К содержанию
РецензированоUZ1969

ODIL YOQUBOV ROMANLARIDA INSONIY QADRIYATLAR

Jahongir KOMILJONOV

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 1969

Аннотация

Maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Odil Yoqubov romanlarida aks ettirilgan insoniy qadriyatlar chuqur tahlil qilinadi. Yozuvchi asarlarida adolat, halollik, vatanparvarlik, mehr-oqibat, inson sha’ni va or-nomus kabi yuksak axloqiy g‘oyalarni talqin etgan. Ushbu maqolada aynan shu qadriyatlarning qahramonlar xarakteri orqali qanday ifodalangani, ularning hayotiy voqealar fonida qanday namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Shuningdek, bugungi yosh avlod tarbiyasida Odil Yoqubov ijodining roli yoritiladi va uning romanlari orqali o‘quvchilarda ma’naviy ongni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Odil Yoqubov, insoniy qadriyatlar, adabiyot, axloqiy tarbiya, vatanparvarlik, halollik, roman, ma’naviyat, obraz tahlili, yoshlar tarbiyasi. O. Yoqubov rang-barang adabiy tur va janrlarda ijod qiladi. U hikoya, qissa, drama va publisistikada tajriba orttirgach, nasrning eng murakkab turi hisoblangan romanga qoʻl urdi. Uning “Er boshiga ish tushsa” (1969), “Diyonat” (1973), “Ulugʻbek xazinasi” (1974), “Koʻhna dunyo” (1983), “Oqqushlar, oppoq qushlar” (1988), “Adolat manzili” (1997), “Osiy banda” (2007) kabi romanlarida turli davrlarda yashagan turli tabiatli insonlarning ruhiy olami, ma’naviy dunyosi, iztirob-u quvonchlari mahorat bilan aks ettirilgan. “Er boshiga ish tushsa” romani – O. Yoqubov ijodidagi dastlabki yirik asar. Adib asarda ikkinchi jahon urushi davrida front ortidagi oʻzbek qishloqlarida Mashrab, Qoʻchqor, Gulchehra, Muyassar, Barno, Ertoev kabi qator obrazlar bilan yuz bergan voqealarni hayotiy va badiiy mantiqqa muvofiq tasvirlagan. Urushga https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 146 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari yaraydigan erkaklarning hammasi jangda boʻlganidan front ortidagi eng ogʻir yumushlar xotin-qizlar va oʻsmirlar zimmasida qolgani, ularning tinim bilmay ogʻir mehnat qilishiga qaramay, oʻsha kunlarda ham, oʻziga yarasha quvonchli, yorugʻ damlarni boshidan kechirgani asarda ta’sirli ifoda etilgan. Dunyo boʻylab urush borayotgani, har kuni minglab odamlar oʻldirilayotgani, front ortidagi hayot jangdagidan battaroq ekani, dushman ustidan qozoniladigan gʻalaba odamning qadru qiymati va hatto jonidan ham ortiq hisoblanishiga qaramay, asar qahramonlari boʻlgan oʻspirinlar uchun bu kunlar qaytarilmas va eslaganda entiktiradigan davr hisoblanadi. Romanda qahramonlarning xatolari, azoblari, quvonchlari, rohatlari, shumligu shoʻxliklari aks ettirilgan. Xullas, kechirilgan toʻlaqonli hayotning tasviri kitobxonni oʻziga rom etadi. Asar bosh qahramonlaridan biri – shoirtabiat yigit Mashrab qoʻshni qiz Muyassarga oshiq. Ammo qizning oʻziga munosabati qandayligini bilmaydi. Asarda yigitchaning shaftoli terayotgan Muyassar bilan Gulchehra oʻzlari haqida gaplashganlarini eshitgandagi holati: “Nazarimda, togʻlar ortidan koʻtarilgan oftob u yoqda qolib, oʻz koʻkragidan boshqa bir oftob chiqqanday, bu oftob butun olamni yashnatib yuborganday, bogʻlarga koʻmilgan katta qishloq pastdagi soylik, toʻgʻon boʻyidagi laylak uya qoʻygan oq teraklar, suvga salom berib oʻsgan majnuntollar – hammasi toʻsatdan boʻlakcha bir joziba kashf etganday boʻldi” tarzida ifodalanadi. O. Yoqubov roman qahramonlarini “yoʻrigʻiga” yuritmaydi, ularni oʻz holiga qoʻyadi. Aytaylik, handalak oʻgʻirlab, qoʻlga tushgan Mashrablarning bu qiligʻi kimlargadir bolalik shoʻxligi tuyulsa, qay birovlarga atay qilingan dushmanlik boʻlib koʻrinadi. Muallif oʻz qarashini oʻtkazishga urinmaydi. Yigitlarning qizlar, ota-onalari, xoʻjalik rahbarlari bilan munosabatlarida ham shu tabiiylik saqlanadi. Asarda Komilning yarador boʻlgach, urushdan qishloqqa qaytishi va muayyan lavozimga ega boʻlgach, zulmu zoʻravonlik iskanjasidagi qahramonlar hayotiga erkin ruh olib kirishi ishonarli koʻrsatiladi. Sofdil, samimiy, sodda bu yigit, avvalo, Mashrablarni balo-qazolardan asrashga urinadi. Qolaversa, koʻpchilikka zugʻum https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 147 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari oʻtkazayotganlarga qarshi kurashishga bosh qoʻshgani tasviri har qanday sharoitda ham yaxshi odamlar boʻlishiga kishida ishonch uygʻotadi. Mashrabga tengdosh yigitlarning Komil boshchiligida qoʻshni qozoq qishloqlaridan urugʻlik olib kelish yoʻlidagi qiyinchiliklari, mashaqqatlari, ularning beozor shoʻxliklari juda tabiiy va yuqumli tasvirlangan. Romanda chinakam erkak boshiga ish tushganda, juda tez yetilib, koʻpchilikning koriga yaraydigan kishiga aylanishi mumkinligi shoʻx va qaytmas oʻspirinlar taqdiri tasviri misolida yaqqol koʻrsatiladi. Odil Yoqubovning mashhur asarlaridan biri “Diyonat” romanidir. Romanda muallif XX asrning 70-yillarida shoʻrolar mamlakatida ildiz otgan koʻzboʻyamachilik, sun’iylik, zoʻravonlik singari illatlarning insonlar taqdirida qoldirgan izlarini tasvir etgan. Adib asarda jamiyat uchun “katta ishlar qildim” degan bahonada odamlarning boshiga chiqib olib, qonunlarni ham, odamiylikni ham oyoqosti qi

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Odil Yoqubov romanlarida aks ettirilgan insoniy qadriyatlar chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Odil Yoqubov romanlarida aks ettirilgan insoniy qadriyatlar chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axloqiy tarbiya, obraz tahlili, adabiyot, yoshlar tarbiyasi., ma’naviyat, halollik, vatanparvarlik, insoniy qadriyatlar, roman, Kalit so‘zlar: Odil Yoqubov
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники