К содержанию
РецензированоUZ2026

"O‘ZBEKISTONDA BARQAROR TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR"

Tursunboyeva Nargiza Zuxriddin qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article provides a comprehensive analysis of the opportunities, challenges, and strategic solutions for the development of sustainable tourism in Uzbekistan. It discusses the theoretical foundations of sustainable tourism, international practices, and their applicability in the national context. The article also explores the prospects for developing tourism based on the principles of ecological, social, and economic sustainability. Practical recommendations are proposed on community involvement, digitization, environmental safety, and cultural heritage preservation. Keywords: sustainable tourism, Uzbekistan, ecological sustainability, social sustainability, economic sustainability, tourism policy, cultural heritage, infrastructure, digital tourism, local community participation, agrotourism, international cooperation Аннотация: В статье представлен системный анализ возможностей, проблем и стратегических решений по развитию устойчивого туризма в Узбекистане. Рассматриваются теоретические основы устойчивого туризма, международный опыт и его применение в национальной практике. Также освещаются перспективы развития туризма на основе принципов экологической, социальной и экономической устойчивости. Даны практические рекомендации по участию местного населения, 65 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference цифровизации, экологической безопасности и сохранению культурного наследия. Ключевые слова: устойчивый туризм, Узбекистан, экологическая устойчивость, социальная устойчивость, экономическая устойчивость, туристическая политика, культурное наследие, инфраструктура, цифровой туризм, участие местного населения, агротуризм, международное сотрудничество Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida turizm sohasi jahonda eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda. Xususan, turizm endilikda nafaqat iqtisodiy o‘sish vositasi, balki ekologik barqarorlik, madaniy merosni asrash va ijtimoiy-iqtisodiy tenglikni ta’minlashda muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, so‘nggi yillarda "barqaror turizm" (sustainable tourism) atamasi ilmiy adabiyotlar va amaliy siyosiy hujjatlarda keng qo‘llanila boshladi. Bu yondashuv turizmni faqatgina daromad manbai sifatida emas, balki insoniyat va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlovchi jarayon sifatida talqin etadi. Barqaror turizm — bu atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, madaniy qadriyatlarni asrab-avaylab, mahalliy aholining manfaatlarini inobatga olgan holda turizm faoliyatini olib borishdir. Bu jarayonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash, mahalliy aholini iqtisodiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash va madaniy merosni himoya qilish asosiy ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. O‘zbekiston o‘zining noyob geosiyosiy joylashuvi, boy tarixiy-madaniy merosi, xilma-xil tabiiy landshaftlari va mehmondo‘st xalqi bilan Markaziy Osiyodagi eng istiqbolli sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ular nafaqat turizm, balki barqarorlik tamoyillarini hayotga tatbiq etishda ham katta imkoniyatlarga ega. Shu bilan birga, mamlakatda agroturizm, ekologik turizm, etnoturizm kabi barqaror turizm yo‘nalishlariga qiziqish ortib bormoqda. Biroq mavjud salohiyatdan to‘liq va samarali foydalanish, bu jarayonda ekologik muvozanatni saqlash, mahalliy jamiyatlarning manfaatlarini himoya qilish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish kabi muhim masalalar dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston hali to‘liq barqaror turizm modelini shakllantirgan emas; bu borada tizimli yondashuv, chuqur tahlil va uzoq muddatli strategiyalarga ehtiyoj mavjud. 66 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Mazkur maqola O‘zbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berish, mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro tajriba va ilmiy yondashuvlar asosida tahliliy xulosalar chiqarish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan.Maqolaning asosiy maqsadi — barqaror turizm konsepsiyasini O‘zbekiston sharoitida chuqur o‘rganish, mavjud salohiyat va to‘siqlarni aniqlash hamda ilmiy asoslangan yechimlar orqali turizm sohasida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan tavsiyalarni ilgari surishdir. Asosiy qism Barqaror turizm tushunchasi XX asrning oxirlarida ekologik ongning o‘sishi va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan jahon miqyosidagi qiziqishning kuchayishi bilan keng tarqaldi. Barqarorlik tamoyillari nafaqat ekologik jihatlarni, balki ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yondashuvni amalga oshirishda barqaror turizm — bu ekologik barqarorlikni, madaniy qadriyatlarni asrashni va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishni birlashtiradigan strategiya sifatida qaraladi. Barqaror turizmning nazariy asoslari bir qator muhim tamoyillarga asoslanadi. Birinchidan, ekolog

Доказательный фрагмент

«This article provides a comprehensive analysis of the opportunities, challenges, and strategic solutions for the development of sustainable tourism in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a comprehensive analysis of the opportunities, challenges, and strategic solutions for the development of sustainable tourism in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sustainable tourism, Uzbekistan, ecological sustainability, social, iqtisodiy barqarorlik, raqamli turizm, ijtimoiy barqarorlik, xalqaro hamkorlik, mahalliy aholi ishtiroki, ekologik barqarorlik, agroturizm, barqaror turizm, turizm siyosati, O‘zbekiston, infratuzilma, madaniy meros
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники