К содержанию
РецензированоEN2026

TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

TENDENSIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH · Nurmatov Ulug'bek Qambaraliyevich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This scientific thesis highlights the need and main directions for improving the corporate governance system in commercial banks based on modern trends. In particular, aspects such as openness, transparency, strategic management and strengthening relationships with stakeholders based on mutual trust in banking activities are analyzed. The study focuses on best practices in digitizing corporate governance, introducing ESG (environmental, social and corporate governance) principles, adapting to international standards, and strengthening internal audit and control mechanisms. As a result, it is proven that improving corporate governance based on modern approaches serves to increase the efficiency and financial stability of banks. Keywords: Corporate governance, commercial bank, modern trends, ESG principles, digitization, bank management, stakeholders, internal audit, risk management, transparency, international standards, banking reforms, financial stability, management mechanisms, strategic decisions. Asosiy qism 75 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tijorat banklarining barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlashda korporativ boshqaruv muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bank tizimini isloh qilish, ularning faoliyatini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish yo‘lida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali banklarning ichki nazorat, risk-menejment va strategik qaror qabul qilish imkoniyatlari sezilarli darajada oshirilmoqda. Zamonaviy tendensiyalar korporativ boshqaruvga bo‘lgan yondashuvlarni tubdan o‘zgartirmoqda. An’anaviy boshqaruv mexanizmlarining samaradorligi bugungi raqamli transformatsiya, ijtimoiy mas’uliyat va global raqobat sharoitida yetarli emasligi ko‘plab tahlillarda qayd etilmoqda. Shu sababli, tijorat banklari uchun strategik boshqaruvni yangicha paradigmalar asosida tashkil etish zaruratga aylangan. Bu jarayonda ayniqsa ESG (Environmental, Social, Governance – Ekologik, Ijtimoiy va Korporativ boshqaruv) tamoyillarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. ESG tamoyillari – bu korxona yoki bank faoliyatini nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali, balki ekologik xavfsizlik, ijtimoiy mas’uliyat va boshqaruvning shaffofligi nuqtai nazaridan ham baholash imkonini beradigan yondashuvdir. Bank sektorida bu tamoyillarni strategik darajada tatbiq etish orqali nafaqat ekologik va ijtimoiy barqarorlik ta’minlanadi, balki mijozlar, investorlar, xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishonchli va uzoq muddatli hamkorlik uchun zarur poydevor yaratiladi. Misol uchun, bankning kredit siyosatida ekologik tavakkalchiliklarni baholovchi ichki standartlarning mavjudligi, atrof-muhitga zarar yetkazadigan loyihalarni moliyalashtirishdan bosh tortish siyosati yoki ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirish ESG yondashuvining amaliy jihatlaridandir. Bunday tashabbuslar nafaqat bankning ijtimoiy obro‘sini oshiradi, balki xorijiy investorlar va moliyaviy reyting agentliklarining e’tiborini tortadi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, ESG mezonlarini o‘z strategiyasiga qo‘shgan banklar reyting agentliklari tomonidan yuqoriroq baholanishi, xalqaro moliyalashtirish resurslariga chiqish imkoniyatlarining ortishi va investorlar ishonchini qozonish kabi muhim ustunliklarga ega bo‘lmoqda. Masalan, Yevropa va Osiyo banklarida ekologik toza texnologiyalarni moliyalashtirish, karbon izlarini kamaytirish strategiyasi va ijtimoiy barqarorlik dasturlari keng joriy etilgan. O‘zbekiston bank tizimi ham ushbu jarayonlardan chetda qolmasdan, ESG mezonlarini amaliyotga tatbiq etishda izchil harakat qilmoqda. 76 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shu bois, ESG tamoyillarini tijorat banklari strategik boshqaruviga chuqur integratsiya qilish nafaqat zamon talabi, balki xalqaro standartlarga mos bank tizimini shakllantirish uchun muhim qadamdir. Bu yondashuv banklar faoliyatining ochiqligini ta’minlaydi, korrupsiya xavfini kamaytiradi, ijtimoiy adolat va ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, ESG asosidagi boshqaruv madaniyati rivojlanishi orqali banklar kelajakda nafaqat mahalliy bozorda, balki global moliya tizimida ham mustahkam o‘rin egallashi mumkin. Bundan tashqari, raqamlashtirish jarayonlari banklarda boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, qarorlar qabul qilishda ma’lumotlarga asoslangan yondashuvni joriy qilish imkonini beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali banklarda masofaviy monitoring, onlayn boshqaruv va tahlil imkoniyatlari kengaymoqda. Bu esa ichki audit tizimining samaradorligini oshiradi hamda korrupsion xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi. Xalqaro amaliyotlar, xususan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va AQSh banklarida qo‘llanilayotgan korporativ boshqaruv modellari bank rahbariyatining mustaqilligi, manfaatdor tomonlarning huquqlarini him

Доказательный фрагмент

«This scientific thesis highlights the need and main directions for improving the corporate governance system in commercial banks based on modern trends.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific thesis highlights the need and main directions for improving the corporate governance system in commercial banks based on modern trends. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Corporate governance, commercial bank, modern trends, ESG, shaffoflik, ichki audit, risk-menejment, raqamlashtirish, xalqaro standartlar, ESG tamoyillari, moliyaviy barqarorlik, Korporativ boshqaruv, boshqaruv mexanizmlari, strategik qarorlar., manfaatdor tomonlar, zamonaviy tendensiyalar, tijorat banki, bank islohotlari, bank menejmenti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники