Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOMDA IBRATLI SHAXSLAR HAYOTI
Sherqulov Elbek Sherzodovich
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada islom tarixidagi iymon, ilm va odob-axloq sohasida alohida o‘rin tutgan shaxslarning hayoti tahlil qilinadi. Bu shaxslar nafaqat o‘z davrida, balki keyingi asrlarda ham musulmonlar uchun yo‘lboshchi va namuna bo‘lib xizmat qilganlar. Ularning hayot yo‘llarini o‘rganish orqali islom dinining asosiy qadriyatlarini chuqurroq anglashimiz va zamonaviy jamiyatda ularning o‘gitlarini qo‘llash yo‘llarini topishimiz mumkin. Maqolaning asosiy maqsadi – ushbu shaxslarning hayotiy tajribasidan saboq chiqarish va ularning mehnatlarini o‘rganish orqali bugungi avlod uchun saboq bo‘ladigan jihatlarni ajratib ko‘rsatishdir. Metodologiya Ushbu maqolani tayyorlashda tarixiy va diniy manbalardan foydalanildi. Xususan, Qur’on oyatlari, hadislar hamda islom olimlari tomonidan yozilgan asarlar o‘rganildi. Shuningdek, islom tarixiga oid ilmiy maqolalar va kitoblar tahlil etildi. Asosiy metod sifatida taqqoslash, tarixiy tahlil va bibliografik usullardan foydalanildi. Tarixiy tahlil usuli orqali islom olamida yetishib chiqqan buyuk shaxslarning hayoti va faoliyatiga oid mavjud manbalar chuqur o‘rganildi. Shuningdek, zamonaviy yondashuv sifatida ushbu buyuk shaxslarning hayoti va ta’limotlari bugungi kun bilan qiyoslandi. Ularning qadriyatlari, jamiyatga ta’siri va o‘gitlari hozirgi zamonaviy davrda qanday qo‘llanilishi mumkinligi tahlil qilindi. Taqqoslash metodidan foydalanish orqali turli davrlardagi shaxslarning faoliyatlari o‘zaro solishtirilib, ularning umumiy xususiyatlari va farqlari aniqlab berildi. Bibliografik usul esa manbalarni aniq va to‘g‘ri tanlash hamda ularni tahlil qilish uchun ishlatildi. Shu yo‘l bilan maqolada keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligi ta’minlandi. Kalit so‘zlar: din, islom, Muhammad (s.a.v.), axloq, payg‘ambar .
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada islom tarixidagi iymon, ilm va odob-axloq sohasida alohida o‘rin tutgan shaxslarning hayoti tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada islom tarixidagi iymon, ilm va odob-axloq sohasida alohida o‘rin tutgan shaxslarning hayoti tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shaxslarning hayoti, buyuk shaxslarning, islom, ularning, asosiy, zamonaviy, tarixiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025