Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUM TA’LIM MUASSASALARINING TA’LIM SIFATINI BOSHQARISHDA PR TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH
TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH · Turg‘unboyev Farrux Bahodir o‘g‘li
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda PR (Public Relations – jamoatchilik bilan aloqalar) texnologiyalarining o‘rni va zaruriyati yoritilgan. Maktablarning ijtimoiy imidjini shakllantirish, ularning faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ota-onalar va jamoatchilik bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali ta’lim sifati sezilarli darajada oshiriladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida PR strategiyasini tizimli tarzda amalga oshirish umumta’lim muassasalarining boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim omilga aylanadi. KALIT SO‘ZLAR: PR texnologiyalari, umumta’lim muassasasi, ta’lim sifati, boshqaruv, kommunikatsiya, jamoatchilik bilan aloqalar, imidj, mediafaollik, shaffoflik, axborot siyosati. Zamonaviy ta’lim tizimida sifatni ta’minlash uchun faqatgina ta’lim berish sifati emas, balki maktabning jamoatchilik bilan qanday aloqa o‘rnatgani ham muhim rol o‘ynaydi. Shu bois PR texnologiyalarini qo‘llash orqali maktab faoliyatining ochiqligi, jamoatchilik ishonchi va imidji mustahkamlanadi. PR bu yerda oddiy reklama emas, balki tizimli kommunikatsiya strategiyasi bo‘lib xizmat qiladi. Maktabning ichki va tashqi aloqalarini mustahkamlash, faoliyatini muntazam yoritib borish, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va mahalla bilan hamkorlikda ishlash ta’lim jarayonini yanada samaraliroq qiladi. Maktab saytining yangiligi, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida faol ishtirok etish orqali ota-onalar maktab hayoti bilan doimiy ravishda tanishib boradi. Ichki PR esa, maktab jamoasi o‘rtasidagi sog‘lom muhitni shakllantirishni ko‘zda tutadi. O‘qituvchilarni rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini keng ommaga yetkazish, pedagoglar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash orqali ichki motivatsiya oshadi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. PR faoliyati bo‘yicha rejalashtirish ham muhim: har yili PR strategiyasi ishlab chiqilishi, axborot oqimi nazorat qilinishi, ijtimoiy fikr tahlil qilinishi lozim. Maktab matbuot kotibi, axborot bo‘yicha mas’ul xodim tayinlanib, doimiy aloqa faoliyatini yuritishi kerak. Bu PR jarayonining tizimli asosda olib borilishiga xizmat qiladi. PR texnologiyalari faqatgina imidj yaratish emas, balki tashkilot va jamoatchilik o‘rtasidagi ko‘prikni shakllantiradi. Ularning asosiy maqsadi – axborot bilan ishlash, tashkilot faoliyatiga ishonch uyg‘otish va jamoaviy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdir. Maktablar PR texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim sifati masalasida ham yetakchi bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, veb-saytlar, onlayn konferensiyalar, vebinarlar PR faoliyatining asosiy vositalariga aylangan. Shuning uchun maktablar media-savodxonlikni oshirish, jamoatchilik bilan axborot almashinuvida professional yondashuvni tanlashi lozim. Ota- 106 onalarning ishtiroki, jamiyatning maktab faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvi aynan shunday vositalar orqali ta’minlanadi. PR strategiyasining samarali bo‘lishi uchun quyidagi bosqichlarni tavsiya etish mumkin: holatni tahlil qilish, maqsadli auditoriyani aniqlash, aloqa usullarini tanlash, mazmunli axborot yaratish, muntazam monitoring va fikr-mulohazalarni tahlil qilish. Bu orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi. XULOSA: Xulosa qilib aytganda, PR texnologiyalarining umumta’lim muassasalarida takomillashtirilishi ta’lim sifatini oshirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. U nafaqat maktab obro‘sini oshiradi, balki ichki muhitni ijobiylashtiradi, ota-onalar va jamiyat bilan ochiq muloqotga asos yaratadi. PR orqali samarali boshqaruv, ijobiy imidj va shaffoflikni ta’minlagan maktablar o‘z o‘quvchilari uchun yanada qulay, ishonchli va motivatsion muhitni yaratadi. Shu sababli PR texnologiyalarini tizimli ravishda tatbiq etish bugungi ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanishi lozim.
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda PR (Public Relations – jamoatchilik bilan aloqalar) texnologiyalarining o‘rni va zaruriyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda PR (Public Relations – jamoatchilik bilan aloqalar) texnologiyalarining o‘rni va zaruriyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shaffoflik, axborot siyosati., kommunikatsiya, mediafaollik, boshqaruv, umumta’lim muassasasi, ta’lim sifati, imidj, PR texnologiyalari, jamoatchilik bilan aloqalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025