Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQALPOG’STON SHAROITIDA YUKSAK DARAJALI SUV O’SIMLIKLARI (AZOLLA COROLINIANA),(ACORUS CALAMUS) NI KO’PAYTIRISH VA ULARNI BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
D.Q. Baltabaeva (OʻzR FA Qoraqalpoq tabiiy fanlar ITI, Nukus) · A.U. Bekbergenova (Qoraqalpoq qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti) · A.D. Atajanova (OʻzR FA Qoraqalpoq tabiiy fanlar ITI, Nukus)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В данной статье впервые в Каракалпакском научно - исследовательском естественных наук разработаны предложения и рекомендации редких и полезных лекарственных растений Karolina Azolla (Coroliniana Willd),(Acorus calamus) (Аир болотный), водных и околоводных растений к климатическим условиям Каракалпакстана и их вегетативному размножению Ключевые слова: адаптация, биоэкология, высшие водные растения, пруды, биомасса, лаборатория. Аbstract. In this article, for the first time in the Karakalpak Research Institute of Natural Sciences, proposals and recommendations have been developed for the adaptation of rare and useful medicinal plants Carolina Azolla (Coroliniana Willd.), Acorus calamus (Acorus calamus), aquatic and near-water plants to the climatic conditions of Karakalpakstan and their vegetative propagation. Key words: adaptation, bioecology, higher aquatic plants, ponds, biomass, laboratory. Qoraqalpoq Tabiiy Fanlar Ilmiy Tadqiqot Instituti, tadqiqotchilar, mintaqada o'ziga xos iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, flora va fauna xilma-xilligini himoya qilish, tabiiy resurslarni qayta tiklash va ekologik tizimlarni barqarorlashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Bu yo'nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar, nafaqat Qoraqalpog'iston, balki butun 11 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O'rta Osiyo mintaqasi uchun ham ahamiyatlidir. Mahalliy flora genofondini saqlashning ahamiyati shundaki, ularning o'ziga xos ekologik moslashuvlari va hayotiy qobiliyatlari mavjud hududda tabiiy muvozanatni saqlashga yordam beradi. Shu sababli, o'simliklarni madaniylashtirish, ularning genetik resurslarini to'plash va ko'paytirish tadbirlari muhim ilmiy yo'nalish hisoblanadi, chunki bu jarayonlar nafaqat florani saqlash, balki bioxilma-xillikni himoya qilish va ekologik tizimlarni barqarorlashtirishga yordam beradi. O'simliklar xilma-xilligini saqlash va moslashtirish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar O'zbekistonning muhim ilmiy markazlaridan biri bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog’i o'simliklar kollektsiyasidan olingan o'simliklar orqali amalga oshirilgan. Bu o'simliklar O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq Tabiiy Fanlar Ilmiy Tadqiqot Institutiga olib kelindi. Tadqiqot jarayonida o'simliklar biologik hovuzlarda o'stirildi, turli xil organik va mineralli ozuqa muhitlarida moslashuvshangligi tekshirildi va bu jarayon tajriba asosida tahlil qilindi. O'simliklarning moslashuvchanligi o'rganilishi, ularning o'ziga xos sharoitlarga (masalan, qurg'oqchil yoki tuzli hududlarga) moslashish qobiliyatini baholashga yordam beradi. Ushbu tajribalar orqali o'simliklarning yangi o'sish muhitlariga qanday moslashishini va ularning genetik resurslarini qanday yaxshilash mumkinligini aniqlash maqsad qilingan. Tadqiqotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida, o'simliklarning moslashuvchanligi va genetik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan ko'plab yondashuvlar ishlab chiqiladi. Bu esa nafaqat o'simliklarni saqlash, balki ularning mavjud ekologik tizimlarga mos ravishda rivojlanishini ta'minlash uchun zarurdir. Bu jarayonlar O'zbekistonning qurg'oqchil hududlari va qiyin ekologik sharoitlari uchun muhim ahamiyatga ega. Karolina Azolla (Coroliniana Willd), Oddiy Igir (Acorus calamus) yuksak darajali suv o’simliklari asosan tropik va subtropik hududlarda oʻsib, bizning sharoitlarda tabiiy holda uchramaydi. Ular suv havzalarda o’ziga xos go’zallik va ekologik ahamiyati bilan ajralib turadi. Suv o’simliklarning yangi sharoitga moslashish va ularga tasir etuvchi omillar yorug’lik-iqlim, suv harorati va bioekologik xususiyatlarin o’rganish, ularning turli sharoitlarga moslashuv yo’llarini izlash va tabiiy va suniy suv havzalarida sinash, ularni ko’paytirish uchun optimal sharoitlarni aniqlash, saqlab qolish, hamda yangi turlar bilan toʻldirish, yuksak darajali suv oʻsimliklarni mahaliy floraga qo’shib, ular hisobidan turli sohalar uchun zarur xom ashyo bazasini yaratishdan iborat. Shu 12 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bilan birga bog’ va parklarda estetik go’zallik yaratishda, yuqori qiymatli biomassa olish va bu resurslardan oqilana foydalanish maqsadida yuksak darajali suv o’simliklarning moslashuvshangligini chuqur o’rganish, suv ekotizimlari barqarorligi va samaradorligini ta’minlash ahamiyatli hisoblanadi.[1,2,] Karolina Azolla (Coroliniana Willd), Oddiy Igir (Acorus calamus) o’simliklari suv havzalarida biomassa hosil qilish, ekologik muvozanatni saqlash, shuningdek, atrof-muhitni va oqova suvlarini tozalashda foydalanilmoqda.[6,9] Suv o'simliklarining gidrobiologik va gidrokimyoviy hususiyatlarini o'rganish, ularning ekologik tizimdagi o'rni va inson faoliyatidagi ahamiyatini tushunish uchun juda muhimdir. Bu sohadagi tadqiqotlar ko'plab olimlar tomonidan olib borilgan va xalqaro miqyosda tan olingan.
Доказательный фрагмент
«В данной статье впервые в Каракалпакском научно - исследовательском естественных наук разработаны предложения и рекомендации редких и полезных лекарственных растений Karolina Azolla (Coroliniana Willd),(Acorus calamus…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье впервые в Каракалпакском научно - исследовательском естественных наук разработаны предложения и рекомендации редких и полезных лекарственных растений Karolina Azolla (Coroliniana Willd),(Acorus calamus… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adaptation, bioecology, higher aquatic plants, ponds, biomass, biomassa, yuksak darajali suv o’simliklar, laboratoriya., bioekologiyasi, havzalar, moslashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026