К содержанию
РецензированоUZ2026

JISMONIY TARBIYA FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Abduraxmonov Asqarali Abduvaliyevich

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

This article broadly covers the content and importance of physical education, its main purpose, its role in forming a healthy lifestyle, educational tasks, educational tasks, developmental tasks, the role of sports activities, means and forms of physical education, and ideas and considerations on the formation of a culture of physical activity. Kalit so'zlar: Jismoniy tarbiya, sog‘lom turmush, salomatlik, harakat, mashqlar, sport, ta’limiy vazifa, tarbiyaviy vazifa, rivojlantiruvchi vazifa, sifatlar, sog‘lom avlod, raqobatbardoshlik, iroda, intizom, faollik, sport o‘yinlari, jamoaviylik, maqsad, sog‘lom fikr, kelajak poydevori. “Bugungi kunda har tomonlama sog‘lom, jismonan baquvvat va ruhan bardavom avlodni voyaga yetkazish — mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun eng muhim omillardan biridir. Chunki sog‘lom avlod – bu yurtning tayanchi, millatning faxri va ertangi kunning ishonchli poydevoridir. Shu boisdan ham jismoniy tarbiya va sport masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.”Jismoniy tarbiya inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim fan hisoblanadi. U nafaqat tana harakatlari, balki insonning ruhiy holati, irodasi, fe’l-atvori va jamoada o‘zini tutish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi — sog‘lom, baquvvat, bardam hamda har tomonlama yetuk avlodni voyaga yetkazishdir. Bu fan orqali inson o‘z salomatligi haqida qayg‘uradi, muntazam mashqlar orqali o‘zini doimo tetik saqlashga intiladi. Ayniqsa, yosh avlodda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish jismoniy tarbiyaning muhim vazifalaridan biridir.Jismoniy tarbiya ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi https://scientific-jl.com/new 2222 9999 1111 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS vazifalarni bajaradi. Ta’limiy vazifasi orqali inson harakatlarni to‘g‘ri bajarishni, sport turlarining qoidalari va texnikasini o‘zlashtiradi. Tarbiyaviy vazifasi esa insonda iroda, sabr-toqat, jamoada ishlash, raqobatbardoshlik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Rivojlantiruvchi vazifasi orqali esa kuch, epchillik, tezlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlar rivojlanadi. Sport mashg‘ulotlari bu fan doirasida asosiy vosita hisoblanadi. Ular o‘quvchilarda ijobiy raqobat muhitini yaratib, o‘z ustida ishlashga undaydi. Shu bilan birga, jismoniy tarbiyada turli vositalar — harakatli o‘yinlar, gimnastika, yengil atletika, suv sporti va boshqa mashqlar orqali o‘quvchilarda harakat madaniyati, sportga muhabbat shakllanadi.Jismoniy tarbiya — bu faqat tanani rivojlantirish emas, balki insonning ruhiy, ijtimoiy va intellektual jihatlarini ham shakllantirishga qaratilgan muhim jarayondir. Har bir inson uchun sog‘lom turmush tarzini yaratish, jismoniy faollikni kundalik hayotga kiritish zarur. Jismoniy tarbiya fani esa bu yo‘lda bizga eng muhim yordamchimizdir, chunki u nafaqat tanamizni kuchaytiradi, balki irodamizni mustahkamlaydi va intizomli bo‘lishni o‘rgatadi. Bu fan orqali inson jismoniy sifatlarini, ya’ni kuch, tezlik, chidamlilik va epchillikni rivojlantiradi. Jismoniy mashqlar nafaqat tanani shakllantiradi, balki irodani mustahkamlash, sabr-toqatni oshirish kabi ruhiy fazilatlarni ham shakllantiradi. Jismoniy tarbiya shuningdek, jamoaviy ishlashni o‘rgatadi, musobaqalar orqali esa raqobatbardoshlikni rivojlantiradi. Har bir g‘alaba va mag‘lubiyat insonni yangi maqsadlar sari harakat qilishga undaydi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Sog‘lom avlod — yurt tayanchi, kelajak poydevoridir” degan so‘zlari jismoniy tarbiyaning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rnini yana bir bor ta’kidlaydi. Sog‘lom va baquvvat avlod nafaqat o‘z hayotini yaxshilaydi, balki jamiyatni ham rivojlantiradi.O‘zbekistonda jismoniy tarbiya qadimdan xalq hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida turli xalq o‘yinlari va sport turlari haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. Bu asarda 100 dan ortiq xalq o‘yinlari va mashqlarining tafsilotlari ta’riflangan. Xalq qahramonlik eposi “Alpomish”da ham jismoniy tarbiya va jangovar mashqlar, kuchlilik va sabr-toqatni sinash holatlari aks etadi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoye” asarlarida ham sport va jismoniy faollikning o‘rni alohida ta’kidlanadi. Boburning “Boburnoma” asarida esa jangovar mashqlar, jangovar ko‘nikmalar va jismoniy tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikdan so‘ng, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 1992-yilda "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi, 2000-yilda esa u yangilandi. 1993-yilda “Sog‘lom avlod” davlat dasturi ishlab chiqilib, jismoniy tarbiyaning rivojlanishi uchun zarur huquqiy asoslar yaratildi. 1999-yilda esa “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Xulosa qilib aytganda, Jismoniy ta

Доказательный фрагмент

«This article broadly covers the content and importance of physical education, its main purpose, its role in forming a healthy lifestyle, educational tasks, educational tasks, developmental tasks, the role of sports ac…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article broadly covers the content and importance of physical education, its main purpose, its role in forming a healthy lifestyle, educational tasks, educational tasks, developmental tasks, the role of sports ac… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jismoniy tarbiya, sog‘lom turmush, salomatlik, harakat, mashqlar, jamoaviylik, maqsad, sog‘lom avlod, Kalit so'zlar: Jismoniy tarbiya, raqobatbardoshlik, ta’limiy vazifa, intizom, sport, sog‘lom fikr, iroda, kelajak poydevori., sifatlar, rivojlantiruvchi vazifa, sport o‘yinlari, faollik, tarbiyaviy vazifa
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники