К содержанию
РецензированоRU2025

INFLATSIYANING KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNING OLDINI OLISH USULLARI

OLISH USULLARI · Toshqulova Shaxzoda Berdiyor qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

В данной статье анализируются причины возникновения инфляции и ее влияние на экономику. Инфляция обьясняется как результат дисбаланса между спросом и предложением увеличения затрат на производство роста денежной массы и других факторов. Также приведена информация о различных формах инфляции, в том числе инфляции спроса и инфляции предложения. В статье рассмотрены методы предотвращения и регулирования инфляции. Данный материал будет полезен специалистам, исследователям и студентам, стремящимся глубже понять процессы инфляции и пути обеспечения экономической стабильности. Ключевые слова. Инфляция, экономика, цена, деньги, продукт, затраты, рынок, производство, спрос, предложение, государство, бюджет, баланс. Kirish. Iqtisodiyotda inflatsiya va deflatsiya ikki qarama-qarshi hodisa sifatida uchraydi. Inflatsiya pul qiymatining pasayishi natijasida narxlarning oshishini anglatadi, deflatsiya esa buning aksiga, narxlarning pasayishi bilan pulning qadrining oshishini bildiradi. Ammo bu jarayonlar doimiy yoki mavsumiy bo‘lishi shart emas, balki uzoq muddatli iqtisodiy tendensiyalar asosida yuz beradi. Masalan, meva va sabzvotlar narxi hosil mavsumida arzonlashadi, bunday holatni deflatsiya deb atash noto‘g‘ri bo‘ladi. Deflatsiya yoki inflatsiya haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun narxlardagi o‘zgarishlarni uzoq vaqt davomida kuzatish lozim. Aslida, inflatsiya va deflatsiya jarayonlari asosiy mahsulotlar savati bo‘yicha hisoblanadi, bu savatda odatda 300 dan ortiq tovarlar kiritiladi. Zamonaviy iqtisodiyotda narxlarning barqaror oshishi kuzatiladi, chunki mutloq narxlar pasayadigan iqtisodiy tizim mavjud emas. Asosiy qism. Inflatsiya, deganda narxlarning doimiy o‘sishi sababli pul qiymatining pasayishi tushuniladi. Inflatsiya sodir bo‘lganda aksariyat mahsulot va https://scientific-jl.com/luch/ 7 7 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 xizmatlarning umumiy darajasi oshadi. Natijada, pul qadrsizlanadi, ya‘ni xaridor avvalgidan ko‘ra ko‘proq pul sarflashga majbur bo‘ladi. Inflatsiya sharoitida iqtisodiyotdagi pul massasi ortadi, lekin unga mos ravishda tovar va xizmatlar hajmi oshmasa, muvozanat buziladi. “Inflatsiya” termini dastlab 1861- 1865 – yillarda Shimoliy Amerikada, so‘ngra Fransiya va Germaniyada ham qo‘llangan. Inflatsiya jarayoni narxlarning o‘sishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. Inflatsiya, asosan, mahsulot va xizmatlar sifatining oshmasdan narxlarining ortishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, oltin va xorijiy valyutalarning milliy pul birligiga nisbatan qimmatlashishi ham inflatsiyaning belgilari hisoblanadi. Ishlab chiqarish hajmining talab darajasidan past bo‘lishi, bozorda ehtiyojni qondira olmaydigan mahsulotlarning ko‘payishi, byudjet tanqisligini qoplash maqsadida qo‘shimcha pul chiqarilishi, investitsiyalarni emmisiya yo‘li bilan moliyalashtirish, monopol narxlarning mavjudligi, narxlarning ortib ketish sababli odamlarning keragidan ortiq mahsulot xarid qilishi, xorijdan qiymati tushib ketgan valyutalarning mamlakatga ko‘plab kirib kelishi va boshqa iqtisodiy omillar inflatsiyani keltirib chiqaradi. Inflatsiyaning oshishi iqtisodiyotga turli ta‘sirlar ko’rsatadi. Agar uning darajasi me‘yordan oshsa, iqtisodiy jarayonlar izdan chiqadi. Ayniqsa, giperinflyatsiya holatida narxlar sezilarli darajada ko‘tarilib, iqtisodiyotni beqaror holatga keltiradi. Inflatsiyaning ochiq va yashirin turlari mavjud. Ochiq inflatsiya bozor iqtisodiyoti sharoitida kuzatilib, narxlarning erkin o‘sishi iqtisodiy muvozanatga ta‘sir qiladi. Garchi bu jarayon bozor mexanizmini izdan chiqarsa ham, iqtisodiyot o‘z-o‘zini moslashtirishga harakat qiladi. Yashirin inflatsiya esa boshqa shaklda namoyon bo‘ladi. Davlat narxlarning keskin oshishiga qarshi chora ko‘rib, ularni ma‘lum darajada tartibga solishga harakat qiladi. Biroq bu holat bozordagi tabiiy muvozanatni buzib, iqtisodiy mexanizmlarning samaradorligini pasaytirsh mumkin. Narxlarning sun‘iy muzlatilishi esa ishlab chiqarish https://scientific-jl.com/luch/ 7 8 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 xarajatlarini oshirib, kapital oqimining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu esa mahsulot yetishmovchiligining va narxlarning yanada ko‘tarilishiga olib keladi. Ochiq inflatsiyaning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular orasida talab inflatsiyasi, harajat inflatsiyasi va tuzilma bilan bog‘liq inflatsiya ajralib turadi. Ushbu inflatsiya shakllari bevosita bozor mexanizmlari natijasida shakllanadi. Bozor sharoitida inflatsiya tabiiy ravishda vujudga keladi va muvozanat saqlanadi. Bu holatda narxlarning nisbati o‘zgarmay, harajatlarning oshishi mahsulot narxlarining ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada, korxonalar o‘z daromadlarini saqlab qolishga harakat qiladi. Inflatsiya pul qadrsizlanishiga sabab bo‘lib, uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli davlat inflatsiyaga qarshi chora- tadbirlar ishlab chiqadi, jumladan, davlat xarajatlarini kamaytirish, soliq stavkalarini oshirish, pul masassini cheklash, narxlar usti

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются причины возникновения инфляции и ее влияние на экономику.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются причины возникновения инфляции и ее влияние на экономику. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inflation, economy, price, money, product, costs, market, production, balance., state, государство, taklif, цена, спрос, narx, Kalit so‘zlar. Inflatsiya, xarajatlar, demand, Ключевые слова. Инфляция, bozor, byudjet, ishlab chiqarish, затраты, talab, рынок, бюджет, davlat, muvozanat., supply, производство, Key words. Inflation, budget, экономика, баланс., mahsulot, продукт, предложение, pul, деньги, iqtisodiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники