К содержанию
РецензированоUZ2026

FONETIK HODISALAR VA ULARNING TURLARI TASNIFI TAHLILI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Alijonova Toshtilla Akmal qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

mazkur maqolada fonetik hodisalar va ularning turlari: kombinator omillar ta'sirida sodir boladigan hodisalar, pozitsion omillar ta'sirida sodir bo'ladigan hodisalar, turkiy so'zlarning an'anaviy fonetik tarkibiga moslashish va fonetik hodisalarning boshqa turlari haqida ma'lumotlarga to'xtalib o'tilgan. Kalit so'zlar: kombinator, akkomodatsiya, dissimilyasiya, nazalizatsiya, prokopa, sinkopa, apokopa, eliziya, sandxi, aferezis, gaplologiya, metateza, geminatsiya, degeminatsiya, sinerezis, spirantizatsiya. Kirish. Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo'lishi, bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator-pozitsion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o'tilgan edi. Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo'ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat: I. Kombinator omillar ta'sirida sodir bo'ladigan hodisalar: 1. Assimilyasiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) o'zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor: a) progressiv assimilyasiya - oldingi tovushning keyingi tovushni o'ziga moslashtirishi: ketdi > ketti (td > tt), ekgan > ekkan (kg > kk), qishloqga > qishloqqa (q g > q q) kabi; b) regressiv assimilyasiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o'ziga moslashtirishi: tuzsiz > tussiz (zs > ss), birta > bitta (rt > tt) kabi; v) to'liq, assimilyasiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir - biriga aynan moslashadi (ular o'rtasida neytrallashuv sodir bo'ladi): nonvoy > novvoy (nv > vv), terakga > terakka (kg > kk) kabi; g) to'liqsiz assimilyasiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir - biriga qisman moslashadi: tanbur > tambur (nb > mb), shanba > shamba (nb > mb) kabi. Bu so'zlarda”n”(til - tish undoshi) lab-lab”b”ga faqat artikulyasiya o'rni jihatdan moslashgan (lab- lab”m”ga o'tgan), ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling:”m”- sonor,”b”- shovqinli;”m”- yumuq fokusli burun tovushi (nazal tovushi),”b”- sof portlovchi kabi; d) kontakt assimilyasiya - ketma-ket joylashgan tovushlarning o'zaro moslashuvi (q. yuqoridagi misollar); e) distant assimilyasiya - so'z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o'zaro moslashuvi: soch > choch kabi. O'zbek tilida o'zak bilan affiksdagi unlilar assimilyasiyasi ham uchraydi. Assimilyasiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg'unlashuvi) deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg'unlashuvi lab garmoniyasi va til garmoniyasi (lingval garmoniya) shaklida namoyon bo'ladi. Masalan: keldi -”e”(old qator),”i”(old qator). Bunda o'zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); qoldi - ”o”(orqa qator),”i”(orqa qator). Bunda affiksdagi old qator”i”o'zakdagi orqa qator”o”ga moslashgan -”i”ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi); lab garmoniyasi ko'proq shevalarda uchraydi: o'g'lim (adabiy tilda) - ulum (qipchoq lahjasi shevalarida), ko'zim (adabiy tilda) - ko'zum (k?z?m: qipchoq lahjasida). Bunda o'zak va qo'shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo'ladi. Hozirgi o'zbek 149 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo adabiy tilida assimilyasiyaning bu turi deyarli uchramaydi. Assimilyasiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o'zgarish tovushlarning bir-biriga ta'siri natijasida bo'lganligi uchun). 2. Akkomodatsiya - turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan, unli bilan undoshning o'zaro ta'siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Masalan: kisht (k'sht:”i”ning old qator ottenkasi, u sayoz til orqa”k”undoshiga moslashgan) - qish (qo`sh:”i”ning orqa qator ottenkasi, u chuqur til orqa”q”undoshiga moslashgan). Ba'zan unli undoshga emas, aksincha, undosh unliga moslashadi. Masalan, lab-tish (labiodental)”f”undoshi lablashgan”u”unlisi ta'sirida lab-lab”f”ga aylanishi mumkin. Qiyos qiling: faqat (“f”- lab-tish), nufuz (“f”- lab-lab), aft (“f”- lab-tish) - ufq (“f”- lab-lab), saf (“f”- lab-tish) - tuf (“f”- lab-lab) kabi. O'zaro ta'sirda bo'lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki keyin kelishiga ko'ra akkomodatsiya quyidagi ikki turga bo'linadi: a) progressiv akkomodatsiya. Bunda oldingi tovush keyingi tovushga ta'sir qiladi: kulmoq so'zida sayoz til orqa”k”undoshi orqa kator”u”ni old qator”?”ga aylantirgani kabi. Qiyos qiling: qul (“u”- orqa qator unli) - kul (“?”- old qator unlisi); qo'l (- orqa qator”o”unli) - ko'l (“o'“old qator”?”unlisi); b) regressiv akkomodatsiya. Bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta'sir qiladi. Masalan: to'k so'zida sayoz til orqa”k”undoshi orqa qator”o'“unlisini old qator”o'“ga aylantiradi. Assimilyasiyada bo'lganidek, akkomodatsiyada ham fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi. 3. Dissimilyasiya -so'z tarkibidagi bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan birining boshqa tovushga ko'chishi: birorta > bironta (ror > ron), kisa - kista (ss > st) kabi. Bu hodisani assimilyasiyaning aksi deyish mumkin. Dissimilyasiya hodisas

Доказательный фрагмент

«mazkur maqolada fonetik hodisalar va ularning turlari: kombinator omillar ta'sirida sodir boladigan hodisalar, pozitsion omillar ta'sirida sodir bo'ladigan hodisalar, turkiy so'zlarning an'anaviy fonetik tarkibiga mos…»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqolada fonetik hodisalar va ularning turlari: kombinator omillar ta'sirida sodir boladigan hodisalar, pozitsion omillar ta'sirida sodir bo'ladigan hodisalar, turkiy so'zlarning an'anaviy fonetik tarkibiga mos… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kombinator, akkomodatsiya, dissimilyasiya, nazalizatsiya, prokopa, apokopa, gaplologiya, aferezis, geminatsiya, sinerezis, sinkopa, eliziya, metateza, degeminatsiya, sandxi, spirantizatsiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники