К содержанию
РецензированоUZ2025

QASHQADARYO VILOYATIDA BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY GEOGRAFIK JIHATLARI

QASHQADARYO VILOYATIDA BALIQCHILIKNI · Nurmatov N.E. · Nurmatov N.E. (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 10 · 439-442 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida baliqchilikni rivojlantirishning iqtisodiy-geografik jihatlari tahlil qilingan. Viloyatning tabiiy- geografik sharoiti, suv resurslari va iqlim xususiyatlari baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlariga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, baliqchilik xo‘jaliklarining hududiy joylashuvi, ishlab chiqarish hajmi va sohadagi iqtisodiy samaradorlik masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada baliqchilikni rivojlantirishdagi muammolar, ekologik omillar va sohaga oid investitsion imkoniyatlar tahlil qilinib, istiqboldagi yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Qashqadaryo viloyati, baliqchilik, suv resurslari, iqtisodiy geografiya, ekologik omillar, investitsiya. ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF FISHERIES IN THE KASHKADARYA REGION Nurmatov N.E. Shakhrisabz State Pedagogical Institute Annotation. This article analyzes the economic and geographical aspects of the development of fisheries in the Kashkadarya region. The impact of the natural and geographical conditions, water resources and climatic features of the 3-To’plam 1-son Mart , 2025 127 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari region on the development of fisheries is studied. Attention is also paid to the territorial location of fisheries, production volumes and economic efficiency in the industry. The article analyzes the problems of fisheries development, environmental factors and investment opportunities in the industry, and gives recommendations on future directions. Keywords: Kashkadarya region, fisheries, water resources, economic geography, environmental factors, investment. Jahon baliqchilik va akvakulturaning holati (SOFIA) hisobotining 2024 yilgi nashrida ta'kidlanishicha, 2022 yilda dunyoda 223,2 million tonna baliqchilik va akvakultura mahsulotlari ishlab chiqarilgan, bu 2020 yilga nisbatan 4,4 foizga oshgan. Bu hajmga 185,4 million tonna suv hayvonlari va 37,8 million tonna suv o'tlari kiradi. 2022-yilda akvakultura birinchi marta suv hayvonlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi sanoat baliqchilik o‘rnini egalladi. Sektorda misli ko'rilmagan 130,9 million tonna mahsulot ishlab chiqarilgan bo'lib, shundan 94,4 million tonnasi suv hayvonlari bo'lib, dunyodagi umumiy suv hayvonlari ishlab chiqarishining 51 foizini tashkil qiladi. О‘zbekiston agrar sohasini barqaror tizimli rivojlanishiga erishilishi uchun uning barcha tarmoqlarida izchil islohotlar olib borilishi lozim va olib borilmoqda. Ana shunday serhosil sohalardan biri – bu baliqchilikdir. Baliq – inson uchun muhim ozuqa hisoblanadi. 2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarilishida 2021- yil 20-martgacha “Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida gо‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish” tadbiri rejalashtirilgan. 2020-yil 14-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Qishloq xо‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish” bо‘yicha о‘tkazilgan 3-To’plam 1-son Mart , 2025 128 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari videoselektor yig‘ilishida respublikamizda intensiv usulda baliq yetishtirishni rivojlantirish holati past darajadaligi, baliq ishlab chiqarish hajmini 350 ming tonnaga yetkazish bо‘yicha keng ko‘llamli chora-tadbirlar amalga oshirish borasida ko‘rsatmalar berildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2010–2024-yillar davomida yetishtirilgan baliq hajmini viloyatlar kesimida tahlil qilinganda, Xorazm, Toshkent va Andijon viloyatlari baliqchilikning eng rivojlangan hududlari sifatida ajralib turib, 2024-yilda mos ravishda 32 969 tonna, 19 141 tonna va 21 730 tonna baliq ishlab chiqarilgan (1-+jadval) bo‘lib, ushbu uchta viloyat umumiy ishlab chiqarishning 38.5 foizini tashkil etgan va ayniqsa, Xorazm viloyati yetakchi o‘rinda bo‘lib, mamlakatda ishlab chiqarilgan baliqning 17.2 foizi aynan ushbu hudud hissasiga to‘g‘ri kelgan, shuningdek, Toshkent viloyati 10.0 foiz va Andijon 11.3 foiz ulush bilan yuqori natijalarni qayd etgan, bu esa ushbu viloyatlarda baliqchilik sanoat asosida rivojlanganini ko‘rsatadi. O‘rta darajadagi ishlab chiqaruvchilar qatoriga kiruvchi Samarqand (19 876 tonna, 10.4%), Namangan (17 212 tonna, 9.0%), Jizzax (16 271 tonna, 8.5%), Sirdaryo (10 551 tonna, 5.5%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (12 689 tonna, 6.6%) va Farg‘ona (14 073 tonna, 7.3%) viloyatlari baliqchilikni sezilarli darajada rivojlantirgan bo‘lib, ushbu hududlarda ishlab chiqarish hajmi 10 000–20 000 tonna oralig‘ida bo‘lib, ularning respublikadagi umumiy ulushi 47.3 foizni tashkil etgan, bu esa baliq yetishtirish hajmining muayyan hududlar bilan cheklanib qolmay, o‘rta darajadagi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida baliqchilikni rivojlantirishning iqtisodiy-geografik jihatlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida baliqchilikni rivojlantirishning iqtisodiy-geografik jihatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kashkadarya region, fisheries, water resources, economic, iqtisodiy geografiya, ekologik omillar, suv resurslari, environmental factors, investitsiya., Kalit so‘zlar: Qashqadaryo viloyati, Keywords: Kashkadarya region, baliqchilik, investment., economic geography
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники