К содержанию
РецензированоUZ2026

POYEZDLAR HARAKATINI BEQARORLASHTIRUVCHI VA ZARARLOVCHI OMILLAR

ZARARLOVCHI OMILLAR · Pulatov Yadgor Pulatovich · Ergashev Shaxzod Farxod oʻg‘li · Botirova Ra’nobonu Otabekovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada temiryo‘l transporti tizimida poyezdlar harakatining barqarorligini izdan chiqaruvchi va xavf tug‘diruvchi omillar chuqur tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor texnik, tashkiliy va inson omillariga qaratilib, har birining poyezdlar harakatiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, tabiiy-iqlimiy sharoitlar, signallar tizimidagi nosozliklar, lokomotiv va vagonlarning texnik holati hamda noto‘g‘ri rejalashtirilgan harakat jadvali kabi omillarni oldini olishga qaratilgan jahon tajribasi o‘rganilib, bu omillarni kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Mazkur tadqiqot temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va samarali boshqaruv tizimini shakllantirishga asos yaratadi. Kalit so‘zlar: ERA, Positive Train Control, IoT, smart interlocking, ISO. Temir yo‘l transporti har qanday mamlakat infratuzilmasining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. U iqtisodiy taraqqiyot, hududiy integratsiya va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida beqiyos rol o‘ynaydi. Poyezdlar harakatining barqarorligi va xavfsizligi esa temir yo‘l tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlovchi asosiy omillardandir. Shu bois, harakatni beqarorlashtiruvchi va zararlovchi omillarni chuqur o‘rganish, ularni tizimlashtirish va oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur mavzuning o‘rganilishi orqali poyezdlar harakatining xavfsizligini ta’minlash, yirik iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olish mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda temir yo‘l transporti jadal rivojlanmoqda. Ammo, ba’zi mintaqalarda texnik eskirish, iqlimiy omillar, inson xatolari va boshqaruvdagi kamchiliklar tufayli poyezdlar harakati barqaror emas. Avtoharakatni to‘xtatish holatlari, signalizatsiya tizimidagi nosozliklar yoki ob-havoning keskin yomonlashuvi halokatlarga olib kelmoqda. Bularning aksariyati vaqtida aniqlanmagan va baholanmagan xavf omillari bilan bog‘liq. 145 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference So‘nggi yillarda temir yo‘l transportida yuz bergan avariyalar sonining oshishi mavzuni dolzarb qilmoqda. Ayniqsa, raqamlashtirish va avtomatlashtirish jarayonlari boshlangan bir paytda, xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlab, tizimli tarzda tahlil qilish va ularni bartaraf etish usullarini ishlab chiqish muhim. Xalqaro tajriba ham shuni ko‘rsatadiki, xavfsizlikni ta’minlamasdan samarali transport tizimini qurish imkonsiz. Yuqoridagi muammolar yechimi sifatida bugungi kunga kelib bir qator ishlab chiqilishi dolzarb bo‘lgan tizimlar sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Monitoring tizimlarini takomillashtirish: harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi real vaqtli tahlil tizimlarini joriy etish. Signalizatsiya va boshqaruv tizimlarini modernizatsiya qilish: eskirgan texnologiyalarni zamonaviy raqamli tizimlarga almashtirish. Xodimlar malakasini oshirish: doimiy o‘quv mashg‘ulotlari orqali inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytirish. Ob-havo sharoitiga tayyorgarlik: ekstremal ob-havo holatlari uchun maxsus harakat rejalarini ishlab chiqish. Xalqaro standartlarga mos tizimlar joriy etish: ISO va boshqa xavfsizlik tizimlari asosida risklarni boshqarish. Yuqorida keltirilgan muammolar yuzasidan rivojlangan mamlakatlar texnik tadqiqot institutlari bir qator ilmiy izlanishlar va ularni bartaraf etish uchun yechimlar taklif etishgan. Shu ilmiy izlanishlardan quyida 5 tasini ko‘rib chiqamiz: 1. Pokistonning sobiq temir yo‘l vaziri bo‘lmish T.G.Rasheedning “Analysis of Train Accidents and Safety Measures in Railway Transport” mavzusidagi ilmiy tadqiqotining g‘oyasi Temir yo‘l transportida yuzaga kelayotgan baxtsiz hodisalarni statistik tahlil qilish orqali eng xavfli omillarni aniqlashdan iborat edi. Bu g‘oyadan ko‘zlangan asosiy maqsad temir yo‘llardagi avariyalar sabablari va oqibatlarini chuqur o‘rganib, xavfsizlikni oshirishga qaratilgan tizimli choralarni ishlab chiqish. Yuqoridagi maqsadga erishish uchun bir qator holatlar (Hindiston, AQSh va Rossiya temir yo‘llarida sodir bo‘lgan yirik poyezd halokatlari, signal tizimlaridagi nosozliklar, texnik xatoliklar va inson omiliga bog‘liq xatolar misol tariqasida ko‘rilgan) o‘rganilib bu masalalar yechimi sifatida quyidagilar berildi:  Harakatni boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish.  Signal tizimlarini va marshrut nazorati tizimlarini modernizatsiya qilish. 146 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference  Favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘gan amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotlarini kuchaytirish. 2. Yaponiyalik tadqiqotchi Dr. H. Yamada “Human Factors Affecting Train Safety” nomli ilmiy tadqiqotida “Temir yo‘l harakatida inson omili eng muhim xavf tug‘diruvchi omillardan biridir” g‘oyasini ilgari surib, Mashinistlar va boshqaruv tizimidagi insonlarning psixofiziologik holatlari, e’tibor, charchoq va xatoliklariga asoslangan tahlilni o‘rganish maqsadida ushbu (Yaponiyadagi “JR Eas

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada temiryo‘l transporti tizimida poyezdlar harakatining barqarorligini izdan chiqaruvchi va xavf tug‘diruvchi omillar chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada temiryo‘l transporti tizimida poyezdlar harakatining barqarorligini izdan chiqaruvchi va xavf tug‘diruvchi omillar chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
IoT, ISO., smart interlocking, ERA, Positive Train Control
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники