Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZMDA SOVETLARGA QARSHI OZODLIK HARAKATLARINING BOSHLANISHI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abduqahorov Anvarjon Alijon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 1917
Аннотация
Ushbu maqolada 1917-yilgi Fevral inqilobi va undan keyin Turkistonda yuzaga kelgan siyosiy beqarorlik fonida Xorazmda boshlangan sovetlarga qarshi ozodlik harakatlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, Junaidxonning siyosiy yetakchi sifatida shakllanishi, harakatning mintaqaviy xususiyatlari, xalq ommasining unda ishtiroki, hamda ushbu qarshilik harakatining kuchayishi va yakuniy mag‘lubiyatining sabablariga e'tibor qaratilgan. Junaidxon boshchiligidagi ozodlik kurashining muvaffaqiyatlari va muammolari, harbiy va diplomatik bosqichlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Junaidxon, Xorazm, sovetlarga qarshi harakat, ozodlik kurashi, siyosiy qarshilik, Turkiston, tarixiy jarayon. Kirish. XX asr boshlarida Rossiyada yuz bergan siyosiy inqiloblar Markaziy Osiyodagi Turkiston mintaqasiga ham kuchli ta'sir ko‘rsatdi. Xususan, 1917-yilgi Fevral inqilobi va Oktyabr to‘ntarishi ortidan sobiq Rossiya imperiyasi parchalanib, yangi siyosiy kuchlar yuzaga kela boshladi. Bu jarayonda Xorazm hududi ham befarq bo‘lmadi. Xiva xonligida hukmronlik qilayotgan Asfandiyorxon markaziy hokimiyatni saqlab qolishga uringan bo‘lsada, uning zaif irodasi va siyosiy tajribasizligi tufayli vaziyat tobora nazoratdan chiqdi. Aynan shu tarixiy sharoitda Junaidxon nomi siyosiy maydonga chiqdi va sovetlarga qarshi ozodlik harakatining bosh yetakchisiga aylandi. Junaidxon, ya'ni Qurbon Mamed Sardor (1857–1938), dastlab turkman yovmut urug‘ining etakchisi bo‘lgan[1]. Ammo 1918-yildan boshlab u o‘z faoliyatini kengaytirib, Xiva xonligining siyosiy hayotiga faol aralasha boshladi. Xiva xoni Asfandiyorxon bolsheviklar bosimiga qarshi Junaidxon bilan ittifoq tuzishga majbur bo‘ldi. Bu ittifoq vaqtincha bo‘lsa-da, Junaidxon uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi. U qisqa fursatda turkmanlarning turli urug‘larini birlashtirib, kuchli qurolli harakatga asos soldi. 1918-yil 1-oktabrda Asfandiyorxon Junaidxonning odamlaridan biri bo‘lgan Eshim boshchiligidagi suiqasdchilar guruhi tomonidan o‘ldirildi[4]. Junaidxon uning o‘rniga Said Abdullani taxtga olib chiqdi, lekin aslida barcha siyosiy qarorlarni o‘zi qabul qilardi. U o‘zini "qonuniy xon" emas, balki xalq manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil arbob sifatida ko‘rsatdi[2]. Junaidxon o‘z hukmronligini o‘rnatgach, sovetlarning Xiva ustidan siyosiy ta'sirini tan olmadi. U Sovet Rossiyasining Turkistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatish rejasiga keskin qarshi chiqdi va qurolli qarshilikni boshladi. Ayniqsa, u bolsheviklar bilan muzokaralarga kirishganida, ularning Xorazmdan chiqib ketishini va xonlik ichki ishlariga aralashmasliklarini talab qilgan. Junaidxon boshchiligidagi harakat qisqa vaqt ichida Xorazmning keng hududlariga yoyildi. Unga nafaqat turkmanlar, balki o‘zbek, qoraqalpoq va qozoq xalqlari vakillari ham qo‘shildi. Ularning orasida Madraimboy, Sa’dulla bola, Shokir bola, Mavlonbek kabi xalq orasida obro‘- e’tiborga ega bo‘lgan shaxslar bor edi. Ular Ko‘hna Urganch, Ilyali, Toshhovuz, Mang‘it, 154 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Qo‘shko‘pir, Qo‘ng‘irot va To‘rtko‘l kabi hududlarda sovet kuchlariga qarshi qurolli kurash olib bordilar[3]. Junaidxonning qurolli kuchlari 1919-yil bahorida bir nechta muvaffaqiyatli harbiy amaliyotlar o‘tkazdi. Taxtaqal’a va Ko‘hna Urganch kabi muhim punktlar egallandi. Bu esa sovetlar tomonidan jiddiy tahdid sifatida baholandi. Shu sababli 1919-yil aprel oyida sovet vakili A.N. Xristoforov Junaidxon qarorgohiga kelib, muzokaralar o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Junaidxon ushbu muzokaralarda ham o‘z siyosiy prinsiplariga sodiqligini namoyon etdi[5]. U Sovet Rossiyasining harbiy qismlarini Xorazmdan olib chiqishni, harbiy aralashuvlarga chek qo‘yishni va xonlik ichki ishlariga suverenlikni hurmat qilishni talab qildi. 1919-yil 9-aprel kuni imzolangan shartnoma vaqtincha tinchlikni ta’minladi, biroq real kuchlar muvozanati Junaidxon foydasiga emas edi[1]. Junaidxon harakati dastlab kuchli ko‘ringan bo‘lsa-da, u strategik jihatdan yetarlicha tayyorlanmagan edi. Uning harbiy kuchlari yaxshi qurollanmagan, markazlashmagan va koordinatsiyalashgan emas edi. Har bir hududda alohida guruhlar harakat qilgan, bu esa umumiy harakatni kuchsizlantirgan. Bundan tashqari, Junaidxon siyosiy jihatdan xalqni butunlay birlashtirishga erisha olmadi. Ayrim mahalliy guruhlar faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlab harakat qilgan. Sovetlar esa aksincha, tajribali komandirlar, yaxshi qurollangan armiyalar va markazlashgan boshqaruv tizimiga ega edilar. 1920-yilning yanvarida sovet kuchlari Xivani egallab, xonlikka barham berdilar. Junaidxon Afg‘onistonga chekinishga majbur bo‘ldi[3]. Bu bilan Xorazmda sovetlarga qarshi qurolli harakat yakuniga yetdi. Shuni aytish kerakki, Junaidxonning faoliyati tarixda turlicha baholanadi. Ba'zilar uni mustaqillik uchun kurashgan milliy qahramon sifatida e’tirof etishsa, boshqalar uni o‘z manfaatlari yo‘lida siyosiy intrigalarga aralashgan arbob deb hisoblaydi. Ammo u boshchilik qilgan harakat Turkiston xalqlari t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 1917-yilgi Fevral inqilobi va undan keyin Turkistonda yuzaga kelgan siyosiy beqarorlik fonida Xorazmda boshlangan sovetlarga qarshi ozodlik harakatlari keng qamrovda tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 1917-yilgi Fevral inqilobi va undan keyin Turkistonda yuzaga kelgan siyosiy beqarorlik fonida Xorazmda boshlangan sovetlarga qarshi ozodlik harakatlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkiston, ozodlik kurashi, sovetlarga qarshi harakat, siyosiy qarshilik, Junaidxon, tarixiy jarayon., Xorazm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945