К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGATISH

Y.Djo‘rayev · G. Jo‘raboyeva · M.Sulaymonova

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ot so‘z turkumini, og‘zaki va yozma nutqda ulardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish. O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, to‘g‘ri fikrlash, o‘z fikrini bildira olish qobiliyatini rivojlantirishda bevosita xizmat qiladi. Ushbu maqola ot so‘z turkumini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘rgatish metodikasi yoritilgan. Kalit so‘zlar: ot so‘z turkumi, o‘rgatish mohiyati, atash ma’nosi, shaxs otlari, leksik-grammatik. Boshlang‘ich sinflarda ot so‘z turkumini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish va grammatik tushunchalarni ongli ravishda o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Ot so‘z turkumini o‘rgatishning bosqichlari: 1. Tayyorlov bosqichi (1-sinf): Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar predmetlarni va ularning nomlarini bildiruvchi so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar. Bu bosqichda so‘zlarning leksik ma’nosiga e’tibor qaratilib, ularni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. 2. Boshlang‘ich tushuncha shakllantirish (2-sinf): O‘quvchilar otlarning leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan tanishadilar. Kim? va nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan otlarni farqlash, atoqli va turdosh otlar haqida bilimlar hosil qilinadi. 3. Chuqurlashtirish bosqichi (3-sinf): Bu bosqichda otlarning birlik va ko‘plik shakllari, ularning qo‘llanilishi o‘rganiladi. O‘quvchilar otlarning son bilan bog‘liq xususiyatlarini tushunib, gapda to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganadilar. 4. Turlanish va qo‘llash (4-sinf): O‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganadilar. Bu bosqichda otlarning gapdagi vazifalari chuqurroq tahlil qilinadi. Ona tili darsi o’quvchilar tafakkurini o’stirish ustida ishlash maqsadiga yo’naltirilganligiga qarab baholanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarni ot so’z turkumiga o’rgatish jarayoni savodga o’rgatishdan boshlanadi. Bu davrda “Alifbe” kitobiga tushurilgan suratlar misol bo’ladi. Kitobdagi suratlarni ko’rsatib bolaga Bu kim? Bu nima? deb so’roqlar yordamida ot so’z turkumini o’rgatish mumkin. Aynan birinchi va ikkinchi sinflarda so’z turkumi sifatida otning belgilari o’rgatiladi. Uchinchi sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko’plikda qo’llanilishi https://scientific-jl.com/wsrj 1 2 4 Volume-39_Issue-2_May-2025 World scientific research journal o’zlashtirishiga ahamiyat beriladi. To’rtinchi sinfda esa otning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarning yozilishini o’rgatishga e’tibor qaratiladi. Karima Qosimovaning fikricha, “Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularning o‘rganish izchiligi belgilangan”1. 1-sinfda “Ot” so‘z turkumini o‘rgatish jarayoni savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonda o‘quvchilar shaxs-narsa va buyumlar nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashni o‘rganadilar, ya‘ni o‘quvchilar so‘zning leksik ma‘nosiga e‘tibor ko‘proq qaratiladilar va ma‘nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (narsalar, hayvonlar va shaxs nomini, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar) ni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Ot so‘z turkumidagi leksik ma‘nodagi so‘zlarni guruhlash mashqlari yordamida otlarni taqqoslash, so‘zlarni o‘xshash tomonlarini aniqlash va ularni umumlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilar so‘zning aniq ma‘nosini yetarli darajada bilmaydilar, so‘zning leksik ma‘nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish kerak. O‘quvchilar keyingi bosqichda otning leksik ma‘nolari va grammatik belgilari ustida maxsus tayyorgarlik ko‘rishadi (kim? so‘rog‘iga shaxs, nima? so‘rog‘iga narsa va hayvonlar javob bo‘lishi, tushuntiriladi). O‘quvchilar kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni farqlashni va ularga so‘roq berib ajratishni dars davomida mashqlar orqali o‘rganib boradilar. O‘quvchilarda grammatikani bilish tafakkuri o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana boradi. 1 Qosimova K.T.: 2009-yil. 248-b. https://scientific-jl.com/wsrj 1 2 5 Volume-39_Issue-2_May-2025 World scientific research journal “Yomg‘ir” metodi o’quvchilarning bilimi va fikrlashini faollashtirish uchun qo‘llanadigan interfaol usul. Bu metodda ma‘lumotlar birdaniga katta hajmda berilmaydi balki yomg‘ir tomchilari kabi mayda bo‘laklarga bo‘linib tushuntiriladi. Har bir kichik qism o‘quvchilar tomonidan qabul qilinib mustahkamlanadi. tomchilarda berilgan so‘zlarni to‘g‘ri joylashtirishi kerak bo’ladi. 2-sinf o‘quvchilariga otlarning leksik ma‘nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi bilim chuqur o‘rgatila boriladi. “Ot” tushunchasini o‘quvchilarda shakllantirish uchun shu so‘z turkumiga kiradigan otlarni leksik guruhlarga ajratish va bar

Доказательный фрагмент

«Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ot so‘z turkumini, og‘zaki va yozma nutqda ulardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish.»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ot so‘z turkumini, og‘zaki va yozma nutqda ulardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
leksik-grammatik., o‘rgatish mohiyati, Kalit so‘zlar: ot so‘z turkumi, shaxs otlari, atash ma’nosi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники