Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“HALOLLIK” KATEGORIYASINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI · Nurdinov Javharbek Bahromjon o‘g‘li
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda halollikni tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Halollik ijtimoiy hodisa sifatida sotsiologik, falsafiy, psixologik va huquqiy yondashuvlar orqali tahlil qilinadi. Tezisda turli nazariy konsepsiyalar va metodlar orqali halollikning davlat boshqaruvidagi ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar. halollik, korrupsiyaga qarshi kurash, nazariya, antik davr falsafasi, Sharq falsafasi,sotsiologiya, psixologiya, yondashuv. Halollik jamiyatning asosiy ijtimoiy va axloqiy me’yorlaridan biri bo‘lib, uni o‘rganish sotsiologiya, falsafa, huquqshunoslik, iqtisod va psixologiya kabi fanlar chorrahasida amalga oshiriladi. Ushbu qismda antik davr, sharq falsafasi, zamonaviy falsafiy, sotsiologik va psixologik yondashuv va nazariyalar bo‘yicha halollikni tadqiq etish ko‘rib chiqiladi. Falsafa fanida halollik insoniy fazilat va axloqiy me’yor sifatida qadimdan tadqiq etilgan. Falsafiy yondashuvlar halollikni odob-axloq, huquq va ijtimoiy tuzilmalarga bog‘liq ravishda tahlil qiladi. Antik davr falsafasi halollikni insoniy fazilat, axloqiy tamoyil va ijtimoiy tartibning ajralmas qismi sifatida tushungan. Ushbu davrda halollik davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, huquq va kundalik hayot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Yunon va Rim falsafachilari halollikni adolat, erkinlik va fuqarolik burchi bilan uyg‘unlashtirgan holda izohlaganlar. Sokrat halollikni insonning ichki vijdoni va bilim bilan bog‘liq tushuncha https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 180 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari sifatida ko‘rib chiqadi. Unga ko‘ra, halollik bilish va aql bilan chambarchas bog‘liq. Agar inson yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi farqni bilsa, u doimo halol bo‘lishni tanlaydi. Halollik tug‘ma fazilat emas, balki o‘rganiladigan xulq-atvorligi sababli inson doimo o‘zini tarbiyalashi kerak, deb hisoblagan1. Platon o‘zining “Davlat” asarida davlat boshqaruvida halollikning ustuvor bo‘lishi muhimligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, davlat rahbarlari va amaldorlar halol bo‘lmasa, jamiyat inqirozga yuz tutadi. Uning ta’kidlashicha, halollik faqat individual xulq-atvor bilan cheklanmaydi, balki davlat boshqaruvining asosiy tamoyili bo‘lishi kerak2. Aristotelning “Nikomax axloqi” asarida davlat xizmatchilari va fuqarolar halollik tamoyillariga rioya qilishi kerakligi haqida ko‘plab fikrlar keltirgan. U shuningdek, halollikni uch asosiy omil orqali tushuntiradi: 1. Shaxsiy fazilat – odamning ichki odobi va axloqiy tamoyillariga bog‘liq. 2. Ijtimoiy mas’uliyat – insonning jamiyat oldidagi burchi. 3. Huquqiy tamoyil – davlat qonunlari orqali mustahkamlanadigan halollik me’yorlari. Rim davlatchiligida halollik huquqiy me’yorlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Rim huquqida “honestum” (halollik) tushunchasi asosiy axloqiy tamoyil sifatida qaralgan. Rim imperatori Mark Avreliy (mil. 121–180) stoik falsafani rivojlantirib, halollikni davlat boshqaruvining asosi deb bilgan3. Stoiklar nazarida halollik – inson tabiatiga mos bo‘lish va o‘z vazifasini sidqidildan bajarishdir. Mark Avreliy ta’kidlaganidek, davlat xizmatchisi halol bo‘lishi kerak, chunki xalq faqat shunday odamga ishonadi. Sitseron (mil. av. 106–43) Rim huquqshunosligi va siyosiy falsafasida halollikning ahamiyatini keng yoritgan. Uning fikriga ko‘ra, yaxshi davlat halol qonunlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Sitseron Rim huquqshunosligida “Ius 1 Xenophon. Memorabilia. – p. 134. 2 Plato. The Republic. – Cambridge University Press, 1997. – p. 210. 3 Transparency International. CPI 2023. – p. 28. https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 181 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari natural” (tabiiy huquq) konsepsiyasini ilgari surgan va unga ko‘ra, qonunlar insonning tabiiy halolligiga mos bo‘lishi lozim4. Antik davrda halollik ijtimoiy tartibning muhim qismi bo‘lib, uni falsafa, huquq va siyosat orqali shakllantirishga harakat qilingan. Yunon faylasuflari halollikni axloqiy va falsafiy jihatdan asoslagan bo‘lsa, Rim huquqshunoslari uni amaliy qonuniy tizimga aylantirgan. Ushbu qadriyatlar keyinchalik Yevropa sivilizatsiyasining asosiy tamoyillaridan biri sifatida rivojlanishda davom etgan. Sharq falsafasi halollikni insoniy fazilat, axloqiy tamoyil va ijtimoiy tartibning asosiy qismi sifatida tushuntiradi. Sharq mutafakkirlari halollikni nafaqat axloqiy burch, balki jamiyatni barqaror tutuvchi omil sifatida ham ko‘rishgan. Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo mutafakkirlari halollik tushunchasini o‘z diniy, huquqiy va axloqiy tizimlari orqali rivojlantirishgan. Xitoy falsafasi, ayniqsa Konfutsiy va Mozi ta’limotlarida, halollik davlat boshqaruvi va insoniy fazilat sifatida muhim o‘rin egallagan. Konfutsiy (mil. av. 551–479) halollikni jamiyat barqarorligining asosi deb bilgan. Konfutsiy hukmdorlar uchun “De” (fazilatli boshqaruv) konsepsiyasini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, davlatni kuch bilan emas, halollik va axloqiy fazilatlar bilan boshqarish kerak. Mozi (mil. av. 470–391) h
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda halollikni tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda halollikni tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- korrupsiyaga qarshi kurash, antik davr falsafasi, sotsiologiya, Sharq falsafasi, psixologiya, Kalit so‘zlar. halollik, yondashuv., nazariya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945