К содержанию
РецензированоUZ1937

FITRATNING “ABULFAYZXON” DRAMASINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

YANGI PEDAGOGIK YONDASHUVLAR · Haqulova Gulnora Shukurovna

Журнал инноваций нового века · 1937

Аннотация

Ushbu ,aqolada taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi va publitsisti Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” dramasi orqali yoshlar tarbiyasiga qo‘shganhissalari ko‘rib chiqiladi.Ijodkorning adabiy asarlarini o‘rganish orqali axloqiy qadriyatlar, madaniy ong va intellektual qarashlar rivojlanadi.Zamonaviy ta`limda Fitrat asarlarining dolzarbligi ta`kidlanadi va ta`limni rivojlantirish uchun usullarini zamonaviy o‘quv dasturlariga qo‘shish taklif qiladi. Kalit so‘zlar.Fitrat,o`zbek adabiyoti,drama,Rol o‘ynash (Role-play),klaster, debat,Raqamli texnologiyalar O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Fitrat, o‘z ijodi orqali milliy ong, tarixiy xotira va ijtimoiy uyg‘onish g‘oyalarini keng yoritgan. Uning “Abulfayzxon” dramasi o‘zbek dramaturgiyasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Mazkur asar orqali Fitrat nafaqat tarixiy shaxs obrazini yaratgan, balki jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy muammolarni ham yoritishga harakat qilgan. Drama orqali Fitrat o‘tmishni aks ettirgan holda, bugungi jamiyat uchun muhim saboqlar beradi. Bugungi ta’lim jarayonida bu kabi asarlarni o‘rganishda zamonaviy yondashuvlar, interaktiv metodlar va raqamli texnologiyalar asosida dars tashkil etish zarurati tobora ortib bormoqda. Fitrat ijodi jadid adabiyoti uchun yangi bosqich bo‘ldi. U o‘z asarlari orqali turkistonliklarga ijtimoiy adolat, xalqparvarlik, islohot va tafakkur madaniyatini singdirishga harakat qilgan. 1937–1938-yillardagi qatag‘on davrida Fitrat "xalq dushmani" sifatida ayblanib, otib tashlangan. “Abulfayzxon” dramasi haqida Fitratning “Abulfayzxon” dramasi 1918-yilda yozilgan bo‘lib, asar yozilgan davr Turkistonda mustamlakachilik siyosati kuchaygan, jadidchilik harakati esa avj olgan murakkab tarixiy bosqichga to‘g‘ri keladi. Bu davrda millatning ma’naviy uyg‘onishi, mustaqillik va islohotlar uchun kurash kuchaygan edi. Fitrat o‘z dramasi orqali bu jarayonlarga badiiy jihatdan munosabat bildiradi. U dramada Buxoro amirligi misolida o‘zbek jamiyatidagi islohotga qarshilik, johillik, din va davlat boshqaruvidagi tanglikni tasvirlaydi. Asarda Abulfayzxon – islohotchi, lekin kuchsiz hukmdor sifatida aks ettiriladi. Uning atrofidagi ilmga yot, xoin va manfaatparast amaldorlar orqali jamiyatdagi tanazzul ko‘rsatiladi. Drama orqali Fitrat xalq bilan ajralgan, islohotni yolg‘iz o‘zi olib borishga uringan hukmdorning fojiasini ko‘rsatadi. https://scientific-jl.com/new 33 11 77 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Tarbiyaviy jihatdan “Abulfayzxon” asari juda boy. Unda yoshlar uchun saboq bo‘ladigan bir necha muhim g‘oyalar mavjud: rahbar shaxsning mas’uliyati, ilm-fanga asoslangan boshqaruv zarurati, ma’rifatparvarlik ruhi, islohotchi pozitsiyasining zarurligi va xalq bilan yaqinlik tamoyili. Shuningdek, drama yoshlarni adolat, halollik, ma’rifat, vatanparvarlik, xalq manfaatiga xizmat qilish kabi fazilatlarga undaydi. Asarda hukmdorning yolg‘iz qolishi, xalq bilan bo‘g‘liq bo‘lmagan siyosatning inqirozga olib kelishi yoritilib, zamonaviy rahbarlar uchun ham ibratli xulosa sifatida ko‘rsatib beriladi. Fitratning “Abulfayzxon” dramasi 1918-yilda yozilgan bo‘lib, XVIII asrda Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Abulfayzxon shaxsiyatiga asoslangan. Asarda Abulfayzxon – islohotchi, lekin kuchsiz hukmdor sifatida aks ettiriladi. Uning atrofidagi ilmga yot, xoin va manfaatparast amaldorlar orqali jamiyatdagi tanazzul ko‘rsatiladi. Drama orqali Fitrat xalq bilan ajralgan, islohotni yolg‘iz o‘zi olib borishga uringan hukmdorning fojiasini ko‘rsatadi. Asar dramatik qurilma, kuchli sahnaviy dialoglar, ichki monologlar orqali boyitilgan. U tarixiy faktlarga asoslangan bo‘lsa-da, unda muallifning ijtimoiy-siyosiy g‘oyalari ham mujassam. “Abulfayzxon” dramasi o‘quvchilarni tarixiy tafakkurga, siyosiy baholashga va mustaqil fikrlashga undaydigan kuchli vositadir. Asarni o‘rganishning muhim jihatlari “Abulfayzxon” dramasini o‘rganish o‘quvchilarga nafaqat adabiy asarni anglash, balki chuqur tarixiy tafakkur va ijtimoiy ongni shakllantirish imkonini beradi. Ushbu asar orqali o‘quvchilar tarixiy shaxsiyatlarning qarorlarini tahlil qilish, hukmdor va xalq o‘rtasidagi aloqaning mohiyatini tushunish, jamiyatdagi islohotlar va qarshiliklar o‘rtasidagi ziddiyatlarni anglashadi. Ayniqsa, Fitratning badiiy talqini orqali tarixdagi dramatik voqealarning zamonaviy aksini ko‘rish imkoniyati yuzaga keladi. Bu drama o‘quvchini fikrlashga, savol berishga va tarixiy baho berishga undaydi. Asar orqali yoshlar rahbarlik mas’uliyati, jamiyatni boshqarishdagi muammolar, johillik va ma’rifat to‘qnashuvi, hamda milliy uyg‘onish g‘oyalari bilan tanishadi. O‘quvchilar uchun bu drama – saboq, mulohaza, ruhiy va ma’naviy tarbiya vositasidir. O‘qitishning zamonaviy usullari va ularning foydalari Bugungi kunda ta’lim tizimi tez sur’atlar bilan rivojlanib, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan munosabati, o‘zlashtirish darajasi va yondashuvi tubdan o‘zgarib bormoqda. Shu sababli o‘qituvchilar uchun adabiyot kabi mavhumlikni talab qiluvchi fanlarni ham tus

Доказательный фрагмент

«Ushbu ,aqolada taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi va publitsisti Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” dramasi orqali yoshlar tarbiyasiga qo‘shganhissalari ko‘rib chiqiladi.Ijodkorning adabiy asarlarini o‘rganish orqali ax…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ,aqolada taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi va publitsisti Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” dramasi orqali yoshlar tarbiyasiga qo‘shganhissalari ko‘rib chiqiladi.Ijodkorning adabiy asarlarini o‘rganish orqali ax… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
klaster, drama, Raqamli texnologiyalar, o`zbek adabiyoti, Kalit so‘zlar.Fitrat, debat, Rol o‘ynash (Role-play)
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники