Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILAR TA'LIM-TARBIYASIDA TASVIRIY SAN’AT FANINING O‘RNI
Shukrillayeva Diyora Nusratillayevna
Для учителей · 1 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada o‘quvchilarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida tasviriy san’at fanining tutgan o‘rni yoritib berilgan. Tasviriy san’atning estetik tarbiya, ijodiy fikrlash, did tarbiyasi va ma’naviy qadriyatlarni singdirishdagi ahamiyatiga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, bu fanning o‘quvchilar tasavvurini boyitish, ularning atrof-muhitni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish va milliy madaniyatga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdagi ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy ta’lim metodlari bilan uyg‘unlashgan tasviriy san’at darslari orqali o‘quvchilarda estetik did va ijodiy salohiyatni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Tadqiqot pedagogik faoliyatda tasviriy san’atdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan. Kalit so‘zlar. tasviriy san’at, ta’lim-tarbiya, estetik tarbiya, barkamol shaxs, tasviriy san’at orqali tarbiya. Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti, avvalo, ma’naviy barkamol, har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarida o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish, ularning estetik didini shakllantirish va go‘zallikni anglash madaniyatini yuksaltirish eng dolzarb vazifalardan biridir. Bu borada tasviriy san’at fanining ahamiyati beqiyosdir. Tasviriy san’at nafaqat amaliy ko‘nikmalarni, balki inson qalbida go‘zallik, badiiyat, milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, ona tabiatga mehr kabi tuyg‘ularni shakllantiradi. O‘quvchilarning tafakkuri, tasavvuri, ranglar va shakllarni idrok etish qobiliyatini rivojlantirishda bu fanning o‘rni alohida e’tiborga loyiq. Tasviriy san’at – bu inson tafakkurining mahsuli sifatida moddiy va ma’naviy boylik yaratishga xizmat qiluvchi fanlardan biridir. Bu fanning asosiy vazifasi: 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 108 Ustozlar uchun pedagoglar.org O‘quvchilarga chizmachilik, rasm solish, bo‘yash, kompozitsiya yaratish kabi ko‘nikmalarni berish; Ularning estetik didini shakllantirish; Milliy va jahon san’at namunalarini o‘rgatish orqali estetik tarbiya berish; Mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvga undash. Bu fan orqali bolalar dunyoni obrazlar orqali idrok etishni, atrof-muhitdagi go‘zallikni ko‘ra olishni va uni asrashga intilishni o‘rganadilar. Tasviriy san’atning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni quyidagilardan iborat: Estetik tarbiya vositasi sifatida. Estetik tarbiya – bu inson qalbida go‘zallikka nisbatan mehr uyg‘otishdir. Tasviriy san’at darslari bolalarda badiiy didni, go‘zallikni anglashni, ranglar uyg‘unligini sezish qobiliyatini shakllantiradi. Har bir rasm ortida bir fikr, bir g‘oya bo‘lib, bu orqali bolalar tabiatni, inson munosabatlarini, urf-odatlarni badiiy ifodalaydilar. Ijodiy fikrlashni rivojlantirishda. Rasm chizish, rang tanlash, obraz yaratish – bularning barchasi o‘quvchilarda erkin fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantiradi. Tasviriy san’at darslarida berilgan topshiriqlar bolalarni fikrlashga, o‘z fikrini badiiy shaklda ifodalashga undaydi. Milliy qadriyatlarni singdirishda. Tasviriy san’at orqali xalq amaliy san’ati, milliy naqshlar, tarixiy obidalar, milliy kiyimlar va an’analar o‘rgatiladi. Bu esa yosh avlodning o‘z milliy qadriyatlariga hurmat bilan qarashiga, uni ardoqlashiga zamin yaratadi. Psixologik va ruhiy barqarorlikni ta’minlashda. Rasm chizish – bu o‘ziga xos terapiya. O‘quvchilar dars jarayonida o‘z his-tuyg‘ularini rasm orqali ifodalaydilar. Bu ularning ruhiy holatini yengillashtiradi, stressni kamaytiradi. Shuningdek, tasviriy san’at introvert bolalarning ichki dunyosini ochishda muhim rol o‘ynaydi. Tasviriy san’at darslarining samaradorligini oshirish yo‘llari quyidagilardan iborat: Innovatsion metodlardan foydalanish. Zamonaviy ta’limda faqatgina ma’lumot berish emas, balki o‘quvchilarni faol ishtirok ettirish, ularni izlanishga undash muhimdir. Tasviriy san’at darslarida quyidagi metodlar katta samara beradi: Interfaol metodlar (klaster, insert, “fikrlar hujumi”); Amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘qitish; 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 109 Ustozlar uchun pedagoglar.org Tematik ko‘rgazmalar tashkil etish; Multimedia texnologiyalaridan foydalanish. Darsdan tashqari faoliyatni tashkil etish. Tasviriy san’at bo‘yicha to‘garaklar, rasm tanlovlari, devoriy gazeta va badiiy albomlar tayyorlash kabi faoliyatlar o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda yordam beradi. Shuningdek, muzeylarga, san’at galereyalariga ekskursiyalar ham ularning estetik dunyoqarashini kengaytiradi. Differensial yondashuv. Har bir o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati va imkoniyati turlicha. Shu sababli o‘qituvchi dars jarayonida har bir bolaga individual yondashishi, uni rag‘batlantirishi, kuchli tomonlarini rivojlantirishi kerak. Bugungi kunda bolalarni faollikka, o‘z fikrini erkin ifodalashga, jamiyatda munosib o‘rin egallashga tayyorlash ta’limning asosiy maqsadidir. Tasviriy san’at darslari bolalarning o‘zaro muloqot qilish, jamoada ishlash, bir-birini tinglash, baholash, yordam berish kabi ijtimoiy ko‘nikmal
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘quvchilarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida tasviriy san’at fanining tutgan o‘rni yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘quvchilarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida tasviriy san’at fanining tutgan o‘rni yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- barkamol shaxs, tasviriy san’at, tasviriy san’at orqali tarbiya., estetik tarbiya, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026