К содержанию
РецензированоUZ2025

BEMORLARNI TURLI ENDOSKOPIK TEKSHIRUVLARGA TAYYORLASHNI AHAMIYATI

TAYYORLASHNI AHAMIYATI · Umurzakova Mohistara Ilhomjon qizi · Kalit so’zlar: Ezofagoskopiya

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bemorlarni turli endoskopik tekshiruvlarga tayyorlashni ahamiyati haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: Ezofagoskopiya, Gastroskopiya, Duodenoskopiya Kolonoskopiya, Rektoromanoskopiya, Laparoskopiya Endoskopik tekshiruv usullari hozir katta ahamiyatga ega. Ular faqat tashxis qo'yishda emas, balki davo usuli sifatida ham qo’llanib, uning yordamida bronx, qizilo'ngach, me’da va 12 barmoq ichak, siydik chiqarish a ’zolari kasalliklariga davo qilinadi. Endoskopik tekshiruvlar maxsus tayyorgarligi bo'lgan malakali shifokorlar tomonidan o’tkaziladi. Hamshira shifokor yordamchisi hisoblanadi va u bemorni tekshiruvga tayyorlay bilishdan tashqari apparatlarga qarab turish, ishlata olish va muolaja vaqtida uni tez muvofiqlashtirishni uddalashi kerak. Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 246 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bronxlarni endoskopik tekshiruvga tayyorlash. Traxeya va bronxlarning ichki yuzasini maxsus asbob-bronxoskop yordamida ko'rib tekshirish bronxoskopiya deb ataladi. Tekshiruv ikki yo'nalishda olib boriladi. Diagnostika maqsadida bronxoskopiya qilish-traxeya va bronxlardagi xavfli o'smalar, yiringli kasalliklar, o'pka sili, yot jismlar va rentgenda aniqlashning iloji bo'lmagan moddalarni topish maqsadida qo’llaniladi. Davolash maqsadida bronxoskopiyadan bronxlardagi yot jismlar va ajratmalarni olib tashlash ham da dori moddalarini mahalliy qo'llashda foydalaniladi. Hamshira tekshiruvgacha asbobning ushlagich va yoritgichini spirt bilan artadi, qo'shimcha moslamalarni yuqumsizlantiradi va asbobni steril stolga to'liq holda tayyorlaydi. Muolaja mahalliy anesteziya yoki narkoz ostida olib boriladi. Mahalliy anesteziya-dikain , trimekain, 10% li novokain surtish, purkash yoki aspiratsiya qilish bilan amalga oshiriladi. Bronxoskopiya nahorga yoki yengil nonushtadan 2 - 3 soat o'tgach endoskopiya xonasida o’tkaziladi. Muolajaga hamshira operatsiyaga tayyorlanayotgani kabi tayyorlanadi. Bronxoskopiya o’tirgan yoki yotgan holda amalga oshiriladi. Muolaja paytida hamshira bemorning umumiy ahvolini kuzatib turadi. Tekshiruvdan 30 daqiqa oldin teri ostiga 1 ml 0,1% li atropin sulfat eritmasi yuboriladi. Mahalliy og'riqsizlantirish endoskopiyadan 20 daqiqa avval og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va qizilo‘ngachning yuqori qismiga pulverizatordan 1—3% li dikain eritmasini sepish yo'li bilan amalga oshiriladi. Muolajani shifokor bajaradi. Ezofagoskopiya - qizilo'ngachning ilk rivojlanish bosqichidagi o'smalarini o‘z vaqtida aniqlash, undagi yot jismlarni tashxis qilish va chiqarish uchun qizilo'ngach shilliq pardasini ko'zdan kechirish. Ezofagoskopiya davolash maqsadida ham qo'llaniladi. Gastroskopiya - me’da shilliq pardasining xavfsiz, xavfli o'smalari, me’da yaralarini aniqlash, biopsiya qilish va poliplarni chiqarish uchun ko'zdan kechirishdir. Gastroskopiya muolajasi Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 247 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Duodenoskopiya — 12 barmoq ichak shilliq pardasini ko'zdan kechirish, shu ichakdagi yaralarni tashxis qilish va ularni davolash usulidir. Kolonoskopiya - yo'g'on ichak shilliq pardasini kolonoskop yordamida tekshirish, bu shilliq pardani umumiy ko'zdan kechirishga imkon beradi. Kolonoskopiya yordamida yo'g'on ichakning turli xil kasalliklari (yalliglanish, xavfii va xavfsiz o'smalar, qon oqishi va boshqalar) aniqlanadi. Bemorni tekshirishdan oldin 2 - 4 kun mobaynida parhez taomlar tayinlanadi, qora non, sut, kartoshka iste’mol qilinmaydi. Tekshirishdan bir kun oldin, ikkinchi nonushtadan so'ng 30-40 ml kanakunjut moyi beriladi, kechqurun uxlashdan oldin tozalovchi huqna bajariladi. Bemor kechki ovqatni iste’mol qilmaydi. Bu muolaja bolalar, keksa yoshdagi va qandli diabeti bor bemorlarga qo'llanilmaydi. Ertalab tekshirishdan 2 soat oldin ichak tozalanadi. Yel haydovchi naycha kiritiladi. Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 248 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Rektoromanoskopiya — to 'g 'ri ichak shilliq pardasini ko'zdan kechirish. Bu muolaja maxsus asbob rektoskop yordamida bajariladi. Bu tekshiruvda tibbiyot hamshirasining vazifasi bemorni tayyorlash, asboblarni tekshirish va rektoskop kiritilgandan so'ng shifokorga yordam berishdan iborat. Tekshirish vaqtida rektoskop naychasining tashqi uchiga yo'naltirib tog'ora qo'yiladi, chunki m uolaja davom ida ichakdan yuvindi suv yoki suyuqlik axlat oqib tushishi m um kin. Qabziyatda bem orni tayyorlash tekshrishdan bir necha kun oldin boshlanadi: tuzli surgi, 15% li m agniy sulfat eritmasi (1 osh qoshiqdan kuniga 3 m arta) beriladi, h ar kuni huqna qilinad. Hamshira bemorni muolajaga tayyorlashdan oldin kechqurun 2 marotaba huqna qilib, yel haydaydigan naycha kiritadi va yengil ovqat bcrib, ertalab ham 30 daqiqa tanaffus bilan yana ikki marta huqna bajariladi va yel haydaydigan naycha kiritiladi. Muolajani shifokor bajaradi. Hamshira esa bemorni kuzatib turishi lozim. Tekshirish tugallangandan keyin rektoskopning sterillanadigan qismlarigina ajratiladi, yuviladi,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bemorlarni turli endoskopik tekshiruvlarga tayyorlashni ahamiyati haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bemorlarni turli endoskopik tekshiruvlarga tayyorlashni ahamiyati haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ezofagoskopiya, Gastroskopiya, Laparoskopiya, Duodenoskopiya Kolonoskopiya, Rektoromanoskopiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники