К содержанию
РецензированоUZ2026

AUTIZM BOLALARDA “PECS” KARTALARINI QO‘LLASH

Sеvinch Аxrоrоvа Аbrоrоvnа

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Autizm spektr buzilishi (ASB) bolalarda ijtimoiy muloqot, nutq va xulq- atvor rivojida turli darajadagi cheklovlarga olib keladi. Ko‘plab autizmli bolalar og‘zaki nutq orqali fikr bildira olmaydi yoki juda cheklangan so‘z boyligiga ega bo‘ladi. Bunday holatlarda muqobil va yordamchi kommunikatsiya vositalari, jumladan PECS kartalari, juda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: autizm, PECS, ehtiyoj, nutq, muloqot, Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev qarorlarida, nutqlarida ta’lim va tarbiya, ularning rivojlanishi, mazkur tizimni isloh qilishning mustahkam asosini yaratish, ong darajasini belgilovchi va uni rivojlanishi, mustaqil fikrlovchi shaxs shakllanishi omillariga alohida e’tibor qaratilgan. Hozirgi zamon taraqqiy etuvchi, kuchli demokratik davlat, fuqarolik jamiyatining strategik maqsadlariga erishish ta’lim tizimini takomillashtirish va isloh qilishning muhim masalalarini o’zida jamlagan O’zbekiston Respublikasi rivojlantirish strategiyasi to’rtinchi yo’nalishining amalga oshirilishiga bog’liq. Zamonaviy jamiyat oldida o’sib borayotgan avlodni tarbiyalash va ta’lim berishning istiqbol tizimini yaratish kabi muhim vazifa turibdi. Mazkur vazifalar rivojlanishida muammolarga ega bo’lgan, jumladan, Respublikamizda o’rganilmagan masala – bolalar autizmi tashxisiga ega bo’lgan bolalarga ham taalluqli. Autizm spektr buzilishi (ASB) — bu bolalarning ijtimoiy muloqot, nutq va xulq-atvorida turli darajadagi qiyinchiliklarga olib keluvchi nevrologik rivojlanish buzilishi hisoblanadi. Ushbu holat bilan tug’ilgan bolalar atrof-muhit bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelib, nutq rivojlanishida sezilarli orqada qolishlari mumkin. Shu sababli, autizmli bolalarning nutqini rivojlantirishga qaratilgan maxsus metodlar va yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Autizm spektr buzilishiga (ASB) ega bolalar uchun nutq rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib, har bir bolaning individualligini hisobga olgan holda maxsus yondashuv talab etadi. Nutqiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli metodlar sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalar bilan individual tarzda o‘tkaziladigan terapiyalar va multisensor 164 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference yondashuvlar eng samarali usullar qatoriga kiradi. Jumladan, amaliy xulq-atvor tahlili - ABA terapiyasi, rasmli muloqot tizimi – PECS terapiyasi hamda nutq terapiyasi bo‘yicha maxsus mashg’ulotlar autizmli bolalarning nutqiy rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Quyidagi olimlar autizm muammosi bilan shug’ullanganlar: L.Kanner, G.Asperger, S.S.Mnuxin, L.Uing, E.Ornis, K.Djillberg va boshqalar. Autizm sindromi nomi ilk bora 1943 yilda L.Kanner tomonidan tavsiflangan. Kannerdan tashqari mazkur sindrom G.Asperger tomonidan 1944 yilda hamda S.S.Mnuxin tomonidan 1947 yilda tavsiflab berilgan edi. Erta bolalik autizmi bor bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, erta bolalik autizmi bor bolalar bilan korreksion ishlarni olib borishning muhimligi, autistik belgilar paydo bo’lishi sabablarini tushunish, bunday bolalarni tarbiyalashda ota- onaning roli haqidagi ma’lumotlarning, korreksion ta’sirga ega bo’lgan metodikalarning kamligi va keng tarqalmaganligi muammosi mazkur tadqiqot ishining ahamiyatini hamda autizm bilan kasallangan bolalar bilan korreksion- rivojlantiruvchi logopedik ish olib borishda mutaxassislar uchun mavjud metodikalar va texnologiyalar bilan tanishish zaruriyatini ta’minladi. Amaliyotda rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarga, ayniqsa autizm bilan kasallangan bolalar uchun mo’ljallangan korreksion metodikalar ko’p emas. “Alohida e’tiborga muhtoj” bolaga nisbatan birlamchi tibbiy va psixologik yondashuvdan, shuningdek, pedagogik uslublardan farqlanuvchi 6 asosiy metodika va texnologiyalar mavjud. Bular – TEACCH texnologiyasi, ABA terapiyasi, Son-Rise metodikasi, Sensor integratsiya, PECS terapiya, “Flour Time” texnologiyasi kabi metod va texnologiyalardir. Shular orasida autizmli bolalar uchun assistive texnologiya sifatida eng ko‘p qo‘llaniladigan PECS (Picture Exchange Communication System) terapiyasi qoʻshimcha alternativ muloqot tizimidir. PECS 1985 yilda PhD Delaver rahbarligida logoped magistrlar Andy Bondy va Lori Frost tomonidan autizm dasturi ishlab chiqilgan. PECS dastlab autizm spektrining buzilishi (ASB) bo‘lgan yosh bolalar uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, uni qo‘llash ancha keng tarqalgan. Yillar davomida PECS turli tashxis va yoshdagi odamlar bilan muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda. PECS funksional muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda juda muvaffaqiyatli bo‘lgan dalillarga asoslangan amaliyotdir. Rasmli muloqot tizimi (PECS) og’zaki nutq bilan bog’liq muammolarni yengillashtirishda samarali bo‘lib, bolalar va atrofdagilar o‘rtasidagi tushunishni yaxshilaydi. Ushbu metoddan foydalangan bolalar og’zaki so‘zlashuvni 165 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference o‘z

Доказательный фрагмент

«Autizm spektr buzilishi (ASB) bolalarda ijtimoiy muloqot, nutq va xulq- atvor rivojida turli darajadagi cheklovlarga olib keladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Autizm spektr buzilishi (ASB) bolalarda ijtimoiy muloqot, nutq va xulq- atvor rivojida turli darajadagi cheklovlarga olib keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ehtiyoj, autizm, muloqot, nutq, PECS
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники