Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA INKLYUZIV TA’LIMNING O’RNI VA BOLALARNING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · BOLALARNING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI (in-academy.uz/index.php/si) · Latipova Lobar Turaboyevna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida inklyuziv ta’limning o’rni va bolalarning rivojlanishiga ta’siri haqida yoritilib, maslahatlar va tavsiyalar berib, muammoli jihatlari o’rganilgan holatda yoritib o’tilgan. Kalit so’zlar: ta’lim, inklyuziv, pedagog, integratsiya, yordamga muhtoj, jamiyat, farzand, imkoniyat, segregatsion, tarbiya, muassasa, tashkilot. Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta'limning o'rni va ahamiyati haqida gaplashish juda muhim masalalardan biridir. Inklyuziv ta'lim, barcha bolalar uchun barqaror, o'zgarmas va barpo etilgan ta'limni ta'minlashni maqsad qiladi, ya'ni har qanday bola, har qanday sharoitda o'z malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Negaki, bolalarni qiziqishi uchun, jamoaga qo’shilib keta olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berilishi ularning qiziquvchanligini oshirib ijobiy hislatlarini shakllantiradi. Inklyuziv ta'lim tizimida har bir bola o'ziga xos xususiyatlari va o'zgaruvchilariga qarab, maxsus qo'llab-quvvatlash va kerakli bilimlarni olishi lozim. Bu esa har bir bolalarda qo'llab- quvvatlash orqali o’z ijobiy hislatlarini shakllanishi va ilm olishga qiziqishi oshirishini ta'minlaydi. Inklyuziv ta'limning o'rni juda katta, chunki bu ushbu ta'limot va tajribalar orqali barcha bolalarni qo'llab-quvvatlash, o'zlashtirish va ularga tushuntirishga imkon beradi. Bu esa jamiyatda yanada sog'liqni oshirish, bolalarni (farzandlarni) muvofiqlashtirish va butun jamiyat hayotini o'zlashtirish imkoniyatini yaratib beradi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. 86 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Maktabgacha ta'lim tizimida inklyuziv ta'limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog'lom bolalar qatoriga qo'shib sifatli ta'lim olishini ta'minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va harakatlarini rivojlantirishdir. Inklyuziv ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi? -o'z imkoniyatini o'zi uchun kashf etish imkonini beradi; - mustaqil harakatlanish bilan birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga keladi; -dunyoqarashi kengayadi va hayotiy tajribasi oshadi; -o'qishga bo'lgan ehtiyoji va qiziqishlari ortadi; -o'zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi; -ilgari sezilmagan, o’zi anglamagan imkoniyatlari ochiladi; -yotsirash, yakkalanish, begona kabi xususiyatlari yo'qoladi. Inklyuziv ta'lim sog'lom bolalar hayotiga qanday ta'sir ko'rsatadi? -o'zlariga o'xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar; -tengdoshlariga g'amxo'rlik hissi uyg'onadi; -ularni qo'llab-quvvatlash, yordam berishga intilish; -insonparvarlik hissi tarbiyalanadi; -o'quvchilarda atrofdagi insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o'zaro hurmat tarbiyalanadi; -yordamga muhtoj insonlarga e'tibosizlik qilmaydigan, befarq bo’lmaydigan shaxsga aylanadilar. Hozirda mamlakatimizda inklyuziv ta'limga yo'naltirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari kun sayin ko'payib va takomillashib bormoqda. Sharqning mashhur allomalari Ibn Sino, Imom al Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniylar tarbiyasining maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga, ta’limning ta’siri to’g’risidagi qarashlari inklyuziv ta’lim rivojlanishining metodologik bazasi hisoblanadi. Juda uzoq vaqt davomida maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim muassasalariga nisbatan maxsus segregatsion ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi. 1970-1980 yillarga kelib jahon miqyosida insonparvarlik va kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik g‘oyasining ilgari surilishi maxsus
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida inklyuziv ta’limning o’rni va bolalarning rivojlanishiga ta’siri haqida yoritilib, maslahatlar va tavsiyalar berib, muammoli jihatlari o’rganilgan holatda yoritib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida inklyuziv ta’limning o’rni va bolalarning rivojlanishiga ta’siri haqida yoritilib, maslahatlar va tavsiyalar berib, muammoli jihatlari o’rganilgan holatda yoritib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, inklyuziv, yordamga muhtoj, muassasa, ta’lim, farzand, pedagog, jamiyat, imkoniyat, tashkilot., segregatsion, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026