Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O`ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI O`XSHATISHLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI · Madaliyeva Ozoda Alisher qizi
Современное образование и развитие · 1967
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi turg‘un o‘xshatishlarning lingvomadaniy xususiyatlari, til va madaniyat orasidagi o‘zaro munosabat haqida so`z yuritiladi. Maqolada shuningdek, o‘zbek xalqida it bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlar misol tariqasida keltiriladi. Kalit so‘zlar: etnograflar, intellektual faoliyat, strukturalar, sub’ektiv va ob’ektiv, shaxs madaniyati. Voqelikni idrok etish va uni bilishning milliy-madaniy xususiyatlari muammosi tadqiqotchilarni uzoq vaqtlardan beri qiziqtirib kelmoqda va ushbu muammo haqida bildirilgan fikrlar ham turli-tuman, ba’zan esa tamomanbir-biriga ziddir.Ulardan ayrimlari hatto turli xalqlarning borliqni idrok etishi batamom mos kelmasligini ta’kidlashga harakat qiladilar: «Barcha xalqlar yagona voqelikni turlicha tasavvur va tasvir qilishadi» (Gachev 1967: 78; Qarang: Gachev1995). G.D.Gachevning bundan qariyb o‘ttiz yil oldin aytgan bu fikri tilshunoslar va boshqa fan sohalari vakillari uchun yangilik emas edi. O‘z paytida I.Kant hech qanday tajriba o‘tkazmasdan turib ham(faktlar to‘plash shart emas) ong kategoriyalarini ajratish mumkinligi haqida gapirgan edi. Shundan buyon faylasuflar, psixologlar, etnograflar, kognitologlar (A.Ya.Gurevich, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.R.Luriya, V.F.Petrenko va boshqalar) borliqni idrok etish turli bilim strukturalari orqali bajarilishi va ushbu strukturalarda oldingi tajribada to‘plangan bilim- axborot tartiblashgan, umumlashgan holda aks topishini qayd etib kelishmoqda. Ammo u holda oldingi tajriba qay shaklda qoliplashadi yoki tizimlashadi degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Shubhasiz, tajriba dastlabki o‘rinda Выпуск журнала №-18 Часть–7_ Январь –2025 232 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT insonning bevosita ko‘z o‘ngida, o‘zi yashab turgan muhitda yuz berayotgan voqealar, uning atrofidagi predmetlarni bevosita kuzatuvi, ulardan foydalanishi jarayonida to‘planadi. Inson faoliyati ma’lum milliy madaniyat, muhit doirasida kechadi. Shu sababli har qanday turdagi bilish jarayoniga oid strukturalar, tuzilmalarda milliy kolorit mavjud bo‘lishi ham tabiiydir. So‘zsiz, insonning inson sifatida shakllanishining o‘zi ham madaniyat bilan bog‘liqdir. Uning nafaqat intellektual faoliyati, balki oddiy hayotiy xatti-harakatlarining barchasi ham milliy madaniyat ko‘zgusida aks topadi va ushbu madaniyat qonun-qoidalari«nazorati»da bo‘ladi. Har qanday madaniyat atrof-muhit ta’sirida taraqqiy qilib, o‘zgarib boradi. Turli millatlar madaniyati bir-biridan dastlabki o‘rinda voqelikni moddiy va ma’naviy o‘zlashtirishdagi farqi jihatidan ajralib turadi. Bunday farqning asosida o‘zlashtirilayotgan obyekt yoki bu faoliyat mahsuli emas, balki ushbu moddiy- ma’naviy o‘zlashtirish jarayoni qanday yoki qay uslubda kechayotganligi yotadi. Shu sababli madaniyatni moddiy va ma’naviy, sub’ektiv va ob’ektiv, ichki va tashqi, shaxs madaniyati va milliy madaniyat kabi turlarga ajratishadi. Madaniyat hech qachon qotib qolgan hodisa sifatida talqin etilmasligi lozim, u taraqqiy qilib boradi, bir holatdan ikkinchisiga o‘tadi, boshqa madaniyatlar bilan qorishib boradi. Yana shuni unutmaslik lozimki, hech bir inson oldindan madaniyatli bo‘lib tug‘ilmaydi, bunga u ijtimoiy faoliyat natijasida, muloqot(keng ma’noda) jarayonida erishadi. Axir bekorga antropologlar (K.Levi–Stross, K.Girs va boshqalar) madaniyatni insonlar o‘zaro munosabatlarining mahsuli sifatida ta’riflashmasa kerak. Madaniyat shakllanishida insonlar o‘rtasidagi muloqotdan tashqari, voqelikdagi ob’ektlar bilan bo‘lgan muloqotning roli ham muhimdir. Ma’lumki, inson va voqelik munosabatida lison o‘ziga xos bog‘lovchi, vositachilik rolini o‘ynaydi. Lison o‘zida voqelikni aks ettiradi, madaniyat esa ushbu voqelikning ajralmas qismidir. Voqelikning o‘zini ham milliy deb atash mumkin va bu milliylik lisonda dunyoni o‘ziga xos «ko‘rish», uni idrok etish natijasida o‘z aksini topadi. Lison va madaniyat munosabati masalasi murakkab, juda qiyin hamda ko‘p tomonlama muhokamani talab qiladigan masaladir. Ular tadqiqiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur bo‘ladi, aks holda bu ikki turdagi Выпуск журнала №-18 Часть–7_ Январь –2025 233 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT semantik tizimni yagona bir qolipga tushirish xavfi ham yo‘q emas. Shuning bilan birgalikda bu ikki tizimning o‘zaro o‘xshash, umumiylik tomonlari ham mavjudligini unutmaslik lozim. V.N.Teliya bunday umumiylikni quyidagilarda ko‘radi: 1) madaniyat, xuddi lison kabi, inson dunyoqarashini aks ettiruvchi ong shaklidir; 2) til va madaniyat o‘zaro munosabatda, muloqotda bo‘ladi; 3) til va madaniyatning sub’ekti– bu doimo individ yoki ijtimoiy guruh– jamoa shaxs yoki jamiyat; 4) me’yoriylik(norma) til va madaniyat uchun umumiy xususiyatdir; 5) tarixiylik– til va madaniyatning muhim xususiyatidir; 6) til va madaniyatga«dinamika- statika» qarama-qarshiligi bir xilda xosdir(Teliya1996: 225-226).1 ”Olamning lisoniy manzarasi”ni har millat turlicha idrok etidi chunki ularning ongi, tafakkur tarzi, yashash tarzi, hattoki, ko‘rish tarzi, iqlimi va atrof m
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi turg‘un o‘xshatishlarning lingvomadaniy xususiyatlari, til va madaniyat orasidagi o‘zaro munosabat haqida so`z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi turg‘un o‘xshatishlarning lingvomadaniy xususiyatlari, til va madaniyat orasidagi o‘zaro munosabat haqida so`z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- strukturalar, intellektual faoliyat, shaxs madaniyati., etnograflar, sub’ektiv va ob’ektiv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026