К содержанию
РецензированоUZ2025

OILA TURMUSH DOIRASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING KELIB CHIQISHI VA ULARNING VIKTIMALOGIK PROFILAKTIKASI

VICTIMOLOGICAL PREVENTION · J.T. Obloqulov (Department prevention inspector lieutenant)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqola orqali siz tadqiqot mavzusining dolzarbligi, predmeti, obʼekti, vazifalari, zo’ravonlik turlari, oila turmush doirasi huquqbuzarlikni oldini olish yo’llari, oilaning rivojlanish tarixi, turmush doirasidagi huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillar, ushbu turdagi huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, bugungi kundagi holati, shuningdek ushbu hamkorlikdagi muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqilgan. ANNOTASION: Through this article, you will learn about the relevance of the research topic, its subject, object, objectives, types of violence, ways to prevent domestic violence, the history of family development, factors that cause domestic violence, the early prevention of these types of violence, its current status, as well as the problems and shortcomings in this cooperation and a number of proposals have been developed to eliminate them. https://scientific-jl.com/luch/ 4 8 3 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Kalit so`zlar: oila, zo’ravonlik, oiladagi zo’ravonlik, oiladagi muhit, erta turmush, profilaktika inspektorlarining oila turmush doirasida huquqbuzarliklarni oldini olish. Keywords: family, violence, domestic violence, family environment, early marriage, prevention of violations within the family by preventive inspectors. Oilaning rivojlanish tarixi juda murakkab va uzoq jarayonni o'z ichiga oladi. Oila, insoniyatning ilk davrlaridan boshlab, turli sotsial, iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar bilan birga rivojlangan. Ilk odamlar hayoti urug'lar yoki jamoalar shaklida bo'lgan. Ularning asosiy faoliyati hayot davomida birgalikda oziq-ovqat to'plash, ov qilish va xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan edi. Shunday qilib, oilaviy munosabatlar va qarindoshlik tizimi ham birlashgan bo'lib, jamiyatda bir- birini qo'llab-quvvatlash va birgalikda yashash tamoyillari mavjud edi. Qishloq xo'jaligi rivojlanishi bilan, oila tuzilmasi ancha murakkablashdi. Ertalabdan kechgacha mehnat qilishga zarurat tug'ilganda, oila ichidagi ro'l va vazifalar yanada aniqroq bo'ldi. Ota-ona va bolalar orasida oilaviy ishlar va mas'uliyatlar taqsimlandi, bu esa ijtimoiy tuzilma va o'zaro munosabatlarning mustahkamlanishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning o'rtalaridan boshlab, oila shakli va roli sezilarli darajada o'zgardi. Ayollar huquqlari, jinsiy tenglik va ijtimoiy islohotlar tufayli oila ichidagi rollar yanada o'zgardi. Oila shakllari an'anaviy (ota, ona, farzandlar) va zamonaviy (bir jinsli oilalar, ajrimlar) shakllarda mavjud bo'lib, ijtimoiy tenglikka intilish oila tuzilmasining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda, oila tuzilmasi va ijtimoiy munosabatlar har xil va juda farq qiladi. Ajrimlar ko'paydi, bir jinsli oilalar yuridik jihatdan tan olinmoqda, va oila shakllari an'anaviydan farq qiladigan ko'plab yangi turlarini o'z ichiga oladi. Internet ham oila a'zolarining o'zaro munosabatlariga ta'sir qilmoqda, masalan, uzoq masofadagi oilalar va onlayn aloqa vositalari orqali o'zaro muloqot.Shu https://scientific-jl.com/luch/ 4 8 4 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 tariqa, oila tuzilmasi va uning rivojlanishi ijtimoiy va madaniy o'zgarishlarga qarab o'zgarib borgan va har bir davrning xususiyatlariga moslashgan. Oila turmush doirasida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid statistik ma’lumotlar tahlillariga asoslanib, oiladagi zо‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratdik: a) oiladagi nosog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit; b) oilada ma’naviy-axloqiy tarbiyaning zaifligi yoki sustligi; v) oiladagi moddiy yetishmovchilik va qiyinchiliklar; d) oila a’zosi (a’zolari)ning spirtli ichimlikka ruju quyishi; ye) asossiz meyoridan ortiq rashk, erkak va ayolning xiyonati; j) erta turmush qurish, yosh oiladagi munosabatlarga noо‘rin aralashuv. Oilada nosog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit. Oiladagi zо‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, eng avvalo oiladagi nosog‘lom ma’naviy- ruhiy muhitning mavjudligi bilan taqozo etiladi. Kriminolog olimlarning ta’kidlashicha, shaxs shakllanishida oiladagi muhit dolzarb ahamiyatga ega. Rossiyalik olim Y.M.Antonyanning fikricha, oiladagi zо‘ravonlikning asosiy sabablaridan biri – ota-onaning farzandiga mehr qо‘ymaganligi, uning tarbiyasiga e’tiborsizligidir. Shaxsning bolalikda mehr-muruvvatdan mahrum qilinishi uning ruhiyatida bezovtalik, qо‘rqinch, nafrat kabi hissiyotlarni shakllantiradi. Bu hissiyotlar ongsiz ravishda qayd etib boriladi va murosasiz xulq- atvorning, jumladan uning eng ashaddiy kо‘rinishi oilada zо‘ravonlikning paydo bо‘lishiga olib keladi.Agar oilada ma’naviy-axloqiy muhit nosog‘lom bо‘lib, er-xotin va boshqa oila a’zolari о‘rtasida mehr-oqibat, bir-birini mensimaslik, qо‘pollik, hurmatsizlik mavjud bо‘lsa, bunday oilalarda tez-tez nizolar kelib chiqishi muqarrardir. Har qanday voqea hodisaning, shu jumladan jinoyatlarning sodir etilishida kriminogen omillarning ta’sir etishi muayyan oqibatning kelib chiqishiga sabab bо‘ladi. Tahlillar shuni kо‘rs

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola orqali siz tadqiqot mavzusining dolzarbligi, predmeti, obʼekti, vazifalari, zo’ravonlik turlari, oila turmush doirasi huquqbuzarlikni oldini olish yo’llari, oilaning rivojlanish tarixi, turmush doirasidag…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola orqali siz tadqiqot mavzusining dolzarbligi, predmeti, obʼekti, vazifalari, zo’ravonlik turlari, oila turmush doirasi huquqbuzarlikni oldini olish yo’llari, oilaning rivojlanish tarixi, turmush doirasidag… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
family, violence, domestic violence, family environment, early, early marriage, oiladagi zo’ravonlik, oiladagi muhit, zo’ravonlik, Kalit so`zlar: oila, Keywords: family, erta turmush, profilaktika inspektorlarining oila turmush doirasida huquqbuzarliklarni oldini olish., prevention of violations within the family by preventive inspectors.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники