Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUMTOZ MAHAL - SAROYNING DURDONASI
Bashirqulova Sevinch Oybek qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Boburiylar sulolasining hukmdorlaridan boʻlgan Shohjahonning sevimli va sadoqatli malikasi boʻlgan Mumtoz Mahal haqida so’z boradi. Ushbu malikaning hukmdor Shoh Jahon uchun qay darajada qadrli ekanligi uning davrida Jamna daryosi boʻyida qurdirilgan Toj Mahal inshootidan ham ko’rishimiz mumkin. Mumtoz Mahal begim haqidagi ma’lumotlar mavjud manba va adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi. Kalit soʻzlar: Hindiston zamini, Shoh Jahon va Arjumand bonu, Agra, “saroyning koʻrki”, Akbarshoh, sevgi va sadoqat ramzi - Toj Mahal, Jahongirshoh, Nurjahon, shon- shuhrat, vafodor yor va sodiq hamroh. Hindiston tarixida chuqur iz qoldirgan ayollardan biri Mumtoz Mahal bo‘lib, u Boburiylar davlati hukmdori Shoh Jahonning suyukli rafiqasi sifatida tanilgan. Mumtoz Mahal begimning asl ismi Arjumand Banu Begim bo‘lgan. U 1593-yil 27- oktabrda Eronning Mashhad shahrida tug‘ilgan. Otasi Abdulhasan Asafxon Boburiy saroyida yuqori lavozimli amaldor bo‘lib xizmat qilgan, onasi esa Akbarshohning bosh vaziri Bozorugning qizi edi. Shu bois, Arjumand Banu Hindiston saroy muhitida ulg‘aygan[5]. Arjumand Banu 1607-yilda imperator Akbarshohning nabirasi Shahzoda Xurram (keyinchalik Shoh Jahon) bilan unashtirilgan. 1612-yil 10-may kuni ular nikohdan o‘tishdi. Nikohdan so‘ng, Shoh Jahon unga “Mumtoz Mahal” ya’ni “Saroyning durdonasi” unvonini berdi. Shoh Jahonning rasmiy rafiqalari ko‘p bo‘lgan bo‘lsa-da, u faqat Mumtoz Mahalga chin dildan muhabbat qo‘ygan va har doim u bilan bo‘lgan. Mumtoz Mahal juda go‘zal, aqlli va mehribon ayol sifatida tanilgan. U faqatgina Shoh Jahonning rafiqasi emas, balki eng ishonchli maslahatchilaridan biri ham bo‘lgan. Shoh Jahon unga cheksiz muhabbat bilan bog‘langan va ko‘p hollarda davlat ishlarida ham u bilan maslahatlashgan.Ular o‘rtasidagi muhabbat tarixda misli ko‘rilmagan sadoqat timsoliga aylangan [4, 132-134-b.]. Mumtoz Mahal Shoh Jahonga 14 farzand tug‘ib bergan, ulardan faqat 7 nafari hayotda qolgan. Ularning eng mashhuri – Avrangzeb, keyinchalik Boburiylar saltanatining eng qudratli hukmdoriga aylangan. 1631-yil 17-iyun kuni, Dakan yurishi paytida Burhonpur shahrida 14-farzandini tug‘ayotganida, u og‘ir sharoitlar tufayli 38 yoshida vafot etdi. Mumtoz Mahal vafoti Shoh Jahonni chuqur qayg‘uga soldi. U bir necha kun davomida hech kim bilan gaplashmadi, barcha tantanalarni to‘xtatdi, va hatto soqolini oldirmay yurdi. Mumtoz Mahal avval Burhonpurda dafn qilindi, keyin https://scientific-jl.com/new 3333 3333 8888 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS esa jasadi Agraga olib kelinib, abadiy oromgohga ya’ni Toj Mahal maqbarasiga ko‘chirildi. Tabiiyki, bunday ezgu xizmatlari evaziga har ikki tomonning iltifotiga sazovor bo‘ladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘p