Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA'MINLASH
TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida turli raqamli xujumlar xavfi statistik ma’lumotlarga asoslangan holda yoritib beriladi. Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, kiber-jinoyat, kiber-xavfsizlik, kompyuter texnologiyalari, raqamli texnologiyalar. O’zbekiston raqamli iqtisodiyotga o’tar ekan, o’z-o’zidan mamlakat iqtisodiyotida yangi toifadagi internetga asoslangan bizneslar ko’payadi. Turli xil internet do’konlar, turli xildagi yetkazib berish xizmatlari, onlayn kurslar va shunga o’xshash yangidan-yangi bizneslar ko’payibgina qolmay, an’anaviy shakldagi tadbirkorlik subyektlari ham tabiiyki, internetdan foydalanishga majbur bo’lib qoladi. Negaki ular soliq hisobotari va shunga o’xshash hujjatlarni yagona interaktiv hukumat portallari orqali topshirishga o’tadi. Iqtisodiyotning raqamlashuvi davlat, tadbirkorlar va fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratib berishi bilan birgalikda ularga bir qancha muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bu xavf – kiber-hujumlar (raqamli hujumlar) bo’lib, buning natijasida, internet orqali pul o’tazmalari, davlat va tijorat sirlari, fuqarolarning daxlsizligi xavf ostida qolishi mumkin. Kiber-jinoyat (raqamli jinoyat yoki kompyuterga asoslangan jinoyat) – kompyuter, mobil aloqa vositalari va internet texnologiyalari orqali sodir etiladigan ijtimoiy xavfli qilmish sanaladi. Kiber-jinoyatlar obyekti, asosan, shaxslar, davlat https://scientific-jl.com/luch/ 5 1 5 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 xavfsizligi va moliyaviy barqarorligi, shu bilan birga biznes tashkilotlarining normal faoliyati hamda tijorat sirlari bo’ladi. Kiber-jinoyatning jinoyat quroli – internet va eng so’nggi raqamli texnologiyalar bo’lib, mamlakatning harbiy, strategik tarmoqlarini ishdan chiqarish salohiyatiga ega. Mazkur jinoyat subyektlari hakerlar deb atalgan va odatda yuqori malakaga ega bo’lgan kompyuter mutaxassislari sanaladi. Shuning uchun ko’plab davlatlar o’zining kiber-xavfsizlik tizimiga yuqori darajadagi kompyuter mutaxasislarini jalb qilishni istashadi. Kiber-jinoyatning o’ziga xosligi shundaki, mazkur jinoyatda ustunlik buzg’unchi jinoyatchilar qo’lida bo’ladi. Negaki, bunday jinoyatni fosh qilish juda qiyin va murakkab sanaladi. Shu bois bunday jinoyatlar odatda laten jinoyatlar qatoriga kiritiladi. “Masalani qay jihatidan olib qaramang, ustunlik buzg’unchi-jinoyatchilar tomonida”, – deydi ekspert Larri Klinton. “Qonunlar sust. Sohani yaxshi biladigan mutaxassislar kam. Xurujlarni uyushtirish oson va arzon. Qo’lidan kelgan odam katta mukofot oladi” Kiber-jinoyatchilik nisbatan yangi tushuncha bo’lsada, ko’plab davlatlar iqtisodiyotiga qimmatga tushayotgan muammo. Ayniqsa, bugungi kunda ko’plab davlatlarning shiddat bilan raqamli iqtisodiyotga o’tib borishi, raqamli jinoyatlar sodir etilishi xavfi kuchayib bormoqda. Kiber-xavfsizlik har bir davlat uchun strategik masala. Avval asosan davlat sirlari va yuqori texnologiyalar nishonga olingan bo’lsa, hozir jinoyatchilar mo’ljalni kengroq olmoqda, deydi AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FBR) rahbari Robert Myuller. Xususiy tadbirkorlik sohasining o’zida, Google, Yahoo, Dow Chemical va Northrop Grumman kabi 20 dan oshiq boshqa yirik kompaniyalar har yili kiber-xurujlar tufayli millonlab dollar qiymatida zarar ko’rishadi. “Google qidiruv tizimiga bo’lgan hujumlardan bilamizki, nafaqat hukumatlar, https://scientific-jl.com/luch/ 5 1 6 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 balki xususiy kompaniyalar ham bu tahdid oldida ojiz. Global iqtisodiy integratsiya bizga ko’p eshiklarni ochib berdi, jinoyatchilarga esa yangi imkoniyatlarni”, – deydi Myuller. McAfee nashrining 2017-yilda chop etilgan hisobotiga ko’ra, dunyo iqtisodiyoti raqamli jinoyatlar tufayli yiliga 600 milliard dollar zarar ko’radi. Vaholanki, bu ko’rsatkich mazkur nashrning 2014-yildagi hisobotiga ko’ra 445 milliard dollar atrfida bo’lgan. Bu shuni anglatadiki, kiber-jinoyatlar soni yildan yilga shiddat bilan o’sib bormoqda. Globallashuv jarayonining o’sib borishi bilan bugun deyarli barcha rivojlanayotgan davlatlar ham asta-sekinlik bilan raqamli iqtisodiyotga o’tmoqda. Bu esa agar kiber-xavfsizlik choralari kuchaytirilmasa, dunyo iqtisodiyoti kiber-hujumlardan ko’radigan zarar miqdori bundan ham yuqorilab ketishi mumkin. Bromium va McGuire tashkiloti tomonidan o’tkazilgan ijtimoiy tarmoq tadqiqotiga ko’ra, ijtimoiy tarmoqlar kiber-jinoyatlar sodir ertilishida o’sib boruvchi rol o’ynamoqda. Mazkur tadqiqotga ko’ra, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilgan raqamli jinoyatlar orqali kiber-jinoyatchilar yiliga 3.25 milliard AQSh dollari miqdorida daromad oladilar. Shuningdek, Bromium tadqiqotiga ko’ra ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsiy ma’lumotlarni (kredit karta ma’lumotlari, login va prollari) o’g’irlash orqali kiber- jinoyatchilar yiliga 630 million dollar daromad oladilar. Bitkoin kriptovalyutasi kiber-jinoyatchilarning eng sevimli va ishonchli valyutasi hisoblanadi. Avstralia universitetlari tadqiqotiga ko’ra, yillik nolegal daromadlarning 76 milliard AQSh dollari miqdori bitkoinlar orqali olinadi (jami
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida turli raqamli xujumlar xavfi statistik ma’lumotlarga asoslangan holda yoritib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida turli raqamli xujumlar xavfi statistik ma’lumotlarga asoslangan holda yoritib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompyuter texnologiyalari, raqamli texnologiyalar., Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, kiber-jinoyat, kiber-xavfsizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026