К содержанию
РецензированоUZ2026

YURAK XASTALIKLARI BILAN OGʻRIGAN BEMORLAR TEKSHIRUVI

BEMORLAR TEKSHIRUVI · Maxsudova Gulnoraxon Saidovna

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Mazkur mavzuda yurak xastaliklariga chalingan bemorlarning tekshiruv usullari, tashxis qoʻyish bosqichlari va asosiy klinik metodlar koʻrib chiqiladi. Yurak faoliyatini baholash uchun anamnez yigʻish, fizik tekshiruv, instrumental va laborator tekshiruvlar oʻrni tahlil qilinadi. Shuningdek, EKG, UTT, rentgen, yurakning stress-testlari kabi maxsus diagnostik tadbirlarning afzalliklari va kamchiliklari bayon etiladi. Yurak xastaliklarining erta aniqlanishi va toʻgʻri tashxis qoʻyish bemorning hayot sifatini yaxshilashda muhim oʻrin tutishi taʼkidlanadi. Kalit soʻzlar: yurak xastaliklari, diagnostika, ekg (elektrokardiografiya), utt (ultratovush tekshiruvi), stress-testi, anamnez, fizik tekshiruv, laborator tekshiruv, tashxis, kardiologiya. Yurak xastaliklari dunyoda oʻlim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ularning erta tashxisi va toʻgʻri davolash usullarini tanlash bemorning umrini uzaytirish va hayot sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun yurak kasalligi bilan shikoyat qilgan bemorlarni tekshirish aniq, tizimli va mukammal boʻlishi kerak. Yurakning ishemik kasalligi yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular boʻshligʻida qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz) va boshqalar oqibatida kelib chiqadi. Arterial gipertoniya yurak xastaliklari orasida eng keng tarqalgani boʻlib, katta yoshli odamlar orasida koʻp uchraydi. U miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi kabi koʻpincha oʻlim yoki nogironlikka sabab boʻladigan asosiy patogenetik omil hisoblanadi. Arterial gipotoniya (gipotoniya kasalligi) — nisbatan kam uchraydi. U arterial gipotoniya sindromi tarzida koʻpgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti, kardiomiopatiya, miokardit), nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi. Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay zararlanishi — miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yalligʻlanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit kam uchraydi. Yurakning ishemik kasalligi, https://scientific-jl.com/new 33 44 77 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining toʻsatdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida notoʻgʻri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari — yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda koʻp va xilma-xil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi). Bemor bilan suhbat davomida shikoyatlar, ularning boshlanish va rivojlanish vaqti, ogʻriq xarakteri, nafas qisilishi, yurak urishidagi oʻzgarishlar aniqlanadi. Shuningdek, oilaviy anamnez (irsiy kasalliklar) va hayot tarzi (chekish, alkogol iste'moli, jismoniy faollik) haqida maʼlumotlar olinadi. Bemorni umumiy koʻrikdan oʻtkazish orqali yurak xastaligining klinik belgilarini aniqlash mumkin. Tekshiruv jarayonida quyidagilarga eʼtibor beriladi: Yurak urish chastotasi va ritmi Arterial bosim darajasi Terining rangi (siyanotik belgilar) Shishlar (oʻpka va oyoqlarda) Yurak auskultatsiyasi (shovqin va tonlarni eshitish) Instrumental tekshiruvlar yurak faoliyatining chuqurroq baholanishiga yordam beradi: Elektrokardiografiya (EKG): Yurakning elektr faoliyatini oʻrganish va ritm buzilishlarini aniqlash uchun asosiy usul. Echokardiografiya (UTT): Yurak tuzilishi, klapanlar holati va nasoslik funksiyasini baholash uchun ultratovush usuli. Raqamli rentgen: Yurakning kattaligi va shaklini, shuningdek, oʻpka qon aylanishini tekshirish uchun ishlatiladi. Yurak stress-testlari: Jismoniy mashq vaqtida yurak faoliyatini baholash, yashirin ishemiya yoki yurak yetishmovchiligi belgilarini aniqlash imkonini beradi. Holter monitoringi: 24-48 soat davomida yurak ritmini uzluksiz kuzatish orqali qisqa muddatli ritm buzilishlarini aniqlash. Yurak kasalliklarida qon biokimyoviy koʻrsatkichlarini aniqlash muhim:  Troponin va CK-MB darajasi (infarkt belgisi)  Lipid profili (xolesterin, triglitseridlar)  Qand darajasi Elektrolitlar va buyrak funksiyasi koʻrsatkichlari https://scientific-jl.com/new 33 44 88 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Baʼzi hollarda quyidagi maxsus tekshiruvlar ham kerak boʻladi:  Koronar angiografiya  MRT va KT tekshiruvlari  Nuklear tibbiyot usullari (sintigrafiya)1 Xulosa qilib ayt

Доказательный фрагмент

«Mazkur mavzuda yurak xastaliklariga chalingan bemorlarning tekshiruv usullari, tashxis qoʻyish bosqichlari va asosiy klinik metodlar koʻrib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur mavzuda yurak xastaliklariga chalingan bemorlarning tekshiruv usullari, tashxis qoʻyish bosqichlari va asosiy klinik metodlar koʻrib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fizik tekshiruv, kardiologiya., diagnostika, ekg (elektrokardiografiya), anamnez, laborator tekshiruv, tashxis, stress-testi, Kalit soʻzlar: yurak xastaliklari, utt (ultratovush tekshiruvi)
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники