К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI IQTISODIYOTNING REAL TARMOQLARI UCHUN MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH.

Ro‘zimov Bahromjon Baxodirjonovich · Mirabdullayeva Moxichexra Xayrullo qizi · Xamidov Muhammadjon Baxodir o‘g‘li

Развитие педагогических технологий в современных науках · 44 · 2026

Аннотация

(Abstract). Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida real tarmoqlar uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotning kengayishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa iqtisodiy sohalarda yuqori darajada raqamli kompetensiyalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga bo‘lgan talab keskin oshmoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan kadrlar tayyorlash jarayonidagi asosiy kamchiliklar aniqlanib, ularga sabab bo‘layotgan omillar ilmiy asosda o‘rganib chiqildi. Xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlillar natijasida, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotning talablariga mos keladigan ta’lim dasturlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, real sektor, malakali kadrlar, raqamli kompetensiyalar, innovatsion ta’lim, mutaxassislarni tayyorlash. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi dunyo bo‘yicha yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratmoqda. Bu jarayon, ayniqsa, real tarmoqlar — sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va savdo kabi sohalarda sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, resurslardan samarali foydalanish va yangi biznes modellarini yaratish mumkin. Biroq, bu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun malakali kadrlar zarur. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan birga, kadrlar tayyorlash tizimi ham o‘zgarishga ehtiyoj sezmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash va real tarmoqlarni raqamlilashtirish uchun mutaxassislar tayyorlash zarurati o‘sib bormoqda. Maqolada raqamli 147 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference iqtisodiyotning real tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review) Raqamli iqtisodiyot va ta’lim tizimini rivojlantirishga oid ilmiy manbalar chuqur tahlil qilindi. OECD (2021), Jahon banki (2020) tadqiqotlarida raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimlarini modernizatsiya qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Schwab (2017) raqamli transformatsiyaning iqtisodiy o‘zgarishlardagi ta’sirini batafsil yoritgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida raqamli iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi belgilangan. Raqamli iqtisodiyot va uning real tarmoqlarga ta’siri Raqamli iqtisodiyot - bu axborot texnologiyalari, sun'iy intellekt, ma'lumotlar tahlili, internetni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma va boshqalar yordamida iqtisodiyotning turli tarmoqlarining rivojlanishini anglatadi. Ushbu iqtisodiy modelda raqamli texnologiyalar ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar va boshqalar kabi real tarmoqlarni shakllantiruvchi asosiy vositalardan biriga aylanmoqda. Masalan, sanoat tarmoqlarida avtomatlashtirish, robotlashtirish, IoT (Internet of Things) texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar (big data) tahlili ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirishga yordam bermoqda. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar yordamida hosildorlikni oshirish, resurslardan yanada samarali foydalanish imkoniyatlari mavjud. Malakali kadrlar tayyorlash tizimi Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. An'anaviy ta'lim tizimi raqamli iqtisodiyot talablariga javob bera olmaydi. Shu sababli, kadrlar tayyorlashda innovatsion yondashuvlar, masofaviy ta'lim, korxonalarda trening va malaka oshirish kabi yangi metodlar ishlab chiqilishi kerak. Malakali kadrlar tayyorlash tizimining samarali ishlashi uchun ta'lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni o‘rgatadigan o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi zarur. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va boshqa real tarmoqlar bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini yaratish va mutaxassislarni amaliyotga yo‘naltirish zarur. Xalqaro tajribalar Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlashda ilg‘or mamlakatlar turli yondashuvlarni qo‘llamaktalar. 148 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Masalan, Germaniyada sanoatni raqamlashtirish jarayonida mutaxassislar uchun maxsus o‘quv kurslari va tayyorlov dasturlari mavjud. Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarida korporatsiyalar universitetlar bilan hamkorlik qilib, mutaxassislar tayyorlashda amaliyot va innovatsion yondashuvlarni qo‘llamoqdalar. Ta'lim tizimining raqamli iqtisodiyotga moslashuvi O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda ta'lim tizimi raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtiril

Доказательный фрагмент

«(Abstract). Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida real tarmoqlar uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotning kengayishi natijasida ishlab c…»

Образец извлечения

Демо-превью

(Abstract). Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida real tarmoqlar uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotning kengayishi natijasida ishlab c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot, innovatsion ta’lim, malakali kadrlar, mutaxassislarni tayyorlash., real sektor, raqamli kompetensiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники