Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AUTENTIFIKATSIYA VA AVTORIZATSIYA BILAN ISHLASH.
Yusupov Mirsaid Abdulaziz o’g’li · Meliqoziyev Sahobiddin Umidjon o‘g‘li
Лучшие интеллектуальные исследования · 17 · 2025
Аннотация
This article provides a detailed analysis of two essential security mechanisms in information systems and web applications: authentication and authorization. While authentication ensures the identification of the user, authorization checks their access rights to resources. The article explores the differences between these two processes, their principles, and the technologies commonly used (OAuth 2.0, OpenID Connect, JWT, cookie, token-based authentication) to implement them. https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Keywords: Authentication, authorization, user identification, OAuth 2.0, OpenID Connect, JWT, RBAC, ASP.NET Core Identity, token, cookie, security, login, password, JSON Web Token Аннотация: В данной статье проводится подробный анализ двух ключевых механизмов безопасности в информационных системах и веб- приложениях: аутентификация и авторизация. Аутентификация обеспечивает идентификацию пользователя, тогда как авторизация проверяет его права доступа к ресурсам. В статье рассматриваются различия между этими процессами, их принципы и технологии, которые обычно используются для их реализации (OAuth 2.0, OpenID Connect, JWT, cookie, token-based authentication). Ключевые слова: Aутентификация, авторизация, идентификация пользователя, OAuth 2.0, OpenID Connect, JWT, RBAC, ASP.NET Core Identity, токен, cookie, безопасность, вход, пароль, JSON Web Autentifikatsiya va avtorizatsiya - zamonaviy axborot tizimlarining eng muhim va asosiy xavfsizlik mexanizmlaridan hisoblanadi. Axborot xavfsizligini ta'minlashda bu ikki jarayon bir-birini to‘ldiruvchi va tizimni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Autentifikatsiya, asosan, foydalanuvchining kimligini aniqlash jarayoni bo‘lib, tizimga kirish uchun uning shaxsini tekshiradi. Avtorizatsiya esa, autentifikatsiya jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, foydalanuvchiga qanday resurslarga kirish huquqi berilishini belgilaydi. Bu ikki jarayonni to‘g‘ri tashkil etish, tizimni xavfsizligini oshirishga yordam beradi va tizimdagi resurslarga ruxsatsiz kirishni oldini oladi. Shuningdek, autentifikatsiya va avtorizatsiya tizimlarda ma'lumotlarning maxfiyligini, yaxlitligini va mavjudligini ta'minlashga xizmat qiladi, bu esa barcha onlayn xizmatlarning asosiy talabidir. Zamonaviy veb-ilovalar, mobil ilovalar va korporativ tizimlarda autentifikatsiya va avtorizatsiyaning turli usullari qo‘llaniladi, masalan, parollar, https://scientific-jl.com/luch/ 4 7 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 ikki faktorli autentifikatsiya, tokenlar va ro‘yxatga olish xizmatlari. Ushbu maqolada autentifikatsiya va avtorizatsiya jarayonlarining o‘ziga xos jihatlari, ishlash tamoyillari va zamonaviy texnologiyalar yordamida xavfsizlikni ta'minlashning samarali usullari yoritiladi. Tizim xavfsizligini ta'minlashda autentifikatsiya va avtorizatsiyaning ahamiyati o‘sib bormoqda, shu bois bu mexanizmlar har bir tizimning mustahkam asosiga aylanishi kerak. Autentifikatsiya (shaxsni aniqlash) jarayoni foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish uchun amalga oshiriladi. Bu jarayon tizimga kirish yoki unga ma'lumot yuborishdan oldin, foydalanuvchining kimligini tasdiqlashga xizmat qiladi. Autentifikatsiya jarayonining asosiy maqsadi tizimga faqat ruxsat etilgan shaxslarni kirishini ta'minlashdir. Buning uchun turli usullar qo‘llaniladi, masalan, foydalanuvchining identifikatsiya ma'lumotlari (login va parol), biometrik ma'lumotlar (barmoq izi, yuzni tanib olish), yoki xavfsiz tokenlar (masalan, bir martalik parollar yoki SMS orqali yuborilgan kodlar). Autentifikatsiya jarayoni tizimning asosiy xavfsizlik qatlamini tashkil etadi, chunki uning yordamida tizimga kirayotgan har bir foydalanuvchining kimligi tasdiqlanadi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan autentifikatsiya usuli login va parol kombinatsiyasidir. Foydalanuvchi tizimga kirish uchun o‘zining maxfiy ma'lumotlarini taqdim etadi, va tizim bu ma'lumotlarni saqlangan ma'lumotlar bilan taqqoslaydi. Shuningdek, ikki faktorli autentifikatsiya (2FA) keng qo‘llanilmoqda, bunda foydalanuvchi faqatgina parolni emas, balki qo‘shimcha xavfsizlik kodini ham kiritishi kerak bo‘ladi. Bu usul xavfsizlikni sezilarli darajada oshiradi, chunki hatto parolni bilgan shaxs ham tizimga kirish uchun ikkinchi bosqichni o‘tishi kerak. Zamonaviy tizimlarda, autentifikatsiya jarayonlari tokenlar orqali amalga oshirilishi mumkin, bu esa foydalanuvchini bir marta tizimga kirgandan so‘ng, biror vaqt davomida tizimga qayta-qayta parol kiritmasdan kirish imkonini beradi. Tokenlar, ayniqsa, mobil ilovalar va veb-ilovalar uchun qulay bo‘lib, ular foydalanuvchining xavfsizligini ta'minlash bilan birga tizimning ishlash samaradorligini oshiradi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 8 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Autentifikatsiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va xavfsizligini ta'minlash tizimni ruxsatsiz kirishdan himoya qiladi, shu bilan birga foydalanuvchilarga ham oson va xavfsiz ishlash imkoniyatini yaratadi. Avtorizatsiya (huquqlarni tekshirish) jarayoni autentifikatsiya jara
Доказательный фрагмент
«This article provides a detailed analysis of two essential security mechanisms in information systems and web applications: authentication and authorization.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a detailed analysis of two essential security mechanisms in information systems and web applications: authentication and authorization. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Authentication, authorization, user identification, OAuth 2.0, идентификация пользователя, RBAC, xavfsizlik, пароль, parol, cookie, avtorizatsiya, JSON Web Token, JWT, ASP.NET Core Identity, авторизация, токен, Keywords: Authentication, security, identifikatsiya, password, login, OpenID Connect, вход, token, Ключевые слова: Aутентификация, foydalanuvchi identifikatsiyasi, безопасность, JSON Web, Kalit so'zlar: Autentifikatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945