К содержанию
РецензированоUZ2026

O'ZBEK TILI LEKSIKASIDA O'Z QATLAM VA O'ZLASHGAN QATLAM SO'ZLARI

Xaliyorova Shoxzoda Ulmasbekovna · Laylo Shamsiyeva Vaxob qizi · Qahramonova Rayhona Nasimjonovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o'zbek tilining lug'at boyligini tashkil etuvchi o'z qatlam va o'zlashgan qatlam so'zlarining kelib chiqishi, paydo bo'lishi, rivojlanish tarixi, jamiyat hayotida tutgan o'rni, qo'llanish xususiyatlari hamda leksik tizimdagi o'rni tahlil etiladi. Shuningdek so'zlarning sematik o'zgarishlari hamda neologizmlar negizida tildagi boyish jarayoni ilmiy manbalar asosida o'rganiladi. Kalit so'zlar: semantik belgi, morfologik belgi, neologizm, tarixiy leksema, arxaik leksima, affiksatsiya usuli, fonetik belgi. Ma'lumki, inson dunyoga kelganidan to umrining oxirigacha, insonlar bilan muloqot qiladi. Ular muloqot qilganda bitta oila vakillari bilan yoki bir millat kishilari bilan muloqot qilmaydi, balki turli oila vakillari bilan yoki turli millat-elatlar bilan muloqot qiladi. Bu muloqot natijasida yangi so'zlar va avval muloqotda bo'lgan so'zlarning ma'nosi kengayishi, torayishi mumkin yoki muloqotdan chiqishi ya'ni tarixiy leksemaga aylanishi mumkin. Ma'lumki, o'zbek tili eng qadimgi turkiy urug' va qabilalardan paydo bo'lgan, demak, o'zbek tili ham shu urug’ va qabilalar asosida rivojlangan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g‘ullar va ruslar istilosi bilan birgalikda tillarning o’zaro aloqasi va hamkorligi ko’p holda bu tillar orasida so’z almashishga, bir tildan ikkinchi tilga so’z o’tishiga sabab bo’ladi. Bir tildan ikkinchi tilga so’z o’tishi uchun sharoit kerak. Bu sharoit ikki tilning shunchaki aloqasi, yonma- yon yashashi, hududiy yaqinlashishi emas, balki o’zro ta’siri, hamkorligi va bu asosda yuzaga keluvchi ikki tillilik hodisasidir. O’zbek tili tarixda turkiy tillar oilasiga mansub qardosh tillar bilan, chunonchi, qozoq, qirg’iz, uyg’ur, qoraqalpoq, uyg’ur, turkman, ozarbayjon tillari bilan aloqada bo’lgan. Bunday aloqa hozir ham davom etmoqda. https://scientific-jl.com 1 5 3 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Mana shunday aloqa tufayli O’zbekistonning ko’pgina viloyatlarida o’zbek va qirg’iz tillarida, o’zbek va qozoq tilida, turkman va o’zbek tilida, tatar va o’zbek tilida, qoraqalpoq va o’zbek tillarida parallel gaplasha oluvchi ikki tilli aholi mavjud. Bunday genetik jihatdan aloqador bo’lgan ikki qardosh tilda gaplasha olish O’zbekistonda yashovchi aholi orasida qadimdan mavjud shu sababdan o'zbek tilining lug'at boyligida ikkita yirik qatlam - oʻz va oʻzlashgan qatlamlarga bo'linadi. 1.Oʻz qatlam - o’z ichki imkoniyatlari asosida boyish. 2.Oʻzlashgan qatlam - boshqa tillardan so‘z olish asosida boyish. Oʻz qatlam- o'zbek tili leksikasining umumturkiy so‘zlar va sof o'zbek so'zlaridan iborat qismlari. 1. Umumturkiy so'zlar o'zbek tili leksikasining eng qadimgi lugʻaviy birliklaridir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirgʻiz, turkman, ozarbayjon tillaridan ham saqlangan. Misol: bosh (oʻzb)- bas (qoz. qoraq)- bash (qirgʻ. turkm) O'zbek tili leksikasidagi umumturkiy so'zlarning o'ziga xos fonetik, morfologik, sematik belgilari haqida ma’lumot olamiz. Fonetik belgi: a) So'zlarning ko‘pchiligi bir yoki ikki bo'gʻinlidir. b) Urgʻu ko'pincha so'z oxiriga tushadi. Sematik belgilari: Umumturkiy so'zlarning aksariyati ko‘p ma'nolidir. Misol: bosh- 1) odamning boshi; 2) koʻchaning boshi; 3) ishning boshi ko'z-1)odamning ko'zi; 2) uzukning ko'zi; 3) taxtaning ko'zi; 4) derazaning ko'zi Morfologik belgilari: a) turlanadi va tuslanadi; b) umumturkiy so'zlar hozirgi o'zbek tilining barcha so'z turkumlarida uchraydi; c) oʻzak va affiks morfemalar erkin va standart boʻladi. 2. Sof o'zbek so'zlari- o'zbek tilining o'zida yasalgan so'zlar. Sof o'zbek so'zlarining yasalish usulari: a) Sematik usul- yangi leksemaning yuzakelishi. Misol:koʻk ( rang) - koʻk (osmom) yupqa (sifat) - yupqa ( ot. ovqatning bir turi) b) Affiksatsiya usuli: Bunda oʻzak va affikslar turli til materiallari bo'lishi mumkin, ammo ularning qoʻshilishi o'zbek tili tarkibida yuz beradi, oʻzbek tilining so'z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so'zlar o'zbek tilining oʻz qatlami birligi sanaladi. Masalan: bosh (umumturkiy)+ «-la» (o'zb.) - boshla (o'zb.), temir (umumturkiy) + «-chilik» (okzb.) - temirchilik (o'zb.), jang (f-t.) + «-chi» (o'zb.) —jangchi (o'zb.), madaniyat (ar.) + «-li» (oʻzb.) — madaniyatli (o‘zb.)¹. https://scientific-jl.com 1 5 4 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Oʻzlashgan qatlamlar - oʻzbek tili leksikasi boshqa tilardan oʻzlashtirilgan leksemalardan ya'ni arabcha, forscha-tojikcha, xitoycha, mo‘g‘ulcha, grekcha, ruscha so'zlar oʻzlashgan qatlamlarni tashkil etadi. Arabcha so‘zlar:kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, san’at, tanqid, madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod, amal, oila va boshqalar. Arabcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega: a) (v) f,h,’ harflari ishtirok etgan so‘zlar,asosan, arabcha; Misol:ma’no, ta’limot, na’ra, sinf b) Arabcha so‘zlar siniq ko‘pligiga ega, ya’ni ko‘plik so‘z tarkibini o‘zgartirish bilan hosil qilinad

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o'zbek tilining lug'at boyligini tashkil etuvchi o'z qatlam va o'zlashgan qatlam so'zlarining kelib chiqishi, paydo bo'lishi, rivojlanish tarixi, jamiyat hayotida tutgan o'rni, qo'llanish xususiyatlari…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o'zbek tilining lug'at boyligini tashkil etuvchi o'z qatlam va o'zlashgan qatlam so'zlarining kelib chiqishi, paydo bo'lishi, rivojlanish tarixi, jamiyat hayotida tutgan o'rni, qo'llanish xususiyatlari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
semantik belgi, morfologik belgi, neologizm, tarixiy leksema, affiksatsiya usuli, fonetik belgi., Kalit so'zlar: semantik belgi, arxaik leksima
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники