Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INFRATUZILMA LOYIHALARIDA RISK BOSHQARUVI: DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR O'RTASIDAGI RISKLARNI OPTIMAL TAQSIMLASH MEXANIZMLARI
Shomurotova Yulduz Majidovna · О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi huzuridаgi
Академические исследования в современной науке · 991- 1008 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola O'zbekistonda davlat va xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini boshqarishning innovatsion mexanizmlari va ularni xalqaro tajriba asosida joriy etish istiqbollarini tahlil qiladi. Tadqiqot adabiyotlar tahlili va mavjud ma'lumotlar asosida DXSh loyihalarini samarali boshqarish uchun zarur bo'lgan institutsional, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni ko'rib chiqadi. Maqolada O'zbekistonda DXSh loyihalarini amalga oshirishning joriy holati hamda xalqaro ilg'or tajribalardan foydalanish orqali ushbu sohani rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Kalit so'zlar: davlat-xususiy sheriklik, innovatsion mexanizmlar, loyihalarni boshqarish, xalqaro tajriba, institutsional islohotlar, investitsiyalar, O'zbekiston. Kirish. Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi sharoitida davlat va xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmi iqtisodiyotni modernizatsiyalash, infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishda samarali vosita sifatida tan olingan [1]. O'zbekiston Respublikasida so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar doirasida DXSh loyihalarini joriy etish va ularni samarali boshqarishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda yiliga 2,5 trln. AQSh dollaridan ortiq mablag' talab etiladi. Biroq, davlat byudjetlari bunday katta mablag'ni ta'minlash imkoniyatiga ega emas, shu sababli xususiy sektorning investitsiyalarini jalb qilish zaruriyati tobora ortib bormoqda [2]. O'zbekiston sharoitida ham DXSh mexanizmlaridan foydalanish orqali iqtisodiyotning turli sohalarida jiddiy natijalarni qo'lga kiritish imkoniyatlari mavjud. Ushbu tadqiqot O'zbekistonda DXSh loyihalarini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini xalqaro tajriba asosida joriy etish istiqbollarini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolaning maqsadi xalqaro tajribani o'rganish orqali O'zbekistonda DXSh sohasini yanada rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Asosiy qism. Davlat-xususiy sheriklik – bu davlat organlari va xususiy sektor o'rtasidagi uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarni o'z ichiga olgan hamkorlik shakli bo'lib, unda davlat tomonidan xususiy sektorga ma'lum bir majburiyatlar va mas'uliyatlar topshiriladi [3]. DXSh loyihalari davlat va xususiy sektor o'rtasida samarali hamkorlikni rag'batlantirish, resurslar va tajribalarni birlashtirib, o'zaro manfaatli maqsadlarga erishish orqali jamoat muammolarini hal qilish imkonini beradi [4]. O'zbekiston Respublikasining "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida"gi Qonuni 2019-yil 10-mayda qabul qilingan bo'lib, ushbu qonun DXSh sohasidagi munosabatlarni tartibga solish 95 maqsadida ishlab chiqilgan [5]. DXSh loyihalarida innovatsiyalarni joriy etish bu sohadagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xususiy investitsiyalar, shartnomalarni birlashtirish va xususiy sektorga risklar o'tkazilishi innovatsiyalarni rag'batlantiruvchi omillar sifatida qaraladi [6]. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2019-2021-yillarda respublikada umumiy qiymati 2,9 mlrd. dollar bo'lgan jami 265 ta DXSh loyihalari bo'yicha ishlar olib borilgan. Bu loyihalar energetika, kommunal xizmatlar, sog'liqni saqlash, suv xo'jaligi, ekologiya, ta'lim, hunarmandchilik sanoati, madaniyat, transport, veterinariya va boshqa sohalarda amalga oshirilgan [1]. O'zbekiston 2030-yilgacha davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 30 milliard dollardan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo'yicha keng ko'lamli dastur qabul qilgan. Kelgusi besh yil ichida elektr, suv va gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o'tkazilishi rejalashtirilmoqda [7]. Bu esa DXSh sohasining keng ko'lamda rivojlanishidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq, DXSh asosida energetika, transport, sog'liqni saqlash, ta'lim, ekologiya va boshqa sohalarda qiymati qariyb 14 mlrd dollarlik 154 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan [2]. Xalqaro tajribadan ma'lumki, rivojlangan davlatlarda DXSh loyihalarini boshqarishda turli innovatsion mexanizmlar qo'llaniladi. Ayrim tadqiqotlar davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini delegatsiya, birlashish va mustaqil o'zlashtirish kabi uch asosiy mexanizm orqali tasniflab, ularning xalqaro darajada qo'llanilishi natijalarini ko'rsatib beradi [8]. Bunday mexanizmlar, ayniqsa, barqaror rivojlanish sohasida samarali bo'lib, ularning muvaffaqiyati turli manfaatdor tomonlarning faol ishtirokiga bog'liq. Xalqaro tajriba ko'rsatishicha, DXSh loyihalarining shakllanishida to'rtta asosiy yo'nalish mavjud: bozor talabi asosidagi, t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola O'zbekistonda davlat va xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini boshqarishning innovatsion mexanizmlari va ularni xalqaro tajriba asosida joriy etish istiqbollarini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola O'zbekistonda davlat va xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini boshqarishning innovatsion mexanizmlari va ularni xalqaro tajriba asosida joriy etish istiqbollarini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- davlat-xususiy sheriklik, innovatsion mexanizmlar, loyihalarni boshqarish, risk taqsimoti, risk boshqaruvi, infratuzilma loyihalari, optimal mexanizmlar, infratuzilma investitsiyalari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026