Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ECHINOCOCCUS GRANULOSUS PARAZITINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI. ECHINOKOKKOZ: ETIOLOGIYASI , HAYOTIY SIKLI VA KASALLIKNI OLDINI OLISHDAGI SAMARALI PROFILAKTIK CHORA -TADBIRLAR.
PROFILAKTIK CHORA -TADBIRLAR. · To’xtasheva Zuhra Alisherovna · To’xtasheva Fotima Alisherovna · Daminov Akmal Oxunjonovich
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ekinokokkoz — Echinococcus granulosus parazitining lichinka shakli bilan chaqiriladigan, surunkali kechuvchi, yuqori invazivlikka ega bo‘lgan zoonoz parazitozdir. Kasallik asosan jigar va o‘pka to‘qimalarida gidatik kistalar shakllanishi orqali rivojlanib, organizmda muhim fiziologik va immunobiologik buzilishlarni yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada ekinokokkning morfologik va biologik xususiyatlari, rivojlanish sikli, patogenezi, klinik ifodalanishi hamda differensial diagnostikasida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar tahlil qilingan. Ayniqsa, kasallikni erta aniqlash va oldini olishda kompleks epidemiologik yondashuvlar — yakuniy va oraliq mezbonlar ustidan doimiy nazorat, veterinariya-gigiyenik choralar, sanitariya-ma’rifiy targ‘ibot ishlari va atrof- muhitni dezinfeksiyalash kabi omillar o‘zaro integratsiyalashgan holda ko‘rib chiqilgan. Profilaktika strategiyalarining kuchaytirilishi va aholining xabardorligini oshirish kasallik tarqalishining oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Kalit so’zlar: echinokokkoz, Echinococcus granulosus, gidatik kista, zoonotik parazit, parazitar invaziya, immunobiologik javob, molekulyar va serologik diagnostika, yakuniy va oraliq mezbonlar, anthelmintik terapiya, echinokokkoz https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 3 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 profilaktikasi, veterinariya nazorati, sanitariya-gigiyena, epidemiologik monitoring. Asosiy qism. Echinococcus parazitining hayotiy sikli.Echinococcus paraziti murakkab hayotiy siklga ega bo‘lib, asosan ikki xo‘jayinning ishtirokini talab qiladi: asosiy (yakuniy) va oraliq xo‘jayinlar. Asosiy xo‘jayinlar, odatda, yirtqich hayvonlar, masalan, itlar, bo‘rilar yoki tulkilar bo‘lib, ularning ingichka ichaklarida Echinococcus parazitining voyaga yetgan shakli (trematod) yashaydi. Ushbu parazit hayvonning ichaklarida jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi va tuxum ishlab chiqaradi. Oxirgi proglotidalar bitta bittadan uziladi va hayvonning anal teshigidan najas orqali tashqi muhitga chiqariladi va ularning har biri oraliq xo‘jayinga o‘tishi uchun tayyor holda bo‘ladi. Oraliq xo‘jayinlar. Oraliq xo‘jayinlar, odatda, o‘txo‘r hayvonlar (masalan, qo‘y, echki, sigir) yoki kemiruvchilar bo‘lib, ular ifloslangan ozuqa yoki suv orqali tuxumlarni yeb yuborshadi .Tuxum dastlab ichakda onkosfera (lichinka shakli) hosil qiladi. Ushbu lichinkalar ichak devoridan o‘tib, qon orqali jigar, o‘pka va boshqa organlarga tarqaladi. Bu organlarda ular gidatik kista (sistit) shaklida rivojlanadi. Insonlar tasodifiy oraliq xo‘jayindir. Ular ifloslangan oziq-ovqat yoki suv orqali tuxumlarni yutib yuboradi.Kistalar yillar davomida o‘sib, sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Insonlar, odatda, parazitar siklni davom ettira olmaydi, chunki ular yirtqichlar tomonidan iste'mol qilinmaydi. Hayotiy siklning yakunlanishi asosiy xo‘jayinlar oraliq xo‘jayinning zararlangan organlarini iste'mol qilganida amalga oshadi. Bunda protoskolekslar ichakka tushadi va rivojlanib, yangi voyaga yetgan parazitlarga aylanishadi. Bu jarayon parazitar siklni yana boshidan boshlaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 4 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 DIAGNOSTIKA USULLARI Ekinokokkozning aniqlanishi uchun bir nechta klinik, laborator va tasviriy tekshiruvlar majmuasi talab etiladi. Zamonaviy diagnostika usullari orasida ultratovush, kompyuter tomografiyasi (KT), magnit-rezonans tomografiyasi (MRT), serologik testlar, molekulyar tahlillar va gistologik tekshiruvlar alohida o‘rin egallaydi. • Tasviriy diagnostika Jigar ekinokokkozi uchun ultratovush tekshiruvi (UZI) birlamchi, xavfsiz va arzon usul bo‘lib, kistalarning o‘lchami, tuzilmasi va joylashuvini baholashda qo‘llaniladi. KT kistalarning kaltsifikatsiyasi, ko‘p kamerali tuzilmasi va atrof to‘qimalarga tarqalishini aniq ko‘rsatadi. MRT esa kistalarning ichki tuzilmasi, qon https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 5 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 tomirlarga yaqinligi va infiltratsiyasini aniqlashda foydalidir. PET/KT yordamida parazitlar faoliyati va davolashga bo‘lgan javob monitoring qilinadi.[6,12] • Serologik testlar ELISA testi Echinococcus antigenlariga qarshi antikorlarni aniqlashda keng qo‘llaniladi. Em2 va Em18 antigenlariga asoslangan testlar yuqori sezuvchanlikka ega. Western blot va immunoblot usullari esa natijalarni tasdiqlash va aniqlikni oshirish uchun xizmat qiladi. • Molekulyar biologik usullar Polimeraza zanjir reaksiyasi (PCR) parazit DNK sini aniqlashda yordam beradi, ayniqsa biopsiya yoki suyuqlik namunalarida. Metagenomik keyingi avlod sekvensiyasi (mNGS) yordamida esa bemor plazmasida parazitga oid hujayrasiz DNK (cfDNA) aniqlanadi. • Gistologik tekshiruv Jarrohlik yo‘li bilan olingan kista yoki to‘qima namunalariga H&E, PAS va GMS bo‘yoqlari yordamida gistologik baho beriladi. Immunogistokimyoviy bo‘yoqlarda Em2G11 monoklonal antikori orqali parazit antigenlari aniqlanishi mumkin.[1,2,7] Bugungi kundagi davolash usullari. Echinokokk kasalliklarining davolash usullari, asosan, kasallikning turi (cystic echinococcosis - CE yoki alveolar echinococco
Доказательный фрагмент
«Ekinokokkoz — Echinococcus granulosus parazitining lichinka shakli bilan chaqiriladigan, surunkali kechuvchi, yuqori invazivlikka ega bo‘lgan zoonoz parazitozdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюEkinokokkoz — Echinococcus granulosus parazitining lichinka shakli bilan chaqiriladigan, surunkali kechuvchi, yuqori invazivlikka ega bo‘lgan zoonoz parazitozdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- veterinariya nazorati, parazitar invaziya, Echinococcus granulosus, sanitariya-gigiyena, gidatik kista, immunobiologik javob, molekulyar va serologik diagnostika, echinokokkoz profilaktikasi, zoonotik parazit, yakuniy va oraliq mezbonlar, Kalit so’zlar: echinokokkoz, anthelmintik terapiya, epidemiologik monitoring.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945