К содержанию
РецензированоUZ2026

KURASHCHILARNI TARBIYALASHDA JISMONIY TAYYORGARLIKNI O‘RNI

Burxanov Abduali Mamatmuratovich

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada kurashchilarning har tomonlama shakllanishida jismoniy tayyorgarlikning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Ayniqsa, kurashchilarda kuch, chaqqonlik, chidamlilik, muvozanat va koordinatsiya kabi asosiy jismoniy sifatlarni shakllantirish orqali ularning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Maqolada jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarining yoshga mos, bosqichma- bosqich tashkil etilishi, hamda bu jarayonda milliy kurashga xos an’anaviy uslublarning integratsiyasi orqali tarbiyaviy maqsadlarga erishish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari kurashchilarni nafaqat sport yutuqlari sari yo‘naltirish, balki ularni jismonan barkamol va ma’naviy yetuk shaxslar etib tarbiyalashda jismoniy tayyorgarlikning hal qiluvchi o‘rin tutishini asoslaydi. Kalit so‘zlar: Jismoniy tayyorgarlik, kuch, chaqqonlik, chidamlilik, muvozanat, koordinatsiya, jismoniy sifat, texnika, taktika. Annotation. This article analyzes the role of physical training in the comprehensive development of wrestlers from a scientific, theoretical and practical perspective. In particular, it highlights ways to improve the technical and tactical training of wrestlers by developing such basic physical qualities as strength, agility, endurance, balance and coordination. The article shows the possibilities of achieving educational goals through the age-appropriate, step- by-step organization of physical training sessions, as well as the integration of traditional methods specific to national wrestling in this process. The results of the study substantiate the fact that physical training plays a decisive role in not only directing wrestlers towards sporting achievements, but also in educating them as physically fit and spiritually mature individuals. Keywords: Physical fitness, strength, agility, endurance, balance, coordination, physical quality, technique, tactics. Kirish. Bugungi globallashuv davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining ahamiyati tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan so‘ng sport nafaqat mamlakatimizni xalqaro maydonda tanituvchi muhim omil, balki sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ustuvor vosita sifatida rivojlantirildi. Millat kelajagi – bu avvalo sog‘lom, jismonan chiniqqan va ma’naviy yetuk yosh 119 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference avlod bilan bog‘liqdir. Shu boisdan ham Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport tizimini har tomonlama takomillashtirish, uni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi[5]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-oktabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3306-son, 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5368-son, 2020-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomilashtirish va ilmiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4877-son. Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini taminlashda mazkur maqola muayyan darajada xizmat qiladi[10]. Sportni yanada ommalashtirish hamda aholi salomatligini yanada mustahkamlash to‘g‘risida so‘z borganda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi “Har bir ota-ona, har bir millatning niyati – jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bunga esa jismoniy tarbiya va sportsiz erishib bo‘lmaydi. Sport sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustunidir” degan so‘zlarini ta’kidlash joizdir[1]. Tadqiqot obyekti va qo‘laniladigan metodlar Tadqiqotning obyekti sifatida kurashchilarni tarbiyalashda jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni. Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda qiyosiy-taqqoslash, pedagogik kuzatuv, so‘rov, suhbat, anketa, test, intervyu, pedagogik eksperiment usullaridan foydalanildi[3]. Olinadigan natijalar va ularning taxlili Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sport mashg‘ulotlarining ajralmas va muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u sportchining asosiy jismoniy sifatlarini — kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik hamda tezkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimli jarayondir[4]. Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:  sportchining sog‘lig‘i holatini mustahkamlash va organizmning turli tizimlari (yurak-qon tomir, nafas olish, asab va boshqalar) funksional imkoniyatlarini oshirish; 120 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference  kurash sportining o‘ziga x

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kurashchilarning har tomonlama shakllanishida jismoniy tayyorgarlikning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kurashchilarning har tomonlama shakllanishida jismoniy tayyorgarlikning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Physical fitness, strength, agility, endurance, balance, chidamlilik, muvozanat, chaqqonlik, koordinatsiya, texnika, taktika., jismoniy sifat, Jismoniy tayyorgarlik, kuch
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники