Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“BOBURNOMA” - JAHONNING BOY MADANIY MEROSLARIDAN BIRI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Bozarov Azamatjon Qosimjonovich (in-academy.uz/index.php/yo) · Muhammad Solih (in-academy.uz/index.php/yo) · Muhammad Xalil (in-academy.uz/index.php/yo) · Abul-Fazl Allomiy. (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article describes the life, work, participation in political processes of Babur, his political thoughts and approaches expressed through the work "Boburnama". The persons who have done great work in conveying the content of "Boburnama" to the world community are described. Keywords: Babur, India, Khorasan, Iran, the work "Boburnama", Mirkhand, Khandamir, Muhammad Salih, Binoi, Muhammad Khalil, Abul-Fazl Allomi. Kirish. Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda o‘zining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari «Boburnoma»dir. Ma’lumki, unda Bobur yashagan davr oralig‘ida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi — XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni; ikkinchi qismi — XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, ya’ni Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni; uchinchi qismi — XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag‘ishlangan. «Boburnoma»da o‘sha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, o‘z yurti Farg‘ona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shaxrisabz, O‘sh, Urganch, Uratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir ma’lumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik shaharlari Kobul, G‘azna va ular ixtiyoridagi ko‘pdan- ko‘p tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin. Asosiy qism. «Boburnoma»ni varaqlar ekanmiz, ko‘z oldimizdan Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlariga xos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, o‘sha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning to‘liq manzarasi namoyon bo‘ladi. «Boburnoma»da keltirilgan bu tarzdagi ma’lumotlar Bobur davrida yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Xalil, Abul-Fazl Allomiy va boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal yoritilgan emas. Muallif «Boburnoma»da Alisher 143 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Bexzod, Mirzo Ulug‘bek va boshqa allomalar haqida o‘zining eng yuqori fikr va mulohazalarini bildiradi. «Boburnoma» — Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri — XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa ham, shu bilan birga juda ko‘p dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning o‘zaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jug‘rofiy mavqei, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘lari, daryolari, xalqlari, elatlari va ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari — hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, to‘y va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir ma’lumotlarni o‘zida qamrab olgan shoh asardir. Shu bois «Boburnoma» tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmoqda. Uzoq, yillar davomida G‘arb va Sharqning mashhur sharqshunos olimlari «Boburnoma» mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida katta faoliyat ko‘rsatdilar. Masalan, gollandiyalik olim Vitsen, angliyalik olimlar J.Leyden, V.Erskin, R.Koldekot, A.Beverej, T.Albot, germaniyalik Yu.Klaynrat va A.Keyzer, fransiyalik Pavede Kurteyl, Xindistonlik Mirzo Nasriddin Xaydar Rizvi, turkiyalik R.R.Art va N.I.Bayur va bizning davrimizdagi fransiyalik olim Bakke Gromon, afg‘onistonlik olim Abulxay Kabibiy, pokistonlik olimlar Rashid Axtar, Nadvi va Shox Olam Mavliyot shular jumlasidandir. «Boburnoma»ni o‘rganish sohasida jahonning mashhur sharqshunoslari qatoridan yaponiyalik olimlar ham joy olmoqdalar. Ma’lumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini o‘rganish va ommalashtirishda O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX—XX asrlar davomida Georg Ker, N.Ilminskiy, O.Senkovskiy, M.Sale, Porso Shamsiev, Sodik Mirzayev, V.Zoxidov, Ya.Rulomov, R.Nabiyev, S.Azimjonova, A.Kayumov kabi olimlarning sa’y- harakatlari bilan «Boburnoma» bir necha bor rus va o‘zbek tillarida chop etildi, ularga so‘zboshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining ma’naviy mulkiga aylantirildi, uning she’rlari ham bir necha bor nashr etildi. Bobur o‘zbek adabiyotida o‘zining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va temuriylar davlatining inqrozi davom etayotgan bir davrga to‘gri kelgan edi. Bunday murakkabliklar in’ikosini «Boburnoma» da ko‘rgan bo‘lsak, shoir ruhiyatida qanday aks etgani esa, uning she’rlarida namoyon bo‘ladi. Movarounnahrni birlashtirishga o‘rinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiyinalgan, amaldorlarning xiyo
Доказательный фрагмент
«This article describes the life, work, participation in political processes of Babur, his political thoughts and approaches expressed through the work "Boburnama".»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the life, work, participation in political processes of Babur, his political thoughts and approaches expressed through the work "Boburnama". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Babur, India, Khorasan, Iran, the work "Boburnama", Mirkhand, Khandamir, Xondamir, “Boburnoma” asari, Bobur, Binoiy, Eron, Hindiston, Muhammad Solih, Abul-Fazl Allomiy, Xuroson, Muhammad Xalil, Mirxond
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026