Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTONDA MONUMENTAL RANGTASVIR SAN’ATI TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI
TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI · PAINTING IN UZBEKISTAN. · Kazakov Ortikboy Turginovich
Педагоги · 2026
Аннотация
Произведения монументально-декоративного искусства являются одним из самых массовых и популярных видов изобразительного искусства в Узбекистане. Эта статья о технике и технологии монументальной живописи Узбекистана, в ней дана подробная информация о материалах, необходимых для изготовления фресок и мозаик, а также о последовательности работ. Также написано о том внимании, которое сегодня уделяется искусству. Annotation: Works of monumental and decorative art are one of the most massive and popular types of fine art in Uzbekistan. This article is about the technique and technology of monumental painting in Uzbekistan, it provides detailed information about the materials needed for the manufacture of frescoes and mosaics, as well as the sequence of work. It is also written about the attention paid to art today. Kalit soʻzlar: Arxitektura, mahobatli, me’morlar, hunarmandlar, rassomlar, freska, mozaika, panno, monumental-dekorativ Ключевые слова: Aрхитектура, величественная, зодчие, мастера, художники, фреска, мозаика, панно, монументально-декоративное Keywords: Architecture, monumental, architects, craftsmen, painters, frescoes, mosaics, panels, monumental-decorative https://scientific-jl.com/ped 3 25 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Oʻzbek diyorida vujudga kelib, gullab yashnagan san’at turlari bemisil va betakrorligi bilan dunyoga mashhur. Bu taraqqiyot bosqichi haqida fikr yuritar ekanmiz, Oʻzbek san’atining kelib chiqishi insoniyatning ilk davridan boshlanganligiga guvoh boʻlamiz. Oʻzbek xalqining san’ati asrlar davomida shakllangan qadimiy tarixga ega. Darhaqiqat insoniyat tafakkuri rivojlanishi sanʼatsiz kechmaydi. Mamlaktimizda ham bu soha turli sabablar bilan yuksalish davrini boshidan oʻtkazib keldi. Lekin soʻnggi yillarda mazkur sohalarni rivojlanishning yangi bosqichiga koʻtarish yuzasidan hukumatimiz tomonidan tub oʻzgarishlar, islohotlar olib borilmoqda. Eng quvonarlisi, butun yer kurrasiga kelgan balo — pandemiya sharoitida ham yurtimizda sanʼatga boʻlgan eʼtibor chetda qolmadi. Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev shunday taʼkidlagan edi: “Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi”. Xususan, 60-70-yillarda yurtimiz bir guruh yosh monumentalchi rassomlar keksa naqqoshlar bilan hamkorlik qilgan. Bularning ichida B. Jalolov, A. va V.Gan, Yu.Chemishev, S.Rohmonov, E.Nazarov, F.Sulaymonov, R.Xudayberganov, A.Aliqulovlar bor. Ular oʻz ijodlarida tabiat goʻzalliklarini, dolzarb mehnatni tarannum etdilar[1,38]. Oʻzlarining ona-Vatanga muhabbatlarini namoyon qilib, inson tuygʻusini kamol toptirishga samarali ta’sir koʻrsatdilar. Yosh ijodkorlar bunyod etgan asarlardan Toshkentdagi Oʻquvchilar Saroyi, Urganchdagi teatr, Chimyondagi dam olish uyi, O‘zbekiston Davlat tarix muzeyi, Konservatoriya, Senat saroyi, «Turkiston» saroyi va boshqalardagi mahobatli rangtasvir bezaklar oʻzlarining originalligi bilan diqqatni jalb etadi. Behisob va rang - barang devoriy asarlarni koʻzdan kechirar ekanmiz, rassomlar hayol dunyosining naqadar kengligiga tasanno aytmay turolmaydi, kishi. Chinakam san’at ustasi boʻlgan odamgina mana shunday asarlar yaratishi va shunday asarlargina yangi - yangi san’at ustalarini tarbiyalashi mumkin. O‘zbek xalqi ikki ming yil davomida monumental - dekorativ va amaliy san'atning shunday ajoyib namunalarini yaratdi va yaratmoqdaki, ular Oʻzlarining yuksak badiiy mahorat va nazokat ila ijro etilishlari bilan bugungi kunda ham kishilami hayratga solmoqda. Koʻp yillik tajribalar, olmos iste'dod va xalq tafakkuri bilan yoʻgʻrilgan har bir chinakam san’at asari ranglar sehr - jodusi bilan qalbimizga ilhom bagʻishlab, ma’naviy dunyomizni yanada boyitadi Oʻzbekistonda mahobatli bezak san’ati asarlari tasviriy san’atning eng ommabop va xalqona turlaridan biridir. Sababi, bu turdagi haykal, bezak va rasmlar doimo odamlarning nazarida boʻladi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq toʻgʻrisida real tasavvur berishi kerak[2,47]. https://scientific-jl.com/ped 3 26 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Mahobatli rangtasvir me’morchilikda ma’lum miqdorda bezash vazifasini ham oʻtaydi, shuning uchun ham uni ba’zan monumental - dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi. Mahobatli asarlari bajarilish usuliga qarab oʻz navbatida bir necha turlarga boʻlinadi. Ana shu turlardan freska, mozaikaning ishlanish texnika va texnologiyasi bilan to’liq tanishamiz. Mahobatli rangtasvir san’atining freska turida eskiz asosida karton tayyorlanadi. Kompozitsiya eskizi devorning haqiqiy oʻlchamiga binoan oq-qora yoki rangli kartonda bajariladi. Devorning haqiqiy o‘lchamiga binoan bajarilgan tasvirdan kalka olinadi va tayyor boʻlgan kartondan kalka qog‘ozida nusxa olinadi. Belgilangan devor grunt qilinib, tasvir bajariladigan devor tekis suvoq qilinadi. Kalka yoki karton yordamida c
Доказательный фрагмент
«Произведения монументально-декоративного искусства являются одним из самых массовых и популярных видов изобразительного искусства в Узбекистане.»
Образец извлечения
Демо-превьюПроизведения монументально-декоративного искусства являются одним из самых массовых и популярных видов изобразительного искусства в Узбекистане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Architecture, monumental, architects, craftsmen, painters, frescoes, monumental-dekorativ, Kalit soʻzlar: Arxitektura, hunarmandlar, me’morlar, mozaika, panno, rassomlar, freska, mahobatli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025