o‘tmay saroyda Arjumand bonu — Mumtoz Mahal begim (saroyning ko‘rki) deya atala boshlandi. Arjumand bonuga berilgan ushbu nom unga shon-shuhrat keltirib jahonga mashhur qildi va nomi tarix sahifalariga ko‘chdi. 1628-yil fevralida eri Shoh Jahon taxtga o‘tirgach, yosh malika Mumtoz Mahal begim saltanat ishlarida unga yordamlashib, rejalik maslahatlari bilan hukmdorni to‘g‘ri yo‘lga boshladi. Saroyda u maslahatchi va muhrdorlik lavozimida edi[6]. Mumtoz Mahal begim yaxshi kunlarda ham, og‘ir damlarda ham, harbiy safarlarda ham eriga vafodor yor, sodiq hamroh va jafokash hamdard bo‘ldi. U qisqa umri davomida oʻn toʻrt nafar farzand ko‘rdi. «Tazkirat ul-xavotin» asarida yozilishicha, Mumtoz Mahal begimning dunyoda qoldirgan farzandlari sakkiz nafar - to‘rt qiz, to‘rt o‘g‘il bo‘lib, qolgan olti nafari yoshligida nobud bo‘lgan[4]. Mumtoz Mahal begim hayot bilan vidolasharkan, eri Shoh Jahondan farzandlariga mehribon bo‘lishni, bundan buyon boshqa uylanmaslikni va nihoyat, unga atab, dunyoda tengi yo‘q ulug‘vor, hashamatli maqbara bunyod ettirishni iltimos qildi. Mumtoz Mahal begim o‘lim oldidan o‘z bolalari bilan vidolasharkan, Shoh Jahonning ahvolidan xabardor bo‘lib, unga g‘amxo‘rlik qilib turishni o‘zining katta qizi— Jahon Oro begim zimmasiga yuklaydi. [1, 64-b]. Toj Mahal – Abadiy muhabbat yodgorligi.Mumtoz Mahal vafot etganidan so‘ng, Shoh Jahon uning xotirasi uchun jahonga mashhur bo‘lgan Toj Mahal maqbarasini qurdirgan. U Agra shahrida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda ham butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etadi. Toj Mahal nafaqat me’morchilik durdonasi, balki insoniy muhabbat va sadoqatning timsoli sifatida ham qadrlanadi.Shoh Jahon hukmronligi davrida bunyod etilgan meʼmoriy obidalarning eng noyob namunasi dunyoning yetti moʻjizasidan biri hisoblangan- Toj Mahal maqbarasidir. Bu bino shohning sevimli malikasi va vafodor xotini Mumtoz Mahal begim vafotidan soʻng, uning xotirasiga bagʻishlab Jamna daryosi boʻyida qurilgan yodgorlik boʻlib, bu obida sof muhabbat va sadoqat ramzi sifatida butun jahon ahlini hozirgacha hayratga solib keladi[ 2, 41-b.]. Shoh Jahon sevikli rafiqasi Mumtoz Mahal begimning vasiyatlariga to‘la amal qiladi. Zotan, u keyingi 36 yillik umri davomida uylanmay o‘tadi. Munis va v
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Boburiylar sulolasining hukmdorlaridan boʻlgan Shohjahonning sevimli va sadoqatli malikasi boʻlgan Mumtoz Mahal haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Boburiylar sulolasining hukmdorlaridan boʻlgan Shohjahonning sevimli va sadoqatli malikasi boʻlgan Mumtoz Mahal haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit soʻzlar: Hindiston zamini, Agra, Jahongirshoh, Nurjahon, shon- shuhrat, vafodor yor va sodiq hamroh., “saroyning koʻrki”, Akbarshoh, sevgi va sadoqat ramzi - Toj Mahal, Shoh Jahon va Arjumand bonu
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026