К содержанию
РецензированоUZ2026

BARQAROR TARAQQIYOTNI TA'MINLASHDA AYOLLARNING MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH

Nazarova Nigora Qayumjonovna

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada ayollar tadbirkorligining rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi omillar, mavjud qo'llab-quvvatlash mexanizmlari va ularni takomillashtirish yo'llari tahlil qilingan. O'zbekiston va xorijiy davlatlardagi tajribalar asosida ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida moliyaviy qo'llab-quvvatlash, ta'lim va malaka oshirish, huquqiy va ma'muriy mexanizmlarni takomillashtirish bo'yicha takliflar berilgan. Kalit so'zlar: ayollar tadbirkorligi, gender tenglik, moliyaviy qo'llab-quvvatlash, mikrokreditlash, kichik biznes, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, davlat dasturlari, mentorlik, raqamli ko'nikmalar. Kirish. Bugungi kunda dunyo miqyosida, jumladan O'zbekistonda ham, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish strategik ahamiyatga ega vazifalardan biri hisoblanadi. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, ayollar tadbirkorligining rivojlanishi mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining o'rtacha 3-4 foizga oshishiga olib kelishi mumkin [1]. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori ayollar tadbirkorligini qo'llab- quvvatlashning muhim huquqiy asosi bo'lib xizmat qilmoqda [2]. Mavjud statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining atigi 20-23 foizini ayollar boshqaradi, bu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlardagi 30-40 foizlik ko'rsatkichdan ancha past [3]. Ushbu tadqiqotning maqsadi ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish yo'llarini aniqlash va tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot usuliyati sifatida adabiyotlarni tahlil qilish va tizimli yondashuvdan foydalanildi. Asosiy qism. Ayollar tadbirkorligining rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish yo'llari turli olimlar tomonidan o'rganilgan. Olimlar tomonidan ko'rsatilgan asosiy to'siqlar qatoriga moliyaviy resurslarga cheklangan kirish, biznes ko'nikmalarining etishmasligi, ijtimoiy-madaniy stereotiplar, oilaviy majburiyatlar va tashkiliy-huquqiy qiyinchiliklar kiradi [4]. Ayollarga nisbatan kreditlash amaliyotidagi gender nomutanosiblik dunyoning ko'plab mamlakatlarida kuzatiladi. Xususan, Women's World Banking tashkiloti hisobotida ta'kidlanishicha, rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollar tomonidan boshqariladigan kichik va o'rta biznes subyektlari moliyalashtirish bo'yicha 1,7 trillion dollar miqdorida tafovutga duch kelmoqda [5]. O'zbekistonda ham shu kabi holat kuzatiladi – ayollar boshqaradigan bizneslar erkaklarga qaraganda 20-25% kamroq kredit mablag'larini olishi aniqlangan [3]. 24 Dunyo tajribasining ko'rsatishicha, ayollar tadbirkorligini samarali qo'llab-quvvatlash uchun kompleks yondashuv zarur. Moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish birinchi o'rinda turadi. Xususan, mikrokreditlash tizimini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bangladesh tajribasi, xususan Grameen banki modeli mikrokreditlashning ayollar tadbirkorligini rivojlantirishdagi ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda [6]. O'zbekistonda ham mikrokreditlash dasturlari mavjud, biroq ularning samaradorligini oshirish uchun kredit olish tartibini soddalashtirish, foiz stavkalarini pasaytirish va kafolatlarni kamaytirish talab etiladi. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, ayollar uchun maxsus kredit liniyalarini yaratish, garovsiz kreditlar ajratish va preferensial shartlar bilan kreditlar berish ayollar biznesining rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatadi [7]. Ta'lim va malaka oshirish ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashning ikkinchi muhim yo'nalishidir. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, biznes ko'nikmalarni rivojlantirish dasturlari, mentorlik va konsalting xizmatlari ayollar biznesining barqarorligini 30% gacha oshirishi mumkin [8]. O'zbekistonda Savdo-sanoat palatasi va Biznes ayollar assotsatsiyasi tomonidan o'tkaziladigan treninglar mavjud, biroq ularning ko'lami va qamrovi cheklangan. Xalqaro tajriba ko'rsatishicha, masofaviy ta'lim platformalari va mobil ilovalar orqali ta'lim dasturlarini tashkil etish ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashning samarali mexanizmi hisoblanadi. Masalan, Hindistonda "Internet Saathi" dasturi orqali 30 milliondan ortiq qishloq ayollari raqamli ko'nikmalarni egallagan va bu ko'pchilik ayollarning biznesni boshlab, rivojlantirishiga imkon bergan [9]. O'zbekistonda ham raqamli ko'nikmalarni oshirish dasturlarini kengaytirish zarur. Huquqiy va ma'muriy mexanizmlarni takomillashtirish alohida e'tibor qaratishni talab qiladi. Bugungi kunda O'zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan "Xotin-qizlarni va oilani qo'llab- quvvatlash davlat dasturi" va "Har bir oila – tadbirkor" dasturi shular jumlasidandir [2]. Biroq, bu dasturlarning ijrosi va samaradorligini oshirish muhim vazifa b

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ayollar tadbirkorligi, gender tenglik, moliyaviy qo'llab-quvvatlash, Moliyaviy savodxonlik, ayollar, barqaror taraqqiyot, O'zbekiston., iqtisodiy imkoniyatlar, moliyaviy ta'lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники