К содержанию
РецензированоRU2026

ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATINING YANGILANISH VA O’ZIGA XOSLIGI

O’ZIGA XOSLIGI · ESHBEKOVA DILDORA MUMINXANOVNA

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

В этой статье рассказывается об обновлении узбекской поэзии периода независимости. Были проанализированы некоторые стихи современного поэта Салима Ашура. Ключевые слова: поэма, независимость период, статья, тяга к анализу. Istiqlol barcha sohalarga jiddiy o‘zgarishlarni olibkelgani kabi o‘zbek adabiyotida ham o‘zgacha yangiliklarni olib kirdi. Xalq ruhida milliy Vatanparvarlik g‘oyasini singdirish, o‘zlikni anglash kabi xalqona urf-odatlar bu davr adabiyotida, ayniqsa, she’riyatida yaqqol ko‘zga tashlandi. Zamonaviy o‘zbek she’riyati ma’naviy va salohiyati jihatidan sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy adabiyotimizda lirika janrini eng oliy namunalari bo‘y ko‘rsatdi. She’riyatning eng asosiy vazifasi milliy ruhiyatni tarbiyalash, milliy odob-axloq qoidalarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, ijodkorlarga hur ruhiylik an’analarini shakllantirdi. Ozod fikrlaydigan insonlar barcha narsalarni yorqin anglab, to‘g‘ri qaror qabul qiladilar. Birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytsak: “Odamlarga o‘zligini anglash, milliy g‘urur, oriyat, o‘tmishdan faxrlanish, porloq kelajakni, o‘z qo‘limizga olganimizdan g‘ururlanish kabi tuyg‘ular kamol topyapdi, ularning bugungi va ertangi kuniga ishonchi ortib boryapdi”[1, B.226].Bugungi kun adabiyoti uchun bu fikrlarni keltirib o‘tishimiz ayni muddaodir. Zamonaviy adabiyotimiz, ya’ni she’riyatimiz ana shunday faxrlanish va g‘ururlanishga arziydigan qimmatga egadir. Adabiyotning asosiy vositalaridan sanalgan she’riyatda davr o‘zgarishi birinchilardan bo‘lib o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Istiqlolni nafasi she’riyatimizga tubdan https://inlibrary.uz 8 7 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi o‘zgartirishlar olib kelib, kechagi she’riyatimizdan mutlaqo farqli jihatlarini ko‘rsatib berdi. Kechagi kun adabiyotida zamona ziddiyatlaridan, davr muammolaridan shikoyat qilingan she’rlarni ko‘rsak, bugungi kun she’riyatida insonlarning ichki kechinmalari, milliy g‘urur tuyg‘ularini innikosini ko‘ramiz. Ya’ni davr muammolari iqtisodiy o‘zgarishlardan ko‘ra inson ruhiy kechinmalari asosiy o‘rinni egallagan. Zamonaviy she’riyatimiz so‘z sehrining yuksaklik darajasida tubdan o‘zgardi. Istiqlol she’riyati ozod ruhiyat ta’sirida yozilgan bo‘lib, Mustaqillikka shukronalik, kelajakka bo‘lgan ishonch kabi xususiyatlari bilan yaqqol ko‘zga tashlandi. Yangi fikrlanishlar, milliy g‘oyaviy-estetik mezonlar istiqlol she’riyatida bo‘y ko‘rsatdi. Shu bilan birga tabiat manzaralariga berilgan ta’riflarga ham istiqlolning nashidasi ufurulganligi ko‘rindi. She’riyat inson ichki dunyosini ochib beradigan, yagona yo‘ldir. Har bir davrning o‘z farzandi, sodda qilib aytsak, bayroqbardorlari bo‘ladi. Tabiiyki bunday mas’ulayli vazifalar asosan shoirlar zimmasida yuklanadi. Har bir shoir o‘z davrining munosib farzandi ekanligi uchun ham bu vazifa ularga topshirilgan. Istiqlol davr she’riyati yangicha insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etdi. Ya’ni modern she’rlari bu davr adabiyotida bo‘y ko‘rsatdi. “Hayot haqiqatidan ma’lumki, shoirning falsafiy tafakkuri, hayoti mushohadasi, lirik qahramon, poetik obrazlar, ramzlar vositasida berilsa, davr ruhini, xalqning orzu-istaklarini, inson kechinmalarini ta’sirchan va yoqimli bo‘lishiga imkon yaratadi. Bugungi she’riyatda shunday qilinyapdi. Shuningdek bugungi she’riyatda azaliy an’analarga bo‘ysunmaydigan yangi yo‘nalish, yangicha usul yuzaga keldi. Bu modern she’riyatidir [2, B.6]. Istiqlol davr she’riyatini yangilanishi, hamda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini yoritib berishga bir qancha olimlarimiz ijodiy izlanish olib borganlar. Ular qatorida Ozod Sharofiddinov, No‘mon Rahimjonov, Umarali Normatov, Suvon Meli, Ulug‘bek Hamdam, Bahodir Karimov,Uzoq Jo‘raqulov kabi olimlarni sanab o‘tsak o‘rinlidir. Ular yozgan ilmiy asarlar Istiqlol davr adabiyotini yangicha yo‘nalishni she’riyatdagi o‘zgacha xususiyatlarini ochib berishga zamin yaratdi. Bu borada adabiyotshunos Olim Karimovning ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir. Hakimjon Karimov Istiqlol davr she’riyatini to‘rt tamoyilga bo‘lib o‘rganishni tavsiya beradi [3, B.6].Istiqlol davr she’riyati ijod maydonida, ayniqsa,she’riyat ixlosmandlariga keng maydonni ochib berdi. Har bir ijodkor o‘z shaxsi fikriga ega bo‘lib, o‘zining asarlarida buni aks etdi. Istiqlol davr she’riyatining o‘ziga xos bo‘lg an yana bir xususiyati milliy urf-odatimizni tarannum etgan diniy qadriyatimiz bo‘ldi. Sobiq Ittifoq davrida nazardan qolgan, ayniqsa, unutilib borilgan Islomiy an’analarimiz bu davr, she’riyatida qayta jonlandi. Istiqlol shoirlari o‘z she’rlarida diniy urf-odatlarni xalqona tilda, sodda va ravon usulda kuyladilar. Istiqlol davr she’riyatining bu xususiyatiga doir bir qancha ilmiy izlanishlar olib borildi. Ko‘plab olimlar o‘z maqola va monografiyalariga bu xususda ma’lumot berib bordilar. Ayniqsa, https://inlibrary.uz 8 8 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi zamonaviy olimlarimiz Ozod Sharofiddinov, Umarali Norvatov, Suvon Meli

Доказательный фрагмент

«В этой статье рассказывается об обновлении узбекской поэзии периода независимости.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье рассказывается об обновлении узбекской поэзии периода независимости. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poem, independence period, article, analysis, Kalit so‘zlar:she’r, Istiqlol davr, maqola, tahlilga tortish.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники