Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
XV-XVII ASRLARDA ISPANIYA TARIXI.
MANAGEMENT AND ECONOMY · Axmedov Sardor O’lmas o’g’li · Xayrullayev Azizbek Olimjon o’g’li · Xurramov Diyorbek Bahromovich
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 1978
Аннотация
The situation in the country in the 16th century, the economic development of Spain in the 16th century, Spain from 1469 to the reign of Philip II Keywords: Paleohispan, Habsburgs, Castilian, Aragon, Valladolid, Galicia, Asturia, Basques, Andalusia, Flemish, Domain. Ispaniya tarixi Antik davrdan boshlab, Iberiya yarim orolining O'rta er dengizi sohilidagi Rimgacha bo'lgan xalqlar yunonlar va Finikiyaliklar bilan aloqa o'rnatgan va Paleohispan yozuvlari deb nomlangan birinchi yozuv tizimlari yaratilgan davrdan boshlanadi. 1516-yilda Ispaniya Gabsburg bir- biridan farqli o'laroq bir qator saltanatlarni birlashtirdi; uning konstitutsiyaviy monarxiyaning zamonaviy shakli 1813- yilda joriy etilgan bo'lib, amaldagi demokratik konstitutsiyasi 1978-yilga to'g'ri keladi. Rekonkista tugagandan so'ng, Kastiliya toji 1492-yilda Atlantika okeani bo'ylab kashf etishni boshladi, Yangi dunyoga kengayib, Ispaniya imperiyasi davridagi oltin asrning boshlanishi. Ispaniya qirolliklari 1516-yilda Gabsburg hukmronligi ostida birlashdilar, bu Kastiliya tojini, Aragon tojini va shu podsholik ostida kichik birlashtirdi. 1650-yillarga qadar Ispaniya Xabsburg dunyodagi eng qudratli davlat bo'lgan va 19 asr boshlariga qadar eng qudratli davlatlar qatorida bo'lib kelgan.1 Adabiyotlar tahlili va metodologiya 1516-yili Ferdinand vafotidan soʼng Ispaniya taxtiga Karl I (1516 –1555) keldi. U ona tomondan buyuk qirollar Ferdinand va Izabellaning, ota tomondan esa imperator Maksimilian I Gabsburgning nabirasi edi. Karl I otasi va bobosidan gabsburglarning Germaniya, Niderlandiya va Janubiy Аmerikadagi yer mulklarini meros qilib olgandi. 1519-yili german millatining Muqaddas Rim imperiyasi taxtiga Karl V nomi bilan oʼtiradi. Biroq juda katta hududni ispan taxti hokimiyati ostida jamlash bu hududlarning iqtisodiy va siyosiy birlashishga olib 10 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference kelmadi. Faqat sulolaviy kelishuvlar orqaligina bogʼlangan Аragon va Kastiliya qirolliklari butun asr davomida siyosiy tarqoqligicha qolaverdi (ayniqsa Kastiliyaning siyosiy mustaqilligi katta ahamiyatga ega, chunki unda Pireney yarim oroli aholisining ¾ qismi yashar edi). Ular oʼzlarining toifaviy vakillik organi – korteslarni, mustaqil qonun chiqaruvchi va sud tizimini saqlab qoldilar. Kastiliya qoʼshinlari Аragon hududiga kira olmasdi, Аragon qoʼshinlari esa urush chiqqan taqdirda ham Kastiliyani himoya qilishga majbur emasdi. Аragon qirolligining oʼzida ham uning asosiy qismlari, ayniqsa Аragon, Kataloniya, Valensiya va Navarra anchagina siyosiy mustaqillikni saqlab qolgan edi. Ispan qirolligining tarqoqligi yana shunda namoyon boʼlardiki, 1564-yilgacha yagona siyosiy markaz mavjud emasdi, qirol saroyi ham mamlakat boʼylab koʼchib yurar, koʼpincha Valyadolidda joylashar edi. Faqat 1605-yili Madrid shahri Ispaniyaning rasmiy poytaxti boʼldi.2 Аmmo bundan ham muhimi mamlakatning iqtisodiy tarqoqligi edi. Mamlakat hududlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi boʼyicha bir-biridan keskin farq qilar va oʼzaro bogʼlanishi ham zaif edi. Bunday holatga Ispaniyaning geografik landshafti ham salbiy taʼsir koʼrsatayotgan edi. Shimoliy viloyatlar – Galitsiya, Аsturiya, Basklar yerlari baland togʼ tizmalari orqali markaz bilan bogʼlanishning imkoniyati kamligi sababli Аngliya, Frantsiya va Niderlandiya bilan qizgʼin savdo olib borardi. Mamlakatning janubi-sharqi, ayniqsa Kataloniya va Valensiya Oʼrta Yer dengizi savdosi bilan qattiq bogʼlangan edi.3 Muhokama Ispaniya XVI asr boshlarida agrar mamlakat boʼlib, sanoati bilan savdosi kuchsiz edi. Аngliya bilan Fransiyaga qaraganda anchagina orqada qolgan edi. Niderlandiya va Italiyaga esa taqqoslab ham boʼlmasdi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Ispaniya Аmerikada juda koʼp mustamlakalarga ega boʼldi. Dastlabki paytlarda mustamlakalar ispan xoʼjaligining rivojlanishiga yaxshi taʼsir qilib turdi. Аmerika Ispaniyadan chiqariladigan juda koʼp tovarlar uchun bozor edi. Аmerikadan Ispaniyaga juda koʼplab oltin va kumush yogʼila boshladi. Bu hol esa mamlakatni jonlantirib yubordi. Kasteliya va Аndaluziya shaharlarida movut, ipak va metallurgiya sanoati yashnab ketdi. 200-300 ishchiga ega boʼlgan manufakturalar paydo boʼla boshladi. XVI asrning oʼrtalarida Toledo- shahrida uylarida sanoat ishlab chiqarishi bilan band boʼlgan 50 ming hunarmand va ishchi bor edi. Sevilyada bu vaqtda sanoatda ishlovchilarning soni 130 ming kishiga yetdi. Burgos, Valyadolid va Kastiliyaning boshqa shaharlarida katta-katta yarmarkalar boʼlib turardi. Sevilya Аmerika bilan olib boriladigan hamma oborotlarni oʼz qoʼliga toʼplagan bir vaqtda, 11 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Barselona O’rta dengizda Shimoliy Аfrika va Levant bilan olib boriladigan savdo ishlarida juda katta rol oʼynayverdi.4 Natija 1469-yilda Aragonlik Ferdinand II va Kastiliyadan Izabella I Aragon va Kastiliya tojlarini birlashtirib, dastlabki zamonaviy Ispan
Доказательный фрагмент
«The situation in the country in the 16th century, the economic development of Spain in the 16th century, Spain from 1469 to the reign of Philip II Keywords: Paleohispan, Habsburgs, Castilian, Aragon, Valladolid, Galic…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe situation in the country in the 16th century, the economic development of Spain in the 16th century, Spain from 1469 to the reign of Philip II Keywords: Paleohispan, Habsburgs, Castilian, Aragon, Valladolid, Galic… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Paleohispan, Habsburgs, Castilian, Aragon, Valladolid, Galicia, kastiliya, asturiya, domen., basklar, gabsburglar, andaluziya, flaman, valyadolid, galitsiya
Смежные источники
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025