Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EKSPRESSIYA TUSHUNCHASI HAMDA UNING TILSHUNOSLIKDAGI TALQINI
TILSHUNOSLIKDAGI TALQINI · Joniqulova Guljahon Saitmuratovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article explores the complex field of expressive means in linguistics, which aims to comprehensively analyze the various means and methods used to convey feelings, attitudes, and expressions in language. Expressive means are one of the important elements of communication, allowing speakers and writers to convey layers of meaning beyond their literal interpretation. In addition, the article explores various definitions of expressive means. Keywords: expressive means, expression, expressiveness, stylistics, linguistics, language expression. Ekspressivlik (tilshunoslikda) - til birligining semantik-stilistik belgilari majmui; til birligining aloqa soʼzlashuv jarayonida soʼzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subʼektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʼla olishini taʼminlaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 6 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Ekspressivlik tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida soʼz tarkibidagi undoshlardan birining qoʼshaloq holda yoki biror unlining choʼziq talaffuz etilishi, urgʼuning oʼrnini oʼzgartirish kabilarni koʼrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalash- kichraytish qoʼshimchalari (subʼektiv baho ifodalovchi qoʼshimchalar) ni koʼrsatish mumkin (oyi-oyijon, uka-ukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv vositalarga oʼz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʼyoqqa ega boʼlgan soʼzlar, undov soʼzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi “qiltiriq” soʼzi ozgʼinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa еkspressivlik odatdagi soʼz tartibini oʼzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʼz takrorlari orqali taʼminlanadi. Аloqa soʼzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini kuchaytirishga koʼmak beruvchi koʼplab paralingvistik (nolisoniy) vositalar (tovushning balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imo-ishora) ham qoʼllanadi. Ekspressivlik bevosita inson histuygʼularini ifodalash bilan bogʼliq boʼlganligi uchun uni emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi soʼzlar va ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi tilshunoslarning asarlarida Ekspressivlik va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi. Jahon lingvistikasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri, dunyo tilshunoslik fani oldida turgan dolzarb masalalarni ijobiy hal etishga munosib ulushini qoʼshib kelayotgan oʼzbek tilshunosligi ham oʼtgan asr davomida rang- barang dunyoqarashlar, taʼlimotlar, nazariyalar taʼsirini boshidan kechirdi, umumlingvistik jarayonlar qamrovida qoldi. Oʼzbek nomli etnosotsial jamoa, yaʼni millatga taalluqli, uning boy tarixini oʼzida aks ettiruvchi, kundalik aloqa-muloqat ehtiyojini toʼla-toʼkis qondiruvchi, uni birlashtiruvchi, jipslashtiruvchi oʼzbek tilining tabiatini, shakllanish, taraqqiy topish bosqichlari kechagi va bugungi holati, ertangi istiqboli xususida aniq hamda ravshan tasavvurga ega oʼzbek tilshunosligi uchun hozirgi zamon jahon tilshunosligida yuz berayotgan oʼzgarishlar yot emas. https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 7 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Hech ikkilanmay taʼkidlash lozimki, oʼzbek tili tizimida nafaqat qardosh turkiy tillarga oid xususiy jihatlar, shuningdek dunyoning besh qitʼasida mavjud mustaqil tillarga doir umumiy qonuniyatlar ham qaror topgan. XX asr oxiriga kelib tilni belgilar tizimi tarzida tadqiq etish masalasi tadqiqotchilarni ortiqcha qiziqtirmay qoʼydi. Lingvistika yana psixologiya va sotsiologiya bilan yaqindan munosabatga kirishishga intila boshladi. Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok etishidagi oʼziga xos jihatlarning tilda aks etishini oʼrganish lingvokulturologiyaning asosiy maqsadidir. Mazkur sohaning obekti til va madaniyat, predmeti esa oʼzida madaniy semantikani namoyon etuvchi til birliklari hisoblanadi. Binobarin, lingvokulturologiyada madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi. Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, nutqiy etiketlar eng asosiy lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Olamning lisoniy manzarasini, madaniyatning asosiy konseptlari majmui boʼlgan konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash hamda til egalarining milliy-madaniy mentalligini aks ettiruvchi lisoniy birliklarni, insoniyatning qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga xos boʼlgan milliy ijtimoiymadaniy stereotiplarni aniqlash lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi. Tilning voqelanishda inson omili bilan bogʼliq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini tadqiq qilish lingvopragmatik va psixolingvistik yoʼnalishning oʼrganish manbaini tashkil etadi. Maʼlumki, nutqiy muloqot oʼnlab – milliy, etnografik, ijtimoiy, falsafiy-madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar voqelanishi bilan qorishuvidan
Доказательный фрагмент
«This article explores the complex field of expressive means in linguistics, which aims to comprehensively analyze the various means and methods used to convey feelings, attitudes, and expressions in language.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the complex field of expressive means in linguistics, which aims to comprehensively analyze the various means and methods used to convey feelings, attitudes, and expressions in language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- expressive means, expression, expressiveness, stylistics, stilistika, ekspressivlik, tilshunoslik, linguistics, ekpressiya, Keywords: expressive means, language expression., Kalit so‘zlar: ekspressiv vositalar, til ifodasi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026