К содержанию
РецензированоUZ2025

MAHALLIY SANOAT KORXONALARIDA MARKETINGNING AHAMIYATI

Rustamov Zafar Xudayqulovich · Talaba: Ahtamov Dalerjon Akbarovich

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Maqolada mahalliy sanoat korxonalarining muvaffaqiyatli rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalarining roli tahlil qilingan. Samarali marketing faoliyati orqali bozor talablari va iste’molchi ehtiyojlari aniqlanib, savdo hajmi oshirilishi, eksport salohiyati kengaytirilishi hamda ichki bozorda barqaror o‘rin egallash imkoniyati yaratilishi yoritilgan. Mahalliy sanoat korxonalarining muvaffaqiyatli rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalarining roli juda muhimdir. Zamonaviy bozor sharoitida samarali marketing tadbirlari mahsulot va xizmatlarning iste’molchilarga yetkazib berilishida asosiy omil hisoblanadi. Marketing bozor talablarini tahlil qilish, iste’molchilarning ehtiyojlarini o‘rganish, samarali reklama va brend imidjini shakllantirish orqali korxonalarning savdo hajmini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, mahalliy sanoat korxonalari uchun innovatsion marketing vositalaridan foydalanish, eksport salohiyatini kengaytirish va ichki bozorda mustahkam o‘rin egallash muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, marketing tamoyillarini to‘g‘ri qo‘llash mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish va uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim omillardan biridir. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 3 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 Bugungi global iqtisodiyot sharoitida mahalliy sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Raqobat kuchayib borayotgan sharoitda samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish va qo‘llash korxonalar uchun muhim omil bo‘lib, u mahsulot va xizmatlarning bozorga moslashuvi, iste’molchilarning ehtiyojlarini aniqlash va ularni qondirish imkonini beradi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning marketingga e’tibor qaratishi ularning eksport salohiyatini oshirish, ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va iste’molchilarning ishonchini qozonishda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va marketingning innovatsion yondashuvlari mahalliy sanoat korxonalariga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu sababli, marketing tamoyillarini samarali tatbiq etish nafaqat korxonalarning rivojlanishi, balki mamlakat iqtisodiyotining o‘sishiga ham xizmat qiladi. Mahalliy sanoat korxonalarida marketingning ahamiyati ilmiy jihatdan keng o‘rganilgan bo‘lib, bu borada xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro miqyosda marketing va sanoat korxonalarining rivojlanishi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan: Philip Kotler – “Marketing Management” (Marketing boshqaruvi) asarida marketing strategiyalarining sanoat korxonalaridagi roli, iste’molchilarga yo‘naltirilgan yondashuvlar va bozor tadqiqotlari bo‘yicha asosiy tamoyillar bayon etilgan1. Michael Porter – “Competitive Strategy” (Raqobat strategiyasi) asarida sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va marketing yondashuvlarining muhim jihatlari tahlil qilingan2. 1 Philip Kotler, Kevin Lane Keller – Marketing Management (15th Edition), Pearson, 2015. 2 Michael E. Porter – Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors, The Free Press, 1980. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 4 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 David A. Aaker – “Strategic Market Management” (Strategik marketing boshqaruvi) kitobida brend va marketing strategiyalarining sanoat korxonalari rivojlanishidagi o‘rni o‘rganilgan3. Jean-Jacques Lambin – “Market-Driven Management” (Bozor boshqaruvi) kitobida marketingning sanoat korxonalari rivojlanishiga ta’siri va ularning samarali faoliyat yuritish usullari tahlil qilingan. Bu tadqiqotlar sanoat korxonalarining rivojlanishida marketing strategiyalarining ahamiyatini ko‘rsatib beradi va raqobatbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy yondashuvlarni taklif qiladi. O‘zbekistonlik tadqiqotchilar tadqiqotlari Mamlakatimizda ham marketing va sanoat korxonalari rivoji bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan: Shodmonov Sh.Sh. – “Marketing nazariyasi va amaliyoti” asarida marketingning nazariy asoslari va uning sanoat korxonalaridagi ahamiyati yoritilgan4.Abdukarimov I.T. – “Marketing asoslari” kitobida O‘zbekiston sanoat korxonalarida marketingning strategik roli va innovatsion yondashuvlar o‘rganilgan5.Qosimov S.Q. – “Sanoat tarmoqlarida marketingni rivojlantirish yo‘nalishlari” tadqiqotida mahalliy sanoat korxonalarida marketingning dolzarb masalalari tahlil qilingan6. Ushbu tadqiqotlar mahalliy sanoat korxonalarining marketingga oid strategiyalarini ishlab chiqish, bozorda raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion marketing vositalaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida boshqa sohalari qatori sanoat sohasi ham jadal sur’atlarda rivojlanishiga erishildi buni quyidagi 1-rasmdan ko’rishimiz mumkin unda yillar o’tgan sari korxonalari sonini o’sishi o’rganilgan 3 David A. Aaker – Strategic Market Management, Wiley, 1-nashr (1984) page 158 4 Shodmonov Sh.

Доказательный фрагмент

«Maqolada mahalliy sanoat korxonalarining muvaffaqiyatli rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalarining roli tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada mahalliy sanoat korxonalarining muvaffaqiyatli rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalarining roli tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bozor talabi, ichki bozor, iste’molchi ehtiyoji, iqtisodiy barqarorlik., raqobatbardoshlik, sanoat korxonalari, Kalit so’zlar: marketing strategiyasi, innovatsion marketing
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники