bemor qarindoshlari yoki vakolatli organlarga xabar berilish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Secret, confidentiality, medical secrecy, legal conditions for the, euthanasia., evtanaziya., legal conditions for the disclosure of medical secrets. iatrogenic diseases, sir saqlash, Sir, shifokorlik sirining oshkor etilishini qonuniy shartlari. yatrogen kasalliklar, shifokorlik qasamyodi, egogeniya, medical oath, egogenesis, shifokorlik siri
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025