Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LABORATORIYA SHAROITIDA AMINOKISLOTALARNING SIFAT VA MIQDORIY TAHLILI
MIQDORIY TAHLILI · Berdiyeva Zulfiya Muhiddinovna · Ramazonova Shahrizoda Furqat qizi · Baxshullayeva Shaxinabonu · Alanin — NH₂–CH(CH₃)–COOH
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Maqolada inson organizmida uchraydigan aminokislotalarning kimyoviy tahlili, vazifalari ularning foydali va zararli tomonlari muhokama qilingan. Kalit so'zlar: Triptofan, fenilalanin, metionin, lizin, valin, treonin, izoleysin, leysin, indol, pirouzum Aminokislotalar — oqsillar (proteinlar) tarkibiga kiruvchi asosiy birikmalar hisoblanib, ular tirik organizmlarning hayoti uchun zarur bo‘lgan molekulalardir. Aminokislota o‘zida ikkita muhim guruh: amino guruhi (–NH₂) va karboksil guruhi (–COOH) ni saqlaydi. Ular bitta markaziy uglerod atomiga birikkan bo‘lib, bu markaziy atom vodorod atomi (–H) va R-guruh (radikal) bilan bog’langan bo’ladi. R-guruh bu aminokislotaning turini belgilaydi. Masalan: Glitsin — eng oddiy aminokislota, NH₂–CH₂–COOH. Alanin — NH₂–CH(CH₃)–COOH Tabiatda 500 dan ortiq aminokislotalar aniqlangan bo’lsada, biroq odam organizmidagi oqsillar 20 ta asosiy aminokislotadan tuzilgan. Odam organizmida mavjud bo‘lgan 20 ta standart aminokislotalar DNK orqali kodlanadi va oqsillar sintezida ishtirok etadi. Ular bir-biri bilan peptid bog‘lari orqali bog‘lanib, oqsil molekulalarini hosil qiladi. Odam organizmidagi zarur aminokislotalar leysin, izoleyin, valin, treonin, metionin, fenilalanin, triptofan, listidin va lizin. Bu aminokislotalar organizm tomonidan sintez qilinmaydi, shuning uchun ovqat orqali olinadi. Nisbatan zarur bo‘lmagan: Alanin, asparagin, aspartat, glutamat, serin va boshqalar — organizmda sintezlanadi. Biologik funksiyalari har bir hujayra o‘z funksiyasiga mos oqsillarni hosil qilish uchun aminokislotalardan foydalanadi. Fermentlar va gormonlar: Ko‘plab fermentlar (masalan, tripsin) va gormonlar (masalan, insulin) aminokislotalardan hosil bo‘ladi. Transport va saqlash funksiyasi: Gemoglobin — kislorod tashuvchi oqsil — aminokislotalardan tashkil topgan. 126 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Energiya manbai: Ekstremal holatlarda (ochlik, kuchli jismoniy yuklama) aminokislotalar energiya uchun parchalanadi. Neyrotransmitterlar hosil bo‘lishi: Triptofan — serotonin, fenilalanin va tirosin esa dopamin va adrenalin sintezida ishtirok etadi. Aminokislotalar yetishmovchiligi. Zarur aminokislotalar yetishmovchiligi oqsillar sintezining buzilishiga, o‘sishning sekinlashishiga, immunitetning pasayishiga va boshqa salomatlik muammolariga olib kelishi mumkin. Tibbiyotda qo‘llanilishi ba’zi aminokislotalar infuziya eritmalari shaklida, sport oziqlanishida, shuningdek, ba’zi kasalliklarda (masalan, jigar kasalliklarida) qo‘llaniladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki aminokislotalar odam organizmida ko‘plab hayotiy jarayonlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ularning to‘g‘ri balansda bo‘lishi salomatlik, o‘sish va rivojlanish uchun zarurdir. Aminokislotalarning biologik ahamiyatini o‘rganish tibbiyot, oziqlanish va biotexnologiya sohalarida muhim ahamiyatga ega. Aminokislotalar — molekulasida amin va karboksil guruhi bo’lgan organik birikmalardir. Aminokislotalar- rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH guruhning uglerod 2 atomida qanday joylashganligi ko’rsatadi. Deyarli barcha tabiiy Aminokislotalar L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kamdan-kam bo’lib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aminokislotalarning L-formasi o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi va u moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini o’simliklar o’zlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini to’xtatib qo’yadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Шарипова Н. У., Мухамадиев Б. Т., Шарипова Н. У. ХРАНЕНИЕ, ТРАНСПОРТИРОВКА И РЕАЛИЗАЦИЯ КРИО ИЗМЕЛЬЧЕННЫХ И ЗАМОРОЖЕННЫХ ПРОДУКТОВ РАСТИТЕЛЬНОГО ПРОИСХОЖДЕНИЯ //Universum: технические науки. – 2021. – №. 2-2 (83). – С. 100-103. 2. Жумаев Ж. Х., Ахмедов В., Шарипова Н. У. Влияние природы и количества катализатора при синтезе морфолиновых ненасыщенных продуктов при участии винилацетилена //Universum: химия и биология. – 2021. – №. 2 (80). – С. 58-61. 3. Жумаев Ж. Х., Шарипова Н. У. Структурно-механические характеристики композиций на основе электрохимического модифицированного крахмала и полимеров //Universum: химия и биология. – 2019. – №. 11-1 (65). – С. 74- 76. 127 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 4. Жумаев Ж. Х., Шарипова Н. У. Влияние растворителей на процесс взаимодействия морфолина с винилацетиленом //Universum: химия и биология. – 2020. – №. 11-2 (77). – С. 4-7. 5. Мухамадиев Б. Т., Шарипова Н. У. Нетепловые механизмы действия электромагнитного поля (ЭМП) низких частот (нч) на растительное сырье //Universum: химия и биология. – 2020. – №. 6 (72). – С. 89-91. 6. Шарипова Н. У. Химическая промышленность и окружающая среда //Universum: химия и биология. – 2022. – №. 5-1 (95). – С. 19-21. 7. Жумаев Ж. Х., Шарипова Н. У. СТРУКТУРНО-МЕХАНИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ КОМПОЗИЦИЙНА ОСНОВЕ ЭЛЕКТРОХИМИЧЕСКОГО МОДИФИЦИРОВАННОГО КРАХМАЛА И ПОЛИМЕРОВ //Интернаука
Доказательный фрагмент
«Maqolada inson organizmida uchraydigan aminokislotalarning kimyoviy tahlili, vazifalari ularning foydali va zararli tomonlari muhokama qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada inson organizmida uchraydigan aminokislotalarning kimyoviy tahlili, vazifalari ularning foydali va zararli tomonlari muhokama qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Triptofan, fenilalanin, metionin, lizin, valin, treonin, izoleysin, indol, leysin, pirouzum
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026