К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MULOQOT, TADQIQOT, YARATUVCHANLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA "4 K" MODELINING AHAMIYATI

MODELINING AHAMIYATI · Imomova Surayyo Xasanovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot, tadqiqot va yaratuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda "4 K" modeli muhim o‘rin tutadi. Bu model zamonaviy ta’lim jarayonida talab qilinadigan asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi va o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini oshirish, balki ularni keng qamrovli shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: boshlang'ich sinf, hamkorlik, mustaqil fikrlash, ko'nikma, tanqidiy fikrlash, zamonaviy yondashuvlar, muloqot. Boshlang‘ich ta’lim ta’lim tizimining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, unda bolalarning asosiy bilim, ko‘nikma va qadriyatlari shakllanadi. Bu davrda o‘quvchilar nafaqat fanlarni o‘rganadilar, balki muloqot qilish, muammolarni hal etish, ijodiy fikrlash kabi hayotiy ko‘nikmalarni ham egallaydilar. Shu bois, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy va intellektual rivojlanishiga katta e’tibor qaratiladi. "4 K" modeli to‘rt asosiy ko‘nikmani o‘z ichiga oladi: muloqot (communication), hamkorlik (collaboration), tanqidiy fikrlash (critical thinking) va yaratuvchanlik (creativity). Har bir ko‘nikma o‘quvchilarning kundalik hayotda va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarurdir. Boshlang‘ich sinfda ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish esa o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, ularda mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Muloqot ko‘nikmasi o‘quvchilarni o‘z fikrlarini aniq va to‘g‘ri ifoda etishga o‘rgatadi. Bu ko‘nikma nafaqat og‘zaki, balki yozma shaklda ham muhimdir. O‘quvchilar bir-birlari bilan samarali muloqot qilishni o‘rganib, o‘zaro hurmat va tinglash madaniyatini rivojlantiradilar. Muloqot jarayonida ular o‘z fikrlarini boshqalar bilan bo‘lishadi, fikr almashadilar va jamoaviy ishda faol ishtirok etadilar. Bu esa ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Hamkorlik ko‘nikmasi esa o‘quvchilarni guruhda ishlashga o‘rgatadi. Ular birgalikda muammolarni hal qilish, loyihalar yaratish va bir-biridan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hamkorlik jarayonida o‘quvchilar bir-birining fikrlarini hurmat qilishni, mas’uliyatni bo‘lishishni va umumiy maqsad sari intilishni o‘rganadilar. Bu esa ularning jamoaviy ruhini oshiradi va ijtimoiy moslashuvchanliklarini rivojlantiradi.[1] https://inlibrary.uz 6 3 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi o‘quvchilarga ma’lumotlarni tahlil qilish, muammolarni aniqlash va asosli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Bu ko‘nikma yordamida o‘quvchilar o‘z fikrlarini asoslashni, dalillarni taqdim etishni va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tan olishni o‘rganadilar. Tanqidiy fikrlash ularni passiv qabul qiluvchilardan faol bilim egalariga aylantiradi, ularning mustaqil o‘ylash qobiliyatini oshiradi. Yaratuvchanlik ko‘nikmasi esa o‘quvchilarning yangi g‘oyalar ishlab chiqish, muammolarga noodatiy yondashuvlar topish va o‘z fikrlarini erkin ifoda etish qobiliyatini rivojlantiradi. Yaratuvchanlik o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari va istaklarini amalga oshirishga imkon beradi, ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. Bu ko‘nikma orqali o‘quvchilar o‘ziga xos, mustaqil va ijodiy shaxs sifatida shakllanadi.[2] "4 K" modeli asosida ta’lim jarayoni o‘quvchilarning faolligiga asoslanadi. O‘qituvchilar darslarni interaktiv usullarda tashkil qilib, o‘quvchilarni muammolarni hal qilishga, guruhda ishlashga va yangi g‘oyalar yaratishga undaydilar. Masalan, loyiha asosida o‘qitish, muammoga yo‘naltirilgan o‘qitish, o‘yinlar va muhokamalar yordamida o‘quvchilar o‘z ko‘nikmalarini amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot, tadqiqot va yaratuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda "4 K" modelining ahamiyati shundaki, u ularni zamonaviy hayotga tayyorlaydi. Bugungi kunda tezkor o‘zgarishlar va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida o‘quvchilarning nafaqat bilimga, balki turli ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi. "4 K" modeli esa bu talablarni qondirishda samarali vosita hisoblanadi. Muloqot qilish qobiliyati o‘quvchilarga jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi. Ular o‘z fikrlarini aniq ifoda etish, boshqalarni tinglash va tushunish orqali ijtimoiy munosabatlarni yaxshilaydilar. Bu esa ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot ko‘nikmalari esa o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga, ma’lumotlarni izlash va tahlil qilishga o‘rgatadi. Bu ko‘nikmalar yordamida ular o‘z qiziqishlari bo‘yicha chuqurroq bilimga ega bo‘ladilar va o‘rganish jarayonida faollik ko‘rsatadilar. Tadqiqot faoliyati o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni va muammolarni hal qilishni rag‘batlantiradi. Yaratuvchanlik esa o‘quvchilarning o‘z fikrlarini yangi va noyob shakllarda ifoda etishlariga imkon beradi. Bu ko‘nikma ularni o‘z qobiliyatlarini sinab ko‘rishga, yangi g‘oyalar ishlab chiqishga va ijodiy faoliyatga jalb qiladi. Yaratuvchanlik rivojlangan o‘quvchilar kelajakda innovatsion yo

Доказательный фрагмент

«Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot, tadqiqot va yaratuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda "4 K" modeli muhim o‘rin tutadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot, tadqiqot va yaratuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda "4 K" modeli muhim o‘rin tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ko'nikma, Kalit so‘zlar: boshlang'ich sinf, mustaqil fikrlash, muloqot., hamkorlik, zamonaviy yondashuvlar, tanqidiy fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники