Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПОВТОРА В ДЕТСКОЙ ПОЭЗИИ
Sobirova Dilafruz Abdulhay qizi · ADPI. Boshlang‘ich ta’lim
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Maqolada o‘zbek bolalar she’riyatida takrordan foydalanish bolalar nutqining betakrorligi, his-tuyg‘ularga boyligi, emotsional-ekspressiv jihatdan o‘ta bo‘yoqdorligini yaqqol yuzaga chiqarishda muhim vositalardan biri ekanligi ko‘rsatib berilgan. Takrordan foydalanilgan she’riy asarlardan misollar keltirilgan. Tayanch so‘z va iboralar: Mumtoz she’riyat, she’riy san’at, alliteratsiya, assonans, bolalar she’riyati, leksik takror, so‘z takrori, anafora, epifora, klimaks, anadiplosis. Annotation:The article shows that the use of repetition in Uzbek children's poetry is one of the important tools in revealing the uniqueness of children's speech, the richness of emotions, the emotional and expressiveness of the color. Examples are given from repetitive poetic works. Keywords and phrases: Classical poetry, poetic art, alliteration, assonance, children's poetry, lexical repetition, word repetition, anaphora, epiphora, climax, anadiplosis. Ma’lumki, matniy, kompozitsion yoki tematik birliklarning ma’lum bir badiiy-estetik maqsadlarni ko‘zlagan holda takrorlanishiga takror deyiladi. Badiiy asar tilida takrorning fonetik (alliteratsiya, assonans, fonetik anafora, ishtiqoq); leksik (so‘z takrori, klimaks, anafora, epifora, anadiplosis); semantik (gradatsiya, ma’no takrori); sintaktik (sintaktik parallelizm, xiazm) takror kabi turlari uchraydi. Mumtoz she’riyatda so‘z ma’nosi va uning mohiyatini ta’kidlash ma’nosida qo‘llaniladigan takrorga asoslangan she’riy san’at turlari radd ul-ajuz il-as-sadr, mutobiqa, tasdir, takrir, qaytariq deyiladi. Ko‘lam nuqtayi nazaridan bolalar adabiyotida takrorning sanab o‘tilgan barcha turlari mavjud va ular alohida monografik tadqiqotlar uchun obyekt bo‘la oladi. Alliteratsiya, assonans hodisalari qatorida bolalar she’riyatining ta’sirchan va sodda, izchil ifodalarga, badiiy tasvir vositalariga boyligini ta’minlashda leksik takror turlaridan so‘z takrorining alohida o‘rni bor. Ma’lumki, ilmiy manbalarda so‘z takrori anafora, epifora, klimaks, anadiplosis, takror kabi atamalar bilan yuritiladi. Anafora yunoncha anaphora so‘zidan olingan bo‘lib, oldinga, yuqoriga chiqarish degan ma’noni anglatadi. So‘z yoki so‘zlar guruhining misra yoki band boshida takrorlanishi, so‘z takrorining xususiy ko‘rinishi. Anafora ma’lum fikr, his-tuyg‘u, holat va hokazolarni ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat qiladi va tabiiy ravishda she’rning xushohangligini ham oshiradi. Masalan: Bolalikda hamma shod, Bolalikda hamma sho‘x. Bolalikda hamma sog‘, Bolalikda kasal yo‘q; Xohi baland, xohi past, Xohi yoqa, xohi yeng, Xohi oq, xohi qora, Bolalikda hamma teng. (Abdurahmon Akbar. “G‘aroyib avtobus”, 6-bet) Ushbu she’rda takror qo‘llangan bolalikda va xohi... xohi so‘zlari she’r mazmuniga va ohangiga putur yetkazmagan holda, o‘ziga xos poetizmni hosil qilib, she’rning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ikkinchi tomondan esa badiiy asarning kompozitsion tuzilishini mustahkamlashga yordamlashmoqda. Chunki, anafora nafaqat stilistik vosita, balki she’rning kompozitsion asosini belgilab beruvchi usul sifatida ham namoyon bo‘ladi. adpi.uz universaljurnal.uz 448 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Bolalar she’riyatida qo‘llangan takrorlar asosan so‘z ma’nosini kuchaytirish, badiiy ta’sirchanlikni oshirish uchun xizmat qiladi va qo‘llanish o‘rniga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi: 1. Misra boshida ketma-ket keladi: Doniyor-u Doniyor, Uyi to‘la doni bor. Dasturxonda noni bor, Qoshida jahoni bor. (Muhammadali Qo‘shmoqov. “O‘jar”, 12-bet) Ba’zan misra boshida uch marta takrorlanadi: Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon, Xush kelibsan elimga. (Olqor Damin, “Assalom, Navro‘z”, 1-sinf uchun “Sinfdan tashqari o‘qish kitobi”dan, 65-bet) 2. Har bir misra boshida keladi: Bulbul bog‘ni o‘ylaydi, Bulbul bog‘dan so‘ylaydi. (Temur Ubaydullo, “Inson beshigi”, 2-sinf uchun “Sinfdan tashqari o‘qish kitobi”dan, 11-bet) 3. So‘z o‘rtasida keladi: Hoy, bulbulcha, bulbulcha, Mana senga gul g‘uncha. (X.Shomurodov. “To‘polonchi chumchuqlar”, 3-betlar) Bulbul beshigi – bog‘da, Burgut beshigi – tog‘da. (Temur Ubaydullo. “Inson beshigi”, 2-sinf uchun “Sinfdan tashqari o‘qish kitobi”dan, 11-bet) Soyabonning chetlaridan, Asta-sekin bo‘ylaymiz. Quyosh haqda, quyosh haqda, Quyosh haqda o‘ylaymiz. (K.Turdiyeva. Saylanma”, 7-bet) 4. So‘z oxirida keladi: Dunyoni saqlarbolalar, Ishonchni oqlar bolalar. Tinchlikni yoqlarbolalar, Quvonchni xohlar bolalar. (K.Turdiyeva. “Saylanma”, 3-bet) 5. Bitta misraning boshi va oxirida keladi: Bedanani ozod etaman, Tutqun ko‘nglin obod etaman. Dalalardasayragani soz, Dalalarda yayragani soz. (Ergash Raimov. “O‘jar”, 17-bet); Biz, biz, biz gugurt cho‘p, Qutida ko‘pmiz, ko‘p. (Erkin Qambar. “Iqbol-chi, bo‘lmoqchi futbolchi”, 18- bet); 6. Bitta misraning turli joylarida keladi: Sholg‘om ekdik, moy sholg‘om, Unib o‘sdi boy sholg‘om. Otam torta olmadi, Onam torta olmadi. Ishga ketsak o‘zimiz, Yeb
Доказательный фрагмент
«Maqolada o‘zbek bolalar she’riyatida takrordan foydalanish bolalar nutqining betakrorligi, his-tuyg‘ularga boyligi, emotsional-ekspressiv jihatdan o‘ta bo‘yoqdorligini yaqqol yuzaga chiqarishda muhim vositalardan biri…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada o‘zbek bolalar she’riyatida takrordan foydalanish bolalar nutqining betakrorligi, his-tuyg‘ularga boyligi, emotsional-ekspressiv jihatdan o‘ta bo‘yoqdorligini yaqqol yuzaga chiqarishda muhim vositalardan biri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: Classical poetry, poetic art, alliteration, assonance, children's poetry, lexical repetition, epiphora, кульминация, climax, Classical poetry, Mumtoz she’riyat, анадиплосис., alliteratsiya, поэтическое искусство, so‘z takrori, epifora, Классическая поэзия, leksik takror, аллитерация, assonans, word repetition, she’riy san’at, лексический повтор, bolalar she’riyati, anadiplosis., anaphora, эпифора, ассонанс, детская поэзия, klimaks, анафора, повтор слов, anafora
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